Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
O‘tirish. Azaldan bu narsaga katta e’tibor bilan qaralgan. Masalan, o‘tirish
qoidalari to‘g‘risida XVIII asrda Iogann Zulser tomonidan nashr etilgan ("Qiz 68 bolaning baxti va taxti nimada"). Bu tajriba hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. «To‘g‘ri o‘tirish – bu san’at». Bu quyidagini anglatadi: «Boshni o‘ta tikka yoki u yoqdan bu yoqqa osiltirib alanglayvergan holda tutmaslik lozim». So‘ng: "Qo‘llarni chalkashtirib ko‘krakka olib borish, belga qo‘lni qo‘yish, qo‘lini osiltirib o‘tirish, yelpig‘ichni o‘ynab o‘tirish, barmoqlarini o‘ynash, piyolani aylantirib o‘tirish, sochini yoki kiyimini to‘g‘rilab o‘tirish mumkin emas". Undan keyinggi ko‘rsatma: "Qaddini tik tutish, o‘rindiqda yalpayib yotib olish, uchiga o‘tirib olish, likillab o‘tirish va oyoqlarni chalishtirib o‘tirish nojoizdir!.." Stulda bukchaymasdan, kerilmasdan, tirsak bilan tayanmasdan to‘g‘ri va erkin o‘tirish tavsiya etiladi. Stulda o‘tirgan holda silkinish, stulning chetigagina ilinib o‘tirish, unga minib olish mumkin emas. Stulga o‘tirganda ham, undan turganda ham ovoz chiqmasligi kerak. Stulni taraqlatib surmaslik, balki orqa suyanchig‘idan ushlab joyidan joyga ko‘chirish lozim. O‘tirgan stulni oyoq bilan taqqillatish insonning g‘ashiga tegadi. O‘tirganigizda tizzalaringiz juftlashtirilgan, oyoq kaftlaringiz bir-biriga mumkin qadar yaqin qo‘yilgan bo‘lishi lozim, bir oyoqni salgina oldinga chiqarib qo‘yish ham mumkin. Oyoqlarni chalishtirib o‘tirish erkak va ayolga ham yarashmaydi hamda o‘ta madaniyatsizlik hisoblanadi. Erkaklarning oyoqlarini kerib, tizzasiga qo‘li bilan tayanib o‘tirishi ularning beso‘naqayligini va tarbiya ko‘rmaganligidan dalolat beradi. Tarbiya ko‘rgan odam hech qachon va hech kimga orqa o‘girib o‘tirmaydi. Davrada hamma vaqt boshqalarga yuz o‘girib o‘tirishga, buning iloji bo‘lmasa, aqalli, yonni o‘girishga harakat qilish kerak. Katta yoshdagi kishilar xonaga kirayotganida yoki chiqib ketayotganda yoshlar joyidan turishi shart. Oyoqlar ko‘p e’tiborni talab qiladi. Jamoat transportida yo‘lovchilarning oyoqlarini tutish holatiga e’tibor bering. Biri yalpayib oyoqlarini cho‘zib, ikkinchisi oyoqlarini o‘rindiq ichkarisiga berkitib olgan. Qo‘shni oyoqlarini chalishtirib, yana kimdir oyoqlari bilan o‘rindiqni oyog‘iga ilashtirib olgan. Albatta bu individual, biroq maqtovga arzimaydigan xususiyatlardir. Uyda o‘zingiznikilar oldida eng qulay vaziyatni tanlang. Biroq ko‘pchilik oldida to‘rt tomonga qarab oyoq-qo‘llarni cho‘zib o‘tirish yaxshi emas. To‘g‘risi – oyoqlarni to‘g‘ri va berkitganroq holda tutish kerak. O‘zbek udumlarida uyda imkon qadar erkaklar uchun keng shalvar, ayol-qizlar esa oyoqlariga lozim kiyishlari oyoqlarni imkon qadar berkitishga intilishdan dalolat beradi. «Zamonaviylik» ko‘proq ko‘cha- kuyda bo‘lgani yaxshi. Chunki tashqarida barcha u darajadagi e’tiborsiz narsalar – hoh u tartibsizlik, hoh kiyinish bo‘lsin – uyda ravshan ko‘rinishni unutmaslik lozim. 69 Har qanday reflektiv harakatlarni nazoratda tutmoq lozim. Esnayveradigan odamlar nafaqat notanish davrada, balki ishxona va uyda ham odamning g‘ashini keltiradi. Madaniyatliroq kishi umuman odamlar oldida esnamaslikka harakat qiladi. Agar buni bildirmasangiz, ichingizga yutsangiz, unda esnash mumkin. Yo‘taldan tiyilish mumkin emas. Yo‘talayotganda boshni boshqa tomonga burib og‘izni qo‘l bilan yopiladi, qattiq yo‘talda esa og‘izga dastro‘mol tutgan ma’qul. Sekinroq, ro‘molchaga aksirish mumkin, bunda boshni chekkaga burmasa ham bo‘ladi. Butun xonani «to‘ldirib» aksirishga yo‘l qo‘ymang. Ammo aksirish sizdan kuchliroq kelsa, yuzingizni chetga burib aksiravering. Hiqichoq – yoqimsiz hamda qiyinchilik tug‘diruvchi holatdir. Agar bu boshlansa, unda oshxona yoki vannaxonaga kirib, quyidagi usulni qo‘llaymiz: chap qo‘l bilan burunni qisib, o‘ng qo‘ldagi suv idishidan mayda xo‘plamlar bilan, tanaffussiz nafas olmay ichamiz. Qiynalsak, bu jarayonni to‘xtatishimiz mumkin. Bu paytga kelib hiqichoq to‘xtashi kerak. Agar u yana davom etsa, yuqoridagi jarayonni faqat uzaytirib, takrorlaymiz. Bunga qo‘shimcha ravishda bir osh qoshiq qand upasini yutib borishni tavsiya etamiz. Ammo birinchi usul – kuchliroq ta’sirga ega. Biroq, hiqichoq mast qiluvchi ichimliklarni ichish oqibatidan ham paydo bo‘lishi mumkinligini e’tibordan soqit qilmang. Agar aynan mana shu holatdan so‘ng hiqichoq paydo bo‘lishiga ishonchingiz komil bo‘lsa, unda ichishni tashlang. Ko‘p hollarda biz aynan Shahsiy illatlarimiz tufayli jamoat bilan muloqot qilishdan o‘zimizni mahrum qilamiz. Bu borada bir necha maslahatlar bor: Ayol kishi uzuklari, taqinchoqlari, sumkasining zamogi bilan «o‘ynamagani», sochini barmog‘iga o‘ramagani ma’qul; suhbatdoshning buyumlarini olib o‘ynab turish ham yaxshi emas; Dasturxonni burama sochga aylantirmang, idishlarni o‘ziga qo‘ying, ularni jaranglatmang. Ammo agar siz o‘zingizni tuta olmasangiz, cho‘ntagingizda maxsus barmoqlar mashqi uchun mo‘ljallangan rezinali kichik buyumlarni olib yurgan ma’qul. Qadimda bunda tasbehdan foydalanganlar. Qorinni qo‘l bilan ushlab urish yoki suhbatdosh yoki yaqinda turgan odamga orqa qilib o‘girish, garchi xusumatingiz bo‘lsa ham – odobsizlikdir; Jamoada sochini qashlashga yo‘l qo‘yish mumkin emas (hatto barmoq uchida ham); Barmoqlarni qarsillatish yaxshi odat emas. Bu musulmon odobida qat’iy ta’qiqlangan edi. Keyingi yillarda esa shifokorlar barmoqlarni qarsillatishni odat qilgan insonlarning barmoq suyaklarida suv yig‘ilish natijasida saraton kasalini paydo bo‘lishni aniqlaganlar. 70 Ming‘irlash, g‘o‘ng‘illash nafaqat hamkasabalarga, balki oila a’zolariga ham xush kelmaydi; So‘zlashayotganda elkani qisish ba’zida suhbatdoshiga bunday harakat qanchalik yomon ta’sir qilishini hatto tasavvur ham qila olmaydilar; Izhorlaringizni qattiq kulgu bilan tugatmang. Bu nevroz holati aksil ta’sirga ega, mutoyiba yoki xanda haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Shunday kishilar borki, har bir gapdan so‘ng xiringlab qo‘yishni odat qilib olganlar. O‘zingizni kuzatib, agar shunday holat sizda ham bo‘lsa, undan voz kechishga harakat qilgan ma’qul. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling