Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Kafe, restoran Restoran yoki kafeda ayol bilan uchrashishga kelishib olgan erkak aytilgan vaqtdan bir oz avvalroq borib o‘tirishi lozim. Ammo ma’lum bir sabablar bilan erkak uchrashuvga bir oz kechikib kelsa, bundan fojea yasash noo‘rin. Erkak kechikkani uchun uzr so‘rab, sababini tushuntirishi shart, ayol esa – buni kechirib, o‘z kayfiyatini buzmaslik uchun «qovoq solmay» o‘tirgani ma’qul. Agar restoranda bir necha odamlar uchrashmoqchi bo‘lsalar, kechikkanlarni 20 daqiqadan ortiq kutilmaydi. Ba’zi qiz va ayollar kafe yoki restoranga kirishdan ko‘ra, ko‘chada uchrashib keyin borishni afzal biladilar. Bu paytda erkak o‘z vaqtida kelishi 136 shart. Kafe yoki restoranga birinchi bo‘lib ayol kiradi, erkak bosh kiyimini yechib kiradi va faqat chiqayotganda kiyib oladi. Stolning devorga tirab, restoran zaliga qaratilgani eng qulayi hisoblanadi. Agar zalning markazida o‘tirgan bo‘lsangiz, ayol uchun eng e’tiborli joy chiqishga qarab o‘tiradigan joydir. Bo‘sh joy qolmagan taqdirda, ofitsiantlarga murojaat qilgan ma’qul. Band bo‘lganini eshitgan joydan joy talab qilish yaramaydi. Kafeda tanishingiz oldiga, garchi sizga notanish bo‘lgan odam bilan o‘tirgan bo‘lsa ham, o‘tirish mumkin. Ammo restoranlarda mumkin emas – sizdan maxsus iltimos qilishsagina bu istisno hisoblanadi. O‘tirganda yoningizdan o‘tib ketayotgan tanish bilan turmasdan ham ko‘rishish mumkin, ammo siz murojaat yoki aksincha, u sizga murojaat qilayotganda, albatta, turish kerak bo‘ladi. Agar tanish bir ikki og‘iz so‘z uchun yoningizda to‘xtagan bo‘lsa, uni oldingizda o‘tirganlarga tanishtirmasa ham bo‘ladi. Ammo suhbat cho‘zilib ketsa, dasturxonga taklif qilgan, yoki uzr so‘rab tanishingiznistoliga o‘tib olgan ma’qul. Agar tanishingizni dasturxonga taklif qilmoqchi bo‘lsangiz, uni albatta, yoningizdagilarga tanishtiring. Ofitsiantdan siz bilmagan taomni tushuntirib berishni so‘rashdan uyalmaslik lozim. Taomlarning nomi ko‘p va biz ularning hammasini bilishimiz shart emas. Restoranda likop ustiga qo‘yilgan sochiqni tizzaga yoyish shart. Agar tizzadan sirg‘alib tushib ketsa, uni birovga oldirmagan yaxshi. Hech kimga bildirmagan holda olishga harakat qilish joiz. Ketayotganda esa sochiqni stolga qo‘yib turiladi. Ba’zida taomga qo‘shimcha tarzida bodring va pomidordan kesib qo‘yilgan gazaklar qo‘yiladi. Uni olib idishga solish shart emas. Go‘shtga qo‘shib likopning o‘zidan olib yeyaveriladi. Sherigimiz hali taomni tugatmasidan avval ofitsiantdan hisobni so‘rash, unga nisbatan bepisandlik sifatida qabul qilinadi. Tasodifan uchratib qolingan tanish ayol bilan kafega kirilsa, har kim o‘zi uchun to‘laydi. Ya’ni: Ayol ofitsiantni chaqirib bergan buyurtmani aytadi va hisobni o‘zi to‘laydi – erkak ham xuddi Shu tarzda ish ko‘radi Restoranda avval kim o‘rnidan turadi? Kim uchrashuvni tashkillashtirgan bo‘lsa, Shu odam avval o‘rnidan turadi. Agar dasturxon ikki kishiga yozilgan bo‘lsa, taklifni birinchi erkak qiladi, ayol esa uzrli sabablar bo‘lgandagina, soatga qarab: «Vaqt bo‘ldi», deb o‘rnidan turishi mumkin. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling