Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Ta’ziya marosimlari etiketi 
Ta’ziya bu ko‘ngil so‘rab, yupatish demakdir. Dinimizda ta’ziyani shar’iy odat 
bo’lib, u uch kun qilib belgilangan. Ta’ziyaga borish kerak bo‘lgan inson urf-
odatlarimizni hurmat qilgan holda etiket bo‘yicha kiyinishi, o‘zini tutishi, muomala 
qilishi lozim. 
Janozada, yani ko‘mish marosimida faqat erkaklar ishtirok etadilar. Urf-
odatimizga ko‘ra mayit chiqqan xonadonda 3 kun ovqat pishirilmaydi. Bu oilaning 
yaqin qo‘ni-qo‘shnilari tomonidan ovqat chiqariladi. Bugungi kunda o‘tkazilayotgan 
yigirma, qirq, yil oshi kabi marosimlar dinda asli bid’at hisoblanadi. Lekin ota-onani 
ruhini shod qilib turish biz uchun farz. Buning uchun alohida marosim qilib eslashni 
o‘zi kifoya qilmaydi.
Hamonki, mazkur odatlarga yillar davomida xalqimiz amal qilib kelayotgan 
ekan, mazkur sanalarda hayr-ehson, “amri-ma’ruf” (insonlarni yaxshilikka buyurish) 
sifatida, ixcham shaklda, isrofgarchiliksiz o‘tkazilsa maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Ammo barcha marosimlar isrofgarchiliksiz amalga oshirilishi shart. O‘zi «qo‘l uchida 
kun ko‘rib», butun umri davomida yiqqan molu-davlatni bir kunda «sochib» yuborish 
hech kimga baxt keltirmaydi. Biroq buning aksi bo‘lishi mumkin. Buning ustiga 
bunday isrofgarchiliklar iqtisodiy qiyinchilikni «ko‘tarolmay» pul topishning nohalol 
yo‘llariga undashini unutmaslik lozim. 
 
Tayanch tushunchalar: 
 
Sovchilik, unashtirish, non sindirish, to‘y, kelin salom,challar, beshik to‘y, 
sunnat to‘y, qovurdoq, azon aytish, aqiqa, din, ta’ziya, shar’iy marosim, urf-odat, 
xayr-ehson, amri-ma’ruf, tilovat, Qur’on.
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
 
1. Sovchilikka borish etiketi haqida nimalarni bilasiz? 
2. Unashtirish marosimi u nima?
3. To‘ydagi hamma rioya qilishi lozim bo‘lgan etiketlar haqidagi fikringiz. 
4. To‘ydan keyinggi kundagi marosimlar etiketi nimalardan iborat? 
5. Ta’ziyada inson qanday etiket qoidalariga amal qilishi zarur? 
6. Ta’ziya marosimlarida qanday tartibda kiyinish etiketiga amal qilinadi? 
7. Ta’ziyaizhor qilish qoidalari nimalardan iborat? 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling