Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Tasodifiy noqulay holatlar hamda ularni bartaraf yetishning axloqiy
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Tasodifiy noqulay holatlar hamda ularni bartaraf yetishning axloqiy
jihatlari Jamoatdagi har bir Shahs tasodifiy holatlar – ixtiyorsiz xatolardan xoliligidan kafolatlanmagan. Mana bir qancha bunday tanish vaziyatlar: kimdir bilan qayta ko‘rishish, qo‘lingizdagi qadahni to‘kib yuborish, yoningizda, stol atrofida o‘tirgan kishidan: “Mana bu ketvorgan ayol kim?» degan savolingizga qo‘shningiz: «Mening ayolim» deb javob berishi, tanishingizdan «Rafiqangiz yaxshi bo‘lib qoldimi?» deb hol so‘raganigizda, u sizga: «O‘lganiga bir yil bo‘ldi» yoki «Ajrashdik» deb javob bersa. Eng yoqimsizi: adashib sochiq bilan burunni, terni artib yuborish yoki ehtiros kulgili bo‘lmagan anekdotni aytishdir. Bunday vaziyatlardan qolgan noxushlik uzoq muddatgacha sizni tark etmaydi. Albatta agar bunday vaziyatlar kamroq uchrasa, yaxshi bo‘lar edi; faqat atrofdagilar bunday holatga biz o‘ylagandan ko‘ra kam e’tibor qaratadilar. Bunday holatlarni boshdan kechirmagan odamning o‘zi bo‘lmaydi. Ammo noqulay vaziyatlar o‘zni oqlashni taqozo etmaydi. G‘arb odatiga ko‘ra shunchaki «uzr» deb qo‘yiladi. Sharqda aksincha, obdon uzr so‘rab, noqulay vaziyatdan chiqib kyetishga uriniladi. Ammo bir shahs ataylab boshqa odamga o‘z salbiy munosabatini ko‘rsatish uchun ilmoqli gaplarni alohida ta’kidlashi va Shu asosda ongli ravishda noqulay vaziyatlarni vujudga kelishiga harakat qilishi umuman boshqa narsa. Bunda nafaqat inson o‘zini xudbinligini, madaniyatsizligini ko‘rsatishi, balki boshqalarni ham dilini og‘ritib qo‘yishi mumkin. Bunday vaziyatlarni oldini olish uchun quyidagi holatlardan voz kechmoq lozim: Barchaning oldida ko‘rishishga javoban qo‘l uzatmaslik; O‘z raqibiga deyarli haqorat tarzida ovoza bilan biron-bir so‘z qotish; Kelgan sovg‘ani orqaga qaytarish; 71 Hamsuhbatning yaqinlari borasida hurmatsizlikni namoyon qiluvchi so‘zlarni ifodalash. Ba’zida tasodifiy farosatsizlik kim uchundir o‘zni ko‘rsatishdek tuyuladi. Bu yerda ismi-sharifni buzib aytilishini misol qilish qo‘l keladi. Bunday xatoni agar bundanda yomonroq natija bermagan taqdirda bo‘lmasa, xafagarchilikni keltirib chiqaradi. Ba’zida odamga orqa qilib o‘tirish qattiq uni ranjitishga sabab bo‘ladi. Odatiy e’tiborsizlik ham munosabatlarni murakkablashtirishi mumkin. Shu bois odamlar bilan muloqotda o‘zini qat’iy boshqara olishi kerak. Hech qachon qo‘pollikka javoban qo‘rslik bilan qaytarish kishini yomon ko‘rsatsa ko‘rsatadiki, yaxshi ko‘rsatmaydi. Janjal ikki tarafni ham yerga uradi. Bundan tashqari, birovning sumkasini ochib titkilash yoki ochiq qolgan sumkani tomosha qilish, qo‘l telefonini «o‘rganish» nafaqat xunuk ko‘rinish kasb yetishi, balki sizni unga bo‘lgan xusumatingiz yoki hasadingizni ko‘rsatib qo‘yadi. Begona kishilar portfelini yoki palto cho‘ntaklarini kavlash ham bundan istisno emas. Birovning qutisidagi narsalarni olish yoki uni joylashtirish uyda ham ishxonada ham odobsizlikdir. Birovning shkafini, bufeti yoki narsalar saqlanadigan joyni ochib ko‘rish ham odobga to‘g‘ri kelmaydi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling