Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-MAVZU. SAYOHAT ETIKETI. TURIZM
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdulla Sher. Axloqshunoslik. O‘zbekiston milliy faylasuflari jamiyati. – Toshket, 2010. 2. Джон Вуд. Жан Серре. - М., Прогресс, 1976. 3. Deyl Karnegi . Qanday qilib do‘st orttirish va odamlarga ta’sir ko‘rsatish mumkin. A.Usmon tarjimasi. – Namangan, 2007. 4. Деловой этикет. Экономическая катeгория. www.c Kodzeva. ru/ a. 11. 24КБ. 5. Правила этикета. www. еtiksite. org. 3 КБ. 6. Про ресторан – основы ресторанного дела. www. Prorestoran. Com. 23KБ. 7. Этикет от А до Я. www. еtiksite.ru. 11. КБ. 134 9-MAVZU. SAYOHAT ETIKETI. TURIZM Turistik safarda ishtirok yetishga qaror qilar ekanmiz, quyidagi qoidalarni nazarda tutishimiz lozim: Uchrashuv belgilangan joyga kechikmaslik; «Og‘ir yuk» bo‘lgani uchungina o‘zingiz bilan olishga erinib, boshqalar yelkasida tashib kelgan o‘rin-ko‘rpalarga da’vogarlik qilmaslik; vaqtinchalik olib turgan idishlarni yuvmasdan qaytarmaslik; gulxan yoqish yoki boshqa narsa qilish kerak bo‘lganda gimnastika bilan Shug‘ullanishga o‘tib ketmaslik; kiyimini «dardida» boshqalarga «yuk» bo‘lmaslik: «buyerda o‘tirmayman – shimimning rangi och» – ahvolingiz, chanqoq va boshqa narsalardan nolib injiqlik qilmaslik; meva terish yoki tabiat go‘zalligini tomosha qilish uchungina boshqalarni yo‘ldan to‘xtatish nojoiz. Faqat safarboshigina to‘xtash, dam olishning vaqtini belgilaydi. Sog‘lig‘i yaxshi bo‘lmaganlar ko‘pchilik bilan bo‘lgan turistik safarlardan voz kechgani ma’qul. Biroq kimdir shamollab qolsa, uni berkitmagan yaxshi: bunday «kamtarinlik» keyinchalik kuchliroq bezovtalikni uyg‘otish mumkin. Agar yaxshi sport holatda bo‘lsangiz, o‘zingizni ko‘rsatib, boshqalarning yurish tezligini oshirmagan yaxshi. Dam olgan yoki tunni o‘tkazgan joyda axlat qoldirish yaramaydi: tuxum po‘chog‘i, qog‘oz va boshqa narsalarni hammasini yerga ko‘mib kyetish shart. Xuddi shu tarzda daraxtlarda o‘zini «imzo»ini qoldirish yaramaydi. Rasmni sevuvchilar, boshqalarni rasmga tushirish bilan qiynashi yaxshi emas – hamma ham rasmga tushishni yoqtirmaydi. Agar sizni rasmga tushirishni bo‘yniga olgan ekan, ularni qabul qilgach, minnatdorchilik bildirish lozim. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling