Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Rasmiy murojaatlarda «xonimlar va janoblar» deb jamoatga murojaat 
qilinadi.Rasmiy murojaatlar mehnat jamoasida rahbarga, ishlab chiqarish 
korxonalarida yetakchi mutaxassisga, ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi ustozga, 
harbiy va huquq tartibot organlarida unvoni katta zobitlarga, davlat ahamiyatiga 


39 
molik tadbirlarda jinsga qarab yoki barchaga rasmiy murojaat qilinadi. M: Yakka 
Shahsga nisbatan janob Toxirov deb murojaat qilish mumkin. Agar familiya 
ishlatilmasa janob direktor, direktor xonim deb murojaat qilish maqsadga muvofiq. 
O‘rtoq Abdullayev, o‘rtoq general, ya’ni “o‘rtoq” so‘zi harbiylar qo‘llaydilar. 
Elchilar hamda yuqori martabali insonlarga nisbatan “Janobi oliylari” deb murojaat 
qilinadi. Rasmiy munosabatda faqat sizlab gaplashiladi. Rahbarning qo‘l ostidagi 
barcha kishilar bilan bo‘lgan munosabatida ham, 9 yoshdan yuqori bo‘lgan maktab 
o‘quvchilardan tortib, talabalar bilan bo‘lgan munosabatda ham, notanish insonga 
murojaat qilganingizda ham sizlab murojaat qilinadi. 
Ishonchli munosabatlarda yaqin insonlar, qarindosh urug‘, hamqishloq, 
vatanishlarga qilinadigan munosabatlarga aytiladi. Bunday munosabatlarda «Sen» 
deb faqat oilada yoki yaqin munosabatlarda murojaat qilish mumkin. «Amaki», 
«xola», «tog‘a», «opoqi», «kelinoyi» va boshqa qarindoshlar o‘rtasida shevadan kelib 
chiqqan holda murojaat qilish mumkin. «Yaxshi yigit» yoki «yaxshi qiz» degan 
so‘zlar yoshlarga qarata qo‘llaniladi. Jamoat joylarida kasbi kor daraja hamda yoshga 
qarab shofyor, doktor, o‘quvchilar,talabalar, yo‘lovchilar, qizlar, yigitlar, bolalar kabi 
nomlarni ishlatish mumkin. Intim, ya’ni yaqin munosabatlarda «azizim, jonim, begim, 
oyim, yulduzim» kabi murojaatlarni uchratamiz. Egasiz murojaatlar munosabatda – 
“Kechirasiz falonchi ko‘cha qayerda?”, “Aytib berolmaysizmi soat necha bo‘ldi?”, 
“Ruxsat bersangiz kirsam”va boshqalar. 
Intim murojaatlarda shahsga nisbatan chiroyli, yoqimli, erkalash ma’nosidagi 
so‘zlardan foydalangan holda murojaat etiladi: “Azizim”, “Mehribonim”, “Jonim”, 
“Begim” kabi so‘zlardan o‘rinda va samarali foydalanish zarur. Murojaatning bu turi 
insonning didli va farosatli ekanligini ham belgilaydi. Biroq ushbu so‘zlarni bemavrid 
ishlatish insonni bachkanalikka olib keladi. Ayniqsa, «jonim” so‘zini barchaga 
nisbatan ishlatish aslo mumkin emas, bu so‘z faqatgina nikohdan o‘tgan, hayotini bir-
biri bilan bog‘lagan kimsalarga nisbatan ishlatilsa maqsadga muvofiq. 
Nomsiz murojaatlardashahsni kim ekanligini yaqindan bilish katta ahamiyatga 
ega emas. Bunday murojaat qisqa mazmunda bo‘lib, biror noma’lum ob’yekt yoki 
sub’yektni aniqlash, u haqda muayyan ma’lumot olish uchun qo‘llaniladi. Masalan, 
“Kechirasiz, Olmazor ko‘chasini ko‘rsatib yuborsangiz?” “Hurmatli yo‘lovchilar yo’l 
haqini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang” “Doktor bolamni ko‘rib qo‘ysangiz, issig‘i
tushmayapti “singari murojaatlarda Shahsning aniq ismi ko‘rsatilmasada, u haqdagi 
ma’lumotlar va aytiladigan fikrlar tushunarli bo‘ladi.
Aslini olganda, O‘zbekistonda murojaatning aniq bir shakli yo‘q. Ko‘p 
holatlarda har bir joyning o‘zidan kelib chiqib, shevaga hamda urf-odatga asoslangan 
holda murojaat qilinadi.
Yangi tanishgan odam bilan munosabatda tushunmovchilikdan saqlanish uchun 
tashrifnoma juda qulaydir. Chet mamlakatlarda tashrifnoma juda keng qo‘llaniladi. 


40 
Ularning raqamlari hamda o‘lchamlari qat’iy qoida bilan cheklanmagan. Inson o‘z 
tashrifnomasini tutqazar ekan, kelajakda shahsiy hamda ish bilan bog‘liq aloqani 
qo‘llab-quvvatlayotganini bildiradi.

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling