Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Oilaviy muhit. Oilaning mustahkamligi oila a’zolarining axloqiy tarbiyasiga 
bog‘liq. Xalqimizda bejiz “Sog‘lom turmush tarzi mustahkam oilaning 
garovidir”debaytilmagan. Sog‘lom turmush tarzi deganda biz nafaqat oiladagi er va 
xotinning bir – biriga bo‘lgan munosabati, balki ulardagi axloqiy fazilatlar, imonlilik, 
poklik, halollik, rostgo‘ylik, shirinso‘zlik, kabi axloqiy me’yorlarga amal qilgan 
holda urf – odatlarga asoslangan, zamonaviy oilani tushunamiz. 
Oilada eng asosiy narsa – bir - birini tushunish, qadrlash va e’zozlashdir. Er – 
xotindan birining kamchiligini ikkinchisining fazilati bilan yopilib yurmog‘i lozim. 
Oilada ikki yosh bir butun bo‘ladi, muhabbat – nikoh iplarini mustahkamlaydigan, 
axloqiy mas’uliyatni yanada oshiradigan hissiyotdir. Ikki yosh hissiy holatlarini 
o‘zaro tushunib borishi natijasida oilada mo‘tadil kayfiyat qaror topadi, qarashlar 
uyg‘unligi tug‘iladi. Zero, muhabbat faqat o‘zaro hissiy qoniqishgina bo‘lib 
qolmasdan, munosabatlar go‘zalligiga aylanadi. 
Oila - bu kichik jamoadir. Unda o‘zaro muomalaning barcha qoidalariga amal
qilinishi kerak. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat; bir – biriga mehribon bo‘lish, 
ayniqsa, ayollarni izzat qilish kabi qoidalar kundalik odatga aylanib borishi kerak. 
Ota - ona bolalariga namuna. Shuning uchun ular oilada axloq madaniyatiga to‘la 
rioya qilishlari shart.
Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa bo‘lib, oilaning ichki ishlariga 
hech kim aralashishga haqqi yo‘q. Shu sababli ham oila muqaddas va daxlsiz 
hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy
mafkuraviy va ma’naviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta’sirida o‘zgarib 
boraveradi. 
Oilalarda nafaqat oilaviy munosabat, balki qon-qarindoshlik munosabatlari 
madaniyati ham yuksak darajada rivojlangan bo‘ladi. Bunday oilada bobo, buvi, ota-
ona, amaki, aka-uka, opa-singil, jiyan, kuyov, kelin quda-anda, qaynota-qaynona kabi 
o‘nlab qarindoshchilik darajalarini bildiruvchi mezonlarga amal qilinadi. Bu 
munosabatlarda milliylikning asl o‘zagi namoyon bo‘ladi. Bu munosabatlarning 
afzalliligi Shundaki, bunda qarindosh-urug‘lar bilan oqibatli bo‘lib yashash, 
farzandlarni milliy udum, qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun imkoniyat tug‘iladi 
hamda ular qarindoshlar orasida ham moddiy va ma’naviy tayanch-suyanch bo‘lib 
yashashga odatlanadilar.
Bunday oilalarda tarbiyalangan farzandlar ham barcha bilan munosabatda tezda 
kirishib keta oladigan, munosabat madaniyatiga rioya etadigan inson bo‘lib 
shakllanadilar, chunki bu bolalarni bitta oila emas, bir necha oila tarbiyalaydi. 
Oilaviy sharoit u yoki bu oila a’zolarining kelajakda hayotiga bevosita ta’sir qiladi. 
Oilaning tarqalishi har bir oila a’zolariga ta’sir qiladi. Axloqshunoslikda oila 


148 
tarqalishining uch turi ko‘rsatiladi. Birinchisi, nikohni bekor qilinishi bilan tarqalishi 
– bunda oilaviy mulk va farzandlar tarbiyasi qonun asosida taqsimlanadi. Bunday 
sabab o‘zaro kelishmovchilik hamda tushunmovchilik, o‘zaro muhabbatning yo‘qligi 
natijasida paydo bo‘ladi. Ikkinchisi, tabiiy tarqalishi bo‘lib – oila a’zolarining biri 
falokat, yoki kassallik tufayli vafot etgan oila mulkining meros sifatida 
taqsimlanishiga sabab bo‘luvchi tarqalishdir. Uchinchisi – axloqiy tarqalish bo‘lib, 
bunda bolalar balog‘atga yetib, oila qurilishlari – ota-onalar ular uchun oilaviy 
mulkdan uy-joy, turli maishiy jihozlar ajratib berishlari belgilanadi.
34
Shunga ko‘ra, 
oilada har bir a’zoning o‘ziga yarasha majburiyatlari mavjud. Ayniqsa, o‘z odatiy 
turmush tarzini o‘zgartirib, o‘zga oilaga kelin bo‘lib kelgan qizlarimizning yangi oila 
a’zolari bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlari juda muhim hisoblanadi. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling