Ortiqov abdurahmonining


Tarix fanini o`tishning maqsadi


Download 1.28 Mb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi1.28 Mb.
#219080
1   2   3
Bog'liq
metodik tavsiya(1)

Tarix fanini o`tishning maqsadi:







  • 1.O`quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish dunyo xalqlari hamda kop millatli xalqimizning tarixiy va bugung kundagi milliy va umuminsoniy qadryatlarga hurmat hissida tarbiyalash.



  • 2. O`quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasning ajralmas qismi ekanligini anglastish.






  • 3.Jahon mamlakatlari tajribalaridan namuna olgan holda umuminsoniy va milliy ruhiga mos ravishda tajribalaridan foydalanish.


Dunyo mamlakatlari tarix fanini o`tishda turli hil yondashuvlar orqali amalga oshiradilar. Ularda asosan tarix fanini raqamlar bilan ishlash yod olish emas, balki muammoli vaziyatlardan yechimini topish va bo`lgan voqea va hodisalarga oz fikrini mustaqil bera olish , har- bir voqealikni bugungi kun bilan bog`lash va rivojlanish jarayonlarini tahlil qilish , holisona fikr bildirish orqali nomoyon qiladilar. Demak nazariyadan ko’ra amaliyot birinchi o’rinda turadi.

Deyarli barcha rivojlangan davlatlarda tarix fanini o’qitishda asosan vatan tarixining shonli davrlariga qattiq e’tibor qaratiladi. Sababi o’quvchilar ongida vatnparvarlik ruhini shakllantirish asosiy bosh g’oya hisoblanadi.

Buyuk Britaniyada tarixni o‘qitish ham sub’ektivlikdan xolis emasdir. Kembrij universiteti professori Richard Evans ta’kidlaganidek “Agar biz yoshlarga fuqorolik tuyg‘usini shakllantirishni xoxlasak, ularni vatanparvarlik afsonalari bilan boyitishimiz kerak” deb yozadi. Buyuk Britaniya maktablari o‘quv dasturlarida mamlakat tarixining g‘alabali oq sahifalari yetakchi o‘rinni egallaydi.

Germaniya maktablarining tarix darslarida beshinchi sinfidan to‘qqizinchi sinfiga qadar o‘quvchilar toshasri, Rim imperiyasi, Salib yurishlari, Uyg‘onish va Ma’rifatparvarlik davrlari haqida ma’lumotlar beriladi. O‘ninchi sinfdan o‘qituvchilar alohida guruhlarda o‘quvchilarning qiziqishlariga qarab tarixning turli mavzularida chuqurlashtirilgan mashg‘ulotlar olib boriladi. XX asrnnig 30-yillarida Germaniyada tarixni o‘rganishda maktablarda kino va opera san’atida ilk bor keng foydalanilgan. 1936-yil Gitler tuzimi aks ettirilgan 500 dan ortiq filmlar o‘rta maktablarda va 330 ta universitetlarda ko‘rsatilib, fashistik g‘oyalarni singdirishda keng foydalanilgan.

Ispaniya maktablari tarix darslari o‘quv dasturlarining kata qismi Ispaniya tarixidagi madaniyat va diniy tajribalarni o‘rgatishga bag‘ishlangan mavzular o‘rin olgan.

Ispan xalqining uch mingdan ortiq xalq bayramlari tarixiga alohida e’tibor qaratiladi.

Ispaniyaning Lotin Amerikasida olib borgan mustamlakachilik yurishlari tarix darslari mavzularidan o‘rin olmaydi. Ispanlarning zafarli g‘alabalari tarix fanlarida keng o‘rin olsada, hech qayerda Ispaniya imperiyasining yo‘qotishlari, hindu qabilalariga yetkazilgan zararlar haqida ma’lumotlar berilmaydi.

Fransiyada tarix fanini o‘qitishda tarixda yuz bergan voqealarni o‘quvchilar tomonidan tarixiy romanlar, chizilgan tarixiy sur’atlardagi voqealarni o‘rganish, tasavvur qilish, tahlil qilish orqali o‘rganishga ko‘proq e’tibor qaratiladi.



Yaponiyada darslarni o‘tishda mavzularning 97 foizi amaliy ko‘rinishda o‘tkaziladi. Shuningdek, o‘quvchilarning takliflari e’tiborga olinadi. Bitiruvchi sinflarda tarix darslarini o‘tishda asosiy urg‘u xorijiy davlatlar tarixiga yo‘naltirilishi bilan boshqa davlatlardagi o‘quv dasturlaridan farq qiladi. Yuqori sinflarda tarix darslari “Jahon tarixi” va “Yaponiya tarixi” darslariga bo‘lib o‘rganiladi.



Islom davlatlarida tarixni o‘rganish ko‘proq diniy tasavvurlar bilan bog‘lab o‘tiladi. Asosiy manba sifatida Qur’oni Karim kitobi olinadi. To‘rtinchi sinf darsliklaridan boshlab Afrikada yevropaliklar tomonidan qul savdosining yo‘lga qo‘yilishi va arablarning bunga qarshi olib borgan kurashlariga doir tarixiy mavzular o‘rgatiladi.



Respublikamiz umumiy o’rta ta’lim maktablarida rivojlangan mamlakatlar tajribasidan quyidagicha foydalansak maqsadga muvofiq boladi;




  • Germaniya tarix o’qitish metodining kinofilmlar orqali o’quvchilarga tariximizdagi buyuk shaxslarni, o’tmishimizdagi eng muhim voqealarni, tarixdagi shonli yutuqlarni filmlar orqli o’rgatilsa;

  • Ispaniyadagi kabi zafarli g’alabalar o’rgatilsa, yoki tariximizdagi ma’naviyat va madaniyatga e’tibor berilsa;

  • Fransiyadagi kabi muhim, asosiy tarixiy voqelarga oid mavzularni o’rgatishda ilyustratsiyalarga, tarixiy surat va romanlarga urg’u berilsa, tarixiy qahramonlar ushbu illyustratsiya va tarixiy surat hamda romanlardan misollar keltirib ko’rsatilsa;

  • Yaponiyadagi kabi darslarni imkoniyat va sharoitga qarab ko’proq amaliy tarzda hayotga tadbiq etilgan tarzda o’tilsa maqsadga muvofiq bo’ladi va albatta o’quvchilarimiz kelajakda vatanparvar insonvarvar shaxs bo’lib yetishadi va darslar ham xilma-xil va qiziqarli bo’ladi.

  • Islom davlatlaridagi kabi Qur’oni Karim va Hadisi Sharif kitobidan ma’lum bir darslarda foydalanib o’quvchilarning axloqiy tarbiyasini rivojlantirish, payg’ambarimiz hayotlaridan misollar keltirib komil inson sifatlari asosida tarbiyalasa bo’ladi





XULOSA

Demak rivojlangan davlatlarning tarixni o’rganishdagi metodikasini ko’radigan bo’lsak, ular tarixni o’quvchilarga o’rgatishda o’quvchilarda insonparvarlik, vatanga nisbattan muhabbat, o’z ajdodlarining vatan rivojiga qo’shgan hissasiga qarab ajdodlarga faxr,iftixor tuyg’usida ulg’ayishi yuqori ekanligini ko’rishimiz mumkin.

Rivojlangan davlatlarni tarixni o’rganishdagi metodikasining o’z tarix darslarimizda bizning mentalitetimizga, madaniyat va ma’naviyatimizga mosini tanlab, amalda qo’llashimiz, o’quvchilarda vatanga nisbattan muhabbat, yaratuvchanlik, izlanuvchanlik, ajdodlarga nisbattan iftixor tuyg’usi ruhida ulg’ayishiga va yurt ravnaqiga munosib shaxs bo’lib yetilishiga olib keladi.

Voqealikni aniq fikr va mulohazalar orqali o`quvchilar ongiga yetkazib, ularni to`g`ri yo`lni tanlashga ,muammolarni tarixiy tajribalardan o`rnak olgan holda yechishga o`rgatadi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


  1. Fayziyeva F.I Qollanma: Tarix fanini o`qitishda ilg`or xorijiy tajribalar.

  2. Arxiv.uz

  3. ziyonet.

  4. xtv.uz.

  5. Telegram kanallari: ”O`qituvchi”, “XTV”,”RTM”.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling