Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
XALQARO ETIKET Xalqaro etiketning asosiy xususiyatlari uning universalligidadir. Turli mamlakatlar vakillarining, siyosiy qarashlar va turli dinlarga e’tiqodning, milliy an’analar va ruhshunoslikning, turli hayot tarzi va madaniyatlarning bevosita muloqotlari xalqaro etiketning asosini tashkil etadi. Har bir millatning ehtirom qoidalari bu milliy urf-odatlar va xalqaro etiketning murakkab uyg‘unligidir. Bugungi kunda zamonaviy xalqaro etiket barcha mamlakatlar va o‘tib ketgan avlod-ajdodlar madaniyatining eng qimmatbaho qismini o‘zlashtirib kelmokda. Uning rivojlanib borish jarayoni davomida u, turli mamlakatlar vakillari muloqoti orqali xalqlarda mavjud eng yaxshi ehtirom me’yorlarni mujassam qilgan holda boyitilib bormoqda. 129 Xar bir mamalakat o‘z etiket tamoyillariga ega va ular xalqaro etiketning ajralmas qismi hisoblanadi. Masalan, quyidagilar: Fransiya. Fransiya etiketning vatani hisoblansa-da, unga boshqa mamlakatlardagi kabi katta e’tibor berilmaydi. Bir necha asrlar davomida Fransiyada «fransiyalik o‘zini qay tarzda tutsa bu etiketdir», degan fikr saqlanib kelmoqda. Farang tili — jahon va diplomatiya tili. Bu borada, fransyaliklarning fikricha, hech narsa o‘zgarmagan. Boshqa xalqlardan farqli o‘laroq fransiyaliklar horijliklar ularning tilini nafaqat bilishlarini, balki juda yaxshi darajada bilishlari kerakligini zaruriy, deb hisoblashadi. Fransiyada bir-birini qay darajada bilishidan qat’iy nazar qo‘l berib salomlashish zaruriy odat tusiga kirgan. Bir kun davomida bir kishi bilan ikki marta, go‘yo bu insonni birinchi bor ko‘rayotgandek, qo‘l berib salomlashish, ayni hurmatsizlik belgisi hisoblanadi. Suhbat chog‘ida fransuzlar bir-birlarining gaplarini bo‘laveradilar. Bu narsa tarbiyasizlik alomati sifatida tan olinmaydi, balki aksincha, suhbatdoshlarini diqqat bilan tinglayotganliklarini anglatadi va suhbatga qiziqishlari yuqori darajada bo‘lgani uchun o‘z fikrlarini tezroq bildirmoqchi bo‘lganliklarini namoyon qiladi. Boshqa millatlar suhbatida mumkin bo‘lgan hollar fransiyaliklar uchun tarbiyasizlik belgisi bo‘lishi mumkin. Fransiyaliklar suhbat davomida qo‘llari bilan harakat qilishni yaxshi ko‘radilar. Ular ayni qo‘llari yordamida o‘z fikrlarini aniqroq yetkazadilar. Fransiyaliklar qo‘llari harakatlaridan suhbatdoshning ichki dunyosi, intellektuali darajasi va ichki hissiyotlari haqida bilish mumkin. Ular hayotdagi barcha hollar uchun qo‘l harakatlarini ishlatadilar: biror narsa yoqmagan hollarda, ishonchsizlikda, kechirim so‘raganda, taajublanganda, o‘zini yo‘qotib qo‘yganda va sog‘inganda. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling