Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

«Nonushta» qabuli (inglizcha – «Lanch») kunning birinchi yarmida – soat 
15.00dao‘tkaziladi. Qabul taomnomasiga oddiy gazaklar, 1-2 turdagi issiq taom va 
desert kiradi. Qabul so‘ngida kofe yoki choy taklif etiladi. Qabul paytida avval yaxna 
ichimliklar va pivo beriladi. Bu kabi qabullar jiddiy suhbatga yoki biror-bir 
muammolarni muhokama qilishga imkon yaratadi. Qabul paytidagi tanaffus (yangi 
taom tortilishidan yoki desert va choydan avval) taklif etilgan tomonlarga qisqa 
vaqtga suhbatdoshlarni tark etib, kerakli masalalarni muhokama qilishga imkon 
beradi. 
Xalqaro protokol amaliyotida kunduzgi qabullar kechki qabullarga nisbatan 
katta tantanaga ega bo‘lmagan qabullar, deb hisoblanadi. 


116 
«Tushlik» qabuli daraja jihatidan muhimroq hisoblanadi. Uning boshlanish vaqti 
– soat 19.30, 20.00 yoki 20.30larga borib taqaladi. Taomlar, gazak va sharoblar 
«Nonushta» qabuli kabidir. «Tushlik» 2-3 soat yoki undan ziyod davom etadi. 
«Nonushta» kabi «Tushlik» ham turli usulda o‘tkaziladi. Usullardan biri mehmonlarni 
alohida o‘tkazishni nazarda tutadi. Ushbu holatda mehmonlar qabul o‘tkaziladigan 
joyda xonalarning birida belgilangan vaqtda to‘planadilar. Ularga yaxna ichimliklar, 
pivo, viski va sharbatlar tortiladi. Yengil gazaklar tavsiya qilinishi mumkin. Shundan 
so‘ng mehmonlar umumiy stolga taklif etilib, ularga o‘rnatilgan tartibda taom va 
vinolar tortiladi. Desert vaqtida mezbon va asosiy mehmon o‘rtasida «shampan» 
qadahi so‘zlari (tostlari) bilan fikr almashiladi. So‘ngra mehmonlar alohida ajratilgan 
joyga o‘tadilar va ularga choy yoki kofe hamda konyak va liker taklif qilinadi. 
«Nonushta» kabi «Tushlik» qabuli ham muhim suhbat va tanishuvlar uchun 
imkoniyat yaratadi. 
«Nonushta» va «Tushlikshing boshqa bir turi bu «Tushlik» – bufet» bo‘lib, 
odatda u soat 18.00-20.00 larda boshlanadi. Qabul paytida taomlar alohida stolda 
joylashgan bo‘ladi, mehmonlar o‘rta hajmdagi stollar atroflarida joylarini egallab, 
o‘z-o‘zlariga xizmat qiladilar. Mehmonlarga vinolar taklif etilishi mumkin. Ba’zan 
vinolar alohida kichik stolchaga joylashtiriladi va mehmonlar o‘zlari turib 
likopchalarga alohida stoldagi taomlardan solgani kabi vinolarni ham olishlari 
mumkin. Choy va kofelar ham Shu tarzda taklif qilinadi. 
«Kokteyl» yoki «a-lya furshet» turidagi qabullar tayyorgarlik va tashkil etilishi 
nuqtai nazaridan oddiy va keng tarqalgandir. Ular tik turgan holda o‘tkaziladi. 
Asosan ofitsiantlar mehmonlarga yengil sovuq gazaklar hamda yaxna va mast 
qiluvchi ichimliklarini olib keladilar. Ba’zan ular stollarga joylashtirilishi ham 
mumkin. Ushbu qabullar kechki vaqtda taxminan soat 18.00 - 19.00 larda o‘tkaziladi. 
Ushbu qabul boshqalariga nisbatan har bir ishtirokchini boshqalar bilan muloqot 
qilishiga qulay imkoniyat yaratadi, chunki stol atrofida o‘tirib, mehmonlar faqat 
yaqin o‘tirganlar bilan muomala qilishlari mumkin. 
Yuqorida ta’kidlangan qabullarga mehmonlar odatda rafiqalari bilan birga taklif 
qilinadilar. 
Qabullarning yana bir turi “Choy” bo‘lib, u, odatda, ayollar uchun soat 16.00-
18.00 lar mobaynida o‘tkaziladi. Ba’zi bir hollarda ushbu qabul diplomatik 
vakolatxonaning rahbari yoki diplomatning rafiqasi kyetishi munosabati bilan ham 
o‘tkazilishi mumkin. Qabulga choy yoki kofe, konditer mahsulotlari, konfetlar, 
mevalar, ba’zida yengil gazaklar va vino ham tortilishi mumkii. 
Kamdan-kam ayollar uchun o‘tkaziladigan «jurfiks», deb nomlangan qabul 
mamlakatning rasmiy yuqori mansabdor shahsi yoki xorijiy vakolatxona 
rahbarlarining rafiqalari tomonidan yil davomida aniq belgilangan kun va soatda 
o‘tkaziladi. Ba’zi davlatlarda diplomatik korpus a’zolarining ayollari taklifi bilan 


117 
oyning belgilangan kuni diplomatlarning ayollari uchrashuvlar tashkil etib, ularda 
hayriya faoliyati yoki umumiy qiziqish uyg‘otuvchi boshqa muammolarning 
muhokamasi amalga oshishi mumkin. Ba’zida bunday uchrashuvlarda ayollar tikuv 
ishlari bilan Shug‘ullanadilar, oshpazlik sohasida tajriba almashadilar va turli 
davlatlarning milliy san’ati bilan tanishadilar. 
Qabullarning hozirgi paytda keng tarqalgan turlaridan yana biri bu kinoko‘rish 
bo‘lib, undan oldin yoki keyin kokteyl tashkil etiladi. «Shampan bokali» bilan 
musiqiy kechalar o‘tkazilishi, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qabullar bilai bog‘liq 
adabiy yoki raqs kechalari tashkil etilishi mumkin. Bugungi kunda asosan sport 
bayrami va musobaqalari tez-tez o‘tkazilib kelinmoqda. 
Protokol xizmatchilari, qabul tashkil yetish bo‘yicha javobgar shahslar uchun 
taklif etilganlarni stol atrofida joylashtirish rejasini tuzish nihoyatda murakkab va 
muhim ish hisoblanadi. 
Mehmonlarni stol atrofida joylashtirish paytida diplomatik etiket shartlarini, 
mehmonlarning qiziqishlarini, ularning xorijiy tillarii bilishini nazarda tutmoq 
lozimdir. 
O‘tkazish tartibida quyidagi qoidalarga amal qilinadi, ya’ni: mezbon va uning 
rafiqasiga yaqin o‘tiriladigan joylar juda faxriy joylar deb hisoblanadi. O‘ng qo‘l 
tomonidagi joy (o‘ng tarafda) chap qo‘l tomonidagi joyga (chap tarafda) nisbatan 
faxriy hisoblanadi. Birinchi bo‘lib mezbonning o‘ng tarafida ayol kishi, uning 
rafiqasi yoniga esa erkak kishi o‘tkaziladi. So‘ngra joylar o‘zgartiriladi: ayol kishiniig 
yoniga erkak kishi o‘tkaziladi va shu holatda qaytariladi. Ayollar yonma-yon, erkak 
kishi esa rafiqasi bilan birga o‘tkazilmaydi. Ayollar stolning oxirgi joyiga 
o‘tkazilmaydi. Turmushga chiqqan ayol erkak kishi bilan bir xil imtiyozga ega. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling