Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar 
 
Taraqqiyot ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi 
jarayonidan iborat. Shunga ko‘ra, ziddiyatlarning ko‘rinishi ham har xil bo‘lib, ular 
narsa-hodisalarning harakati va rivojlanishida turlicha ahamiyat kasb etadi. 
Ziddiyatlar ichki, tashqi, asosiy, asosiy bo‘lmagan kabi ko‘rinishlarga bo‘linadi. 
Jumladan, ichki ziddiyatlar – narsa va hodisalardagi ichki jarayonlarning ifodasi, 
harakatlanishning manbai hamda rivojlanishning asosiy sababidir. Tashqi ziddiyat
narsa va hodisalar o‘rtasidagi munosabatlarning ifodasi hisoblanadi. Jamiyat 
rivojlanishining mazmuni va mohiyati ham asosan ichki ziddiyatlarning xal qilinishi 
bilan belgilanadi. Biroq, rivojlanishda tashqi ziddiyatlarning ishtiroki kamroq bo‘ladi, 
degan fikrga bormaslik kerak. Zero, globallaShuv va integratsiya jarayonlarida tashqi 
ziddiyatlarning ham o‘z o‘rni bor. Narsa-hodisalarning mohiyatini, holatini, kelib 
chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini belgilovchi ziddiyatlar esa asosiy ziddiyatlar 
deb ataladi.
Muomala madaniyatida ziddiyatlar anglashilmovchilik, bir-birini tushunmaslik 
hamda o‘zaro manfaatlar to‘qnaShuvi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, 
ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarning xususityalariga qarab tavsiflash 
mumkin. R.L.Krichevskiy o‘zining «Agar siz rahbarsiz” kitobida ziddiyatlarni 
keltirib chiqaruvchi omillarni 3 ta guruhga bo‘ladi:
Birinchi guruh – mehnat jarayonidagi ziddiyatlar.
Ikkinchi guruh – insonlararo munosabatlarning psixologik xususiyatlari, ya’ni 
impatiya va antipatiya, madaniy-etnik xilma-xillik, rahbar hatti-harakatlari
psixologik moslasha olmaslik va hokazo. 
Uchinchi guruh – jamoa a’zolarining o‘ziga xosligi. Masalan, o‘zini boshqara 
olmaslik, ehtiroslarga berilish, tajovuz, do‘q-po‘pisa, haqoratlash-so‘kinish, 
munosabatga kirisha olmaslik
17

Ziddiyatlar ma’muriy tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari uchun 
ahamiyati hal yetish yo‘llariga ko‘ra farqlanadi, umumiy ma’noda konstruktiv va 
17
Кричевский Р.Л. Если вы – руководитель. –Москва: Дело, 1993. – с. 39. 


49 
destruktiv ziddiyatlarga ajraladi. Konstruktiv ziddiyatlarga tashkilotning hayotiy 
muammolarini hamda ularni hal yetish orqali samarali taraqqiyotga olib chiqish xos. 
Destruktiv ziddiyatlar salbiy, vayronkor natijalarga olib keladi. Shuningdek, ayrim 
hollarda bu vaziyat janjallarga va tashkilot faoliyatining susayishiga olib keladi.

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling