Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Buyuk Britaniya. Inglizlarning asosiy fazilatlariga o‘z-o‘zini tuta bilshi,
aytmoqchi bo‘lgan gaplarini oxirigacha suhbatdoshiga yetkazmaslik, o‘z muammolarini ichida saqlab yurish qobiliyati, yetarli darajada ochiq emaslik, mulkni qadrlash, mustaqil bo‘lish xususiyatlari kiradi. Fikr almashganda inglizlarning bosiqligi — suhbatdoshga bo‘lgan hurmat belgisi. Suhbat davomida inglizlar qat’iy tushunchalardan voz kechib, «menimcha», «mening fikrimcha», «men o‘ylaymanki» kabi tushunchalarni ishlatadilar. Suhbatdoshning gapini hech bir inkorsiz tinglash, gapiralayotgan fikrga rozilikni bildirish emas, aslo. Inglizlarning fikricha, barcha hayotiy voqealarda o‘zini tuta bilish insonning asosiy fazilatidir. Muzokaralar odatda qisqa ob-havo to‘g‘risidagi yoki dunyo va mamlakat, sport yangiliklari haqidagi xabarlardan boshlanadi. Ob-havo haqida suhbatlashish inglizlar uchun nafaqat suhbat uchun eng qulay mavzu hisoblanadi, balki asosiy mavzuga 130 o‘tishga yoki suhbat davomida paydo bo‘ladigan bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi. Angliyada ko‘rishganda, ayollar qo‘lini o‘pish va hamma borligida «naqadar go‘zal libos!» yoki «juda ajoyib tort!» kabi maqtovlar juda noo‘rin hisoblanadi. Stol atrofida alohida suhbatlar qurish mumkin emas. Barcha o‘tirganlar gapirgan kishini tinglashi va notiq o‘z navbatida, boshqalarga eshitarli qilib so‘z yuritishi zarur. Germaniya. Germaniyada ehtirom, yaxshi muomala, sipo va kamtar kiyinish uslubi, murojaatlarda shartliliklarga amal qilish, aniqlik va ishbilarmonlik qadrlanadi. Germaniyaliklar o‘z hurmatlarini biladilar hamda Germaniya Evropa yuragi ekanligini hamisha yodlarida tutadilar. Muomala qilinayotgan paytda daraja va familiyalarni aytish qabul qilingan. Har bir muomaladagi shaxsning titulini aytib kyetish muhimdir. Agar titul noma’lum bo‘lsa, «doktor janoblari» deb murojaat qilish mumkin. Germaniyada yoshi kattaroq yoki mansabi yuqori bo‘lgan shaxsning tashabussi bilan kelishib olinmagan bo‘lsa, «sen», deb murojaat qilish tavsiya etilmaydi. Qo‘l berib salomlashish keng tarqalgan bo‘lib, hatto qisqa muddatlik hayrlashish chog‘ida ham keng ishlatiladi. Ayollar qo‘l berish istagini bildirgunga qadar kutib turish tavsiya qilinadi. Odatda taklif etilganlarning hammasi bilan qo‘l berib salomlashish keng tarqalgan. Istisnoni juda ko‘p kishilar taklif etilgan hollar tashkil etadi. Restoranda atrofdagi taklif etilganlar, hatto noma’lum shaxslar bilan «Yoqimli ishtaha» ma’nosini anglatuvchi tushunchalar bilan salomlashiladi. Biror ichimlik iste’mol qilishdan avval bokal ko‘tarilib, mezbon bokali bilan urishtiriladi (ammo, masalan, Fransiyada bokal ko‘tariladi, lekin urishtirilmaydi). Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling