Ortagonal proeksiyalarni qayta tuzish usullari. 4-ma’ruza. Epyurni qayta tuzish usullari. Almashtirtish usuli. Masalalarni yechish algoritmi reja


Proyeksiyalar tekisliklarining bittasini almashtirish


Download 1.7 Mb.
bet2/7
Sana11.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1189844
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-маъруза М ва комп.

1.2. Proyeksiyalar tekisliklarining bittasini almashtirish.

Fazodagi biror A nuqta va uning H va V proyeksiyalar tekisliklardagi A′ va A″ ortogonal proyeksiyalari berilgan bo‘lsin (1.2,a–rasm). Agar V tekislikni V1 tekislik bilan almashtirsak, yangi proyeksiyalar tekisliklari tizimi hosil bo‘ladi. A nuqtaning V1 tekislikdagi proyeksiyasini yasash uchun berilgan nuqtadan mazkur tekislikka perpendikulyar o‘tkazib, yangi frontal proyeksiyasi A1 topiladi.

a) b)
1.2-rasm.

Rasmdagi yasashlardan ko‘rinishisha, Anuqtadan Ox o‘qigasha bo‘lgan masofa A1 nuqtadan O1x1 o‘qigasha bo‘lgan masofaga tengdir, ya’ni A1Ax1=AAx.


Nuqtaning yangi proyeksiyalar tizimidagi chizmasini yasash uchun yangi proyeksiyalar tekisligi dastlabki proyeksiyalar tekisligi bilan jipslashtiriladi.
Chizmada A nuqtaning yangi A1 proyeksiyasini yasash uchun A nuqtadan O1x1 ga perpendikulyar tushiriladi (1.2,b–rasm). Uning davomiga AAx masofa qo‘yiladi. Natijada, hosil bo‘lgan A′ va A1 lar A nuqtaning yangi tekisliklar sistemasidagi proyeksiyalari bo‘ladi. Frontal proyeksiyalar tekisligi yangi proyeksiyalar tekisligi bilan almashtirilganda nuqtaning z koordinatasi o‘zgarmaydi.

a) b)
1.3-rasm.


H va V proyeksiyalar tekisliklari tizimida B nuqta B′ va B″ proyeksiyalari berilgan bo‘lsin (1.3,a–rasm). H tekislikni H1V tekislik bilan almashtirsak, yangi tekisliklar tizimiga ega bo‘lamiz. B nuqtadan H tekislikka perpendikulyar o‘tkazib, bu nuqtaning B1 proyeksiyasini yasaymiz. Nuqtaning yangi tekisliklar tizimidagi chizmani yasash uchun (1.3,b–rasm) H1 tekislikni V tekislik bilan jipslashtiramiz. Chizmada B nuqtaning yangi proyeksiyasini yasash uchun uning B″ proyeksiyasidan O1x1 ga o‘tkazilgan perpendikulyarning davomiga B1Bx1=B1Bx masofa qo‘yiladi. Natijada hosil bo‘lgan B1 va Byangi tekisliklar tizimidagi B nuqtaning chizmasi bo‘ladi. Demak, gorizontal proyeksiya tekisligi almashtirilganda, nuqtaning yangi gorizontal proyeksiyasida y koordinatasi o‘zgarmaydi.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling