O‘zini boshqalarga tanitish. Vositachisiz tanishish qiyinroq bo‘lib, odob
nuqtai nazardan noziklikni talab qiladi. Tarbiyali kishi istalgan vaqtda o‘zini tanita
oladi. Tanishish uchun yo‘l ochib beradigan vositalar juda ko‘p. Tanishish
mulozamat bilan eshik ochish, tushirib yuborilgan narsani olib berish va shu
kabilardan boshlanishi mumkin. Shuning o‘zi gaplashib kyetishga va keyinchalik
tanishishga sabab bo‘ladi. Ko‘chada ketayotib, do‘konda, transportda yoki
muassasada biror kishini tez-tez uchratib tursangiz, hatto u bilan ikki og‘iz
gaplashgan bo‘lsangiz, zarurat bo‘lsa, unga o‘zingizni bemalol tanishtirish mumkin.
Lekin unda tanishish istagi yo‘qligini sezsangiz, tanishish shart emas.
Agar tanishishni istamagan inson bilan tanishtirishsa, buni bildirmagan ma’qul.
Shunday vaziyatda ham sipolikni qo‘ldan bermay, muloyim muomalada bo‘lish
maqsadga muvofiq.
Murojaat qilish etiketi
Murojaat qilish – insondan ko‘p narsani talab qilmaydi. U kishini tarbiya
ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar majmuasidir. Aslida murojaat qilish har –
xil kechib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay paytda, suhbatdosh bilan o‘zaro
munosabatdan kelib chiqqan holda bildiriladi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar
nafaqat unga bo‘lgan hurmat, balki maqsadga muvofiqlikda ham qo‘llanadi.
Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat hurmat belgisi, balki, maqsadga erishish
vositasi hamdir. Murojaat vaziyatga, sharoitga, jamoaga, muhitga qarab yakka
Shahsga yoki jamoaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Biroq barcha murojaatlar axloq
me’yorlariga bo‘ysingandagina ijobiy natija berishi mumkin.
Insoniy munosabatlarda aytilayotgan so‘zlar faqat axloqiy me’yorlarga tayanadi.
Bu esa qarindoshlar, sevishganlar, er-xotin, do‘stu-birodar, mansabdor shahs va
xodim o‘rtasidagi munosabatlarda qo‘llaniladigan so‘zlar turlicha bo‘lishini
anglatadi.. Murojaat ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan
munosabat turi bo‘lib, ular og‘zaki yoki yozma ko‘rinishga ega.
Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi: ular – rasmiy, ishonchli, intim
va egasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |