Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Suhbatlashish etiketi Etiket bo‘yicha muomala qilishni bilish – avvalambor suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Bu yerda ham umumqabul qilingan qoidalar mavjud. Suhbatlashish muomala madaniyatini shakllantirishning muhim vositalaridan biri sanaladi. Har qanday suhbat avvalo ma’lumotlar almanishuvidir. Suhbatlashish orqali insonlar bir- birlari bilan muloqotga kirishadilar, bir-birlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar, bir- birlarini tushunib boradilar, shu bilan birga muomala madaniyatlaridagi ayrim bo‘shliqlarni to‘ldiradilar. Suhbatdoshni gapini bo‘lmasdan uni oxirigacha tinglay olish muhim xususiyat kasb etadi. Zero, diqqat va sabr-toqat bilan eshita olish qobiliyati suhbatdoshga nisbatan hamdardlik, layoqatlilik, xayrixohlikni ko‘rsatadi. Lekin bu qobiliyat faqatgina tug‘ma xususiyat kasb etmaydi – har bir inson uni o‘zida hamda farzandlarining tarbiyasida mujassam etib, takomillashtirish mumkin. Bunda axloqiy tarbiya – axloqiy me’yorlar katta ahamiyat kasb etadi. Suhbat olib borish mahoratini o‘rganish mumkin, buning uchun qadimgi notiqlar kabi sizga zarur bo‘lgan bilimlarni egallash lozim. Ammo bu degani do‘stona uchrashuvlarni notiqlik san’ati bo‘yicha musobaqaga aylantirish shart emas. Barcha holat va narsalarga yuzaki qaraydigan jamiyatga bir oz hazil va yengillik bilan ishonchli so‘zlash – bu iste’dodli odamlar ham tan beradigan qobiliyatdir. Har kimga ham aqlli gaplarni osonlik bilan yetkazish qobiliyati berilmaydi. Suhbat san’atida sergaplikka yo‘l qo‘ymay mashq qilish lozim, hamsuhbat ruhiyatini hisobga olish kerak va bu yetarli darajadagi tajribani talab qiladigan faoliyatdir. Avvalambor biz o‘zimizning «men» lashimizdan qochishimiz lozim. O‘z shahsiyligini berkitib, o‘zgalarning qiziqishiga e’tibor bermoq – bu har bir suhbatning asosiy afzalligidir. Yaxshi ohang suhbatdoshiga ko‘ngilsiz yoki uni tushkunlikka tushiradigan suhbatlardan qochishni talab qiladi. Jamoatga yoqish uchun suhbatdoshingizga yaqin bo‘lgan va uni ko‘proq qiziqtiradigan suhbat mavzularini tanlashingiz lozim. Jamiyatning yoqimsiz a’zolariga doimo hamma narsadan noliyveradigan va ayb qidiraveradigan odamlar kiradi. Ammo, muloqot qilish me’yori va tajribasiga ega haqiqiy tarbiyali inson hamisha o‘z talabalari darajasida kamtarin, mulohazalarida esa notakabbur va bag‘ri kengdir. Agar jamoat sizga notanish bo‘lsa, suhbatda mavjud odamlar borasida gaplashmagingiz ma’qul, avval ularning o‘zaro munosabatlarini kuzatib, shu asosda biron bir narsa deyish mumkin. So‘z bu o‘zingizga qarshi qurolga aylanuvchi kuchdir. Yaqin kishini ayblashdan oldin, o‘ylab ko‘rgan ma’qul. Hasadgo‘ylik eng yomon illat. U barcha axloqiy 41 xususiyatlarni yo‘qqa chiqaradi. Mardlik yoki ochiqlik bahonasida ko‘rolmaslik hissini ochiqchasiga ko‘rsatishni odat qilgan kishiga bo‘lgan munosabat hech qachon ijobiy o‘zgarish kasb etmaydi. Bu faqat munosabatlarni yomonlashishiga olib keladi. Bundan hech kim yaxshi natijaga erishmaydi. Atrofdagilar uchun notanish bo‘lgan tilda biror bir odam bilan suhbatlashish madaniyatsizlikdir. Suhbatdagi har bir so‘z suhbatdosh uchun aniq va tushunarli bo‘lmog‘i lozim. Agar sizning nutqingizni tinglayotgan odam biror-bir so‘zni qaytarish uchun gapingizni bo‘lsa, tez orada suhbatdosh sizga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotadi, deganini anglatadi. Bunda nutq o‘ta baland ohangda bo‘lmasligi lozim, aks holda o‘zni noqulay ahvolga solib qo‘yish mumkin. Sizning suhbatingizga uchinchi suhbatdosh qo‘shilsa-yu, mavzu esa o‘ta nozik xususiyat kasb etsa, o‘zingizni iltifotli va xushmuomali jihatdan ko‘rsatganingiz ma’qul. Jamoatda barcha narsalar haqida gap ketadi, savollar chuqurlashib ketilmaydi, bir narsani har taraflama ko‘rib chiqilmaydi, balki qisqacha mulohaza yuritiladi, ammo yuzaki emas. Boshqalar bilan gaplashish istagi borligini yoki suhbat zerikali ekanligini ko‘rsatmaaslik, suhbat chog‘ida atrofga alanglab, qo‘lga tushgan biron narsani o‘ynab, yoki soatga qarayverish suhbatdoshni jig‘iybiron qilib qo‘yish mumkin. Suhbat chog‘ida o‘zini ko‘klarga ko‘tarib, o‘z faoliyati, izlanishlari, mulki o‘z tanishlari doirasi bilan yoki kimnidir ismini ro‘kach qilish bilan maqtanish va yaxshi emas – bunday tushunchalar suhbatdosh aqlini qanchalik tor ekanligi haqida guvohlik beradi. Munozara qilinayotgan muammolar doirasi keng bo‘lishi mumkin, biroq nima bo‘lganda ham o‘zingizni ishonchli his qiladigan, o‘zingizga mos bo‘lgan mavzularda suhbat olib borishingiz maqsadga muvofiqdir. Suhbatdoshni sog‘liqdan nolish bilan obhavo haqidagi so‘zlar bilan charchatish ham etiketga to‘gri kelmaydi. Suhbat haqiqatan ham qiziqarliroq bo‘lish uchun barcha qobiliyat va imkoniyatlarni yordamga chaqirish lozim. Shu jihatdan ham suhbatlashish etiketi bir necha qoidalarni taqozo etadi: Suhbatdoshingizga og‘ir botadigan, xafa qiladigan, noqulay vaziyatga solib qo‘yadigan, gapirishni xohlamaydigan mavzu bo‘yicha suhbatlashish vaziyatni og‘irlashtiradi. Suhbatdoshingizga o‘zingizga ta’rif-tavsif berishdan, o‘z muammo va yutuqlar haqidagi ma’lumotlarga e’tiborni kuchaytirishdan qochish, suhbat chog‘ida o‘z “men” ini markaziy joyga qo‘ymaslik lozim. Bunda axloqning kamtarinlik va bosiqlik me’yorlari qo‘l keladi. O‘z fikrini uqtirishdan avval, noqulay vaziyatga tushib qolmaslik uchun suhbatdoshning ijtimoiy kelib chiqishi, shahs sifatida, aytilayotgan masala yuzasidan qanday ma’lumotga ega ekanligini bilib olgan yaxshi. Suhbatdosh hurmat qilishga, hatto uni fikrini noto‘g‘ri deb hisoblaganda ham oxirigicha eshitish bilan shahsning so‘z erkinligini ta’minlashga intilish lozim. 42 Boshqa insonlarini g‘iybat qilishdan, ularning shahsiy hayoti, muammosi haqida suhbat qurish ham odobsizlik sanaladi. Har qanday suhbat birinchi navbatda ma’lumotlar almanishuvidir. Suhbat jamoat joylarida yoki ko‘chada bo‘lsa, boshqalarni o‘ziga jalb qilmagan holda, ovoz past ohangda gaplashish lozim. Tez yoki haddan tashqari cho‘zilib gapirish ham ma’lumotni o‘zlashtirishga xalaqit beradi. Kam muomala qilinadigan, yaxshi tanimaydigan insonlar bilan muloqotda bo‘lishda barchaga tushunarli yengil mavzu tanlanib olinadi. M: Futbol, seriallar, Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling