Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

12-MAVZU. MAROSIMLAR ETIKETI
 
O‘zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan marosimlardan biri to‘ydir. To‘y 
qarindosh-urug‘, tanish-bilish, qo‘ni-qo‘shni, el-yurtga yoziladigan dasturxon, ularni 
ahillikka, mehr-oqibatli bo‘lishga undaydigan marosim bo‘lib hisoblanadi. 
To‘ylarimiz o‘zbeklarning kimligini namoyon etuvchi o‘ziga xos bir ko‘rikdir. 
To‘y ham, ma’raka ham, marosim ham shaxsiy ish emas, balki ijtimoiy hodisadir, bu 
birinchidan. Ikkinchidan, esa xalqimizning milliy qiyofasi va harakteri, o‘ziga xos 
turmush tarzi, salohiyati, dunyoqarashi, tafakkuri, ongi va qalbi, odamgarchiligi, 
orzu-umidlari, fazilatu kamchiligi bir so‘z bilan aytganda, butun borlig‘i ana Shu 
to‘y-hashamlarda, oilaviy tantanalarda, ma’raka va marosimlarda yaqqol namoyon 
bo‘ladi.
O‘zbekistondagi har bir viloyat va hududlarda to‘y oldi va to‘y o‘tkazish 
marosimlari o‘zgachadir. Lekin qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, to‘y oldi 
marosimlari va to‘y o‘tkazishning ham o‘z etiketi mavjud.
To‘y marosimlari qiz tanlashninig sovchilik marosimi bilan boshlanadi. 
Sovchilikka asosan ayol kishilar yuradi. Ya’ni kuyov bo‘lmishning xolasi yoki 
ammasi, yon qo‘shnisi, onasi bilan birga yuradi. Sovchilikka borgan ayollar 
nihoyatda so‘zamol, shirin so‘z, uddaburon bo‘lishlari kerak. Xonadonida bo‘yi etgan 
qizi bor oilalar sovchi kelishiga doim tayyor turishlari kerak. Uy-joylar doimo toza, 
tartibli turishi lozim. Kim sovchi bo‘lib kelishidan qat’iy nazar ularni ochiq yuz bilan 
kutib olish kerak. Sovchilarga o‘sha xonadonning oila a’zolari, oilaviy muhiti, 
qizning odobi ma’qul kelsa o‘sha xonadonga qayta keladilar. Qiz taraf ham birinchi 
kelgan sovchilarga aniq javob bermaydilar. Etiket bo‘yicha birinchi marotaba kelgan 
sovchining yoniga qizni olib kirib ko‘rsatish (hatto sovchilarning iltimosiga binoan) 
mumkin emas. Bugungi kunda barcha qizlarimiz o‘qiydilar, ishlaydilar – juda 
bo‘lmaganda odobli, tarbiyali qiz sahar turib ko‘chalarni supuradi – o‘sha payt qizni 
tashqi ko‘rinishini ko‘rib olish mumkin.
Birinchi kelgan sovchiga qizni rasmini ko‘rsatish mumkin. Sovchilarning o‘zini 
tutishi, hatti-harakatlari yoqmagan taqdirda ham, qizning onasi tavoze’ bilan qizini 
hali uzatmaslik bahonasini aytishi mumkin. Ikkinchi marotaba kelgan o‘sha sovchilar 
kuyov haqidagi aniq ma’lumotlarni tashlab ketadilar. O‘sha ma’lumotlar bo‘yicha 
kuyov bo‘lmishni mahalla-kuy, ishxonasi, yor-do‘stlari orqali surishtiruv ishlari 
amalga oshiriladi. Bularni hammasi ham odob qoidalariga binoan olib boriladi.
Ma’lumotlar yig‘ib olingandan so‘ng, o‘rtada turgan amma yoki xola qizning 
yaqin qarindoshlari orqali yoki telefon orqali javob olish uchun borish mumkinligini 
haqida rozilik so‘rab, kun belgilanadi. Sahih hadislarda yozilishicha “Qaysi bir 


200 
ayolga uylanish dilga tushib qolsa, oldin uni bir ko‘rishlik yomon emas”
43
deyilgan. 
Demak, qiz tomon to‘plagan ma’lumotlari ma’qul tushsa, qiz bilan yigitni bir 
marotaba bir-birlariga ko‘rsatishadi. Qiz hamda yigit ham o‘zlarining yaqin 
qarindoshlari bilan uchrashuvga chiqadilar. Agar qiz bilan yigit uchrarashib, bir-
birlariga ma’qul bo‘lgan bo‘lsalar, patir sindirish marosimi o‘tkaziladi. Bu marosim 
ham kichik-kirim, ya’ni ozchilik o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bundan so‘ng “oqlik berish” 
marosimi bo‘lib o‘tadi ya’ni kuyov taraf qiznikiga “oqlik” jo‘natadi. Bu marosimda 
ham kamchilik qatnashib kuyov tarafdan kelinga atab yuborilgan birinchi sovg‘a 
salom, shirinliklar, sarponing ma’lum qismi yuboriladi va o‘sha kuni to’y o‘tkazish 
muddati begilanadi.
Juda ko‘p joylarda to‘ylar uy sharoitida bo‘lib o‘tadi. Lekin katta shaharlarda 
to‘ylar restoran va kafelarda o‘tkazilmoqda. Shuning uchun to‘ylardagi dasturxon 
atrofidagi etiket, o‘zini tutish etiketi, raqs tushish etiketi, kiyinish etiketiga qat’iyyan 
amal qilinishi lozim. Jamoada yoshi katta onaxonlarni, otaxonlarni borligini 
unutmaslik kerak. Qonuniy nikohini kechki nikoh to‘yi marosimida qayd yetish urf 
bo‘lib bormoqda. (Shar’iy nikoh to‘y egalari bilan kelishilgan vaqtda ro‘yxatdan 
o‘tkazilgandan so‘ng, masjidning imom-xatibi amalga oshirishi lozim).
Kuyov navkarlar kelinning uyiga karnay-surnay sadolari ostida boradilar. 
Ma’lumki, karnay-surnay sadosi nikoh to‘yi e’lonidir. Ushbu tadbirda yosh 
bolalarning qatnashishi etiket bo‘yicha maqsadga muvofiq emas. Ko‘p joylarda 
ushbu udum to‘y oqshomining ertasi kuni o‘tkazish odatga aylangan. Bu “kelin salom” 
deb nomlanadi. Kelin salomda faqat yaqin qarindoshlar va yon qo‘shnilar 
qatnashishadi. Buning ham o‘z etiketi bo‘lib, barcha amal qilishi lozim. 
Yangi chaqaloq tug‘ilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan udum bu “Azon 
aytish (Shar’iy marosim) Chaqaloq tug‘ilganidan 7-9 kun o‘tgach, mahalla imomi 
yoki yaqin qarindoshlaridan ilmlisi uning o‘ng qulog‘iga azon (chap qulog‘iga takbir) 
aytiladi. Bu odat go‘dakning bokira Shuuriga Alloh nomini muhrlash mazmunida 
talqin etilgan”
44
Aqiqa chaqaloq tug‘ilgandan keyin 7, 14, 21 - kunlarning birida bir qo‘yni 
so‘yib, uni uchga taqsimlab, bir qismini homiladan bo‘shagan ona uchun, bir qismini 
muhtoj oilalarga tarqatish, bir qismini ziyofatga ishlatish tavsiya etiladi. 
Qovurdoq yangi bo‘shangan kelinga onasi tomonidan tayyorlab olib boriladigan 
taom. O‘zaro mehr-oqibat va do‘stlik rishtalarining mustahkam bog‘lanishini nazarda 
tutib ixcham ko‘rinishda o‘tkaziladigan marosim hisoblanadi. O‘sha kuni beshikka 
solish marosimini ham o‘tkazib yuborish mumkin. Bundan tashqari, sunnat to‘yi, 
beshik to‘yi kabi marosimlar ham bo‘lib bularni ham ixcham va yaqin kishilar 
davrasida o‘tkazish maqsadga muvofiq. 
43
Axloq - odobga oid hadis namunalari. - T. “Fan” 1990. B.24. 
44
Islom ma’rifati. - T., “Toshkent islom Unversiteti” 2005. B.25. 


201 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling