Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Kelinning kiyinish madaniyati
Yaxshi kiyinish ham o‘ziga xos san’at hisoblanadi. Yaxshi did, avvalo, kiyimlarni bir-biriga moslab kiyishda namoyon bo‘ladi. Moslab kiyilgan kiyim ma’lum sharoitga munosib, kishining mashg‘uloti, voqea, muhit va Shu kabilar bilan muvofiq, hamda vaqti va joyiga qarab bashang bo‘lishi mumkin. Moda deganda muayyan ijtimoiy guruh, kishilar orasida ularning ta’biga, didiga mos kiyinish odatining ma’lum vaqtgacha urf bo‘lishi tushuniladi. Moda liboslarning o‘zgarishigina bo‘lib qolmay, o‘ziga xos estetik uslubni qidirib topish, yurish-turish tarzi, did va ichki madaniyatning namoyon bo‘lishi hamdir. Moda uzoq tarixga ega. Turkiy xalqlar ayollarida asosiy bosh kiyim do‘ppi, ro‘mol, oyoq kiyimi maxsi, kavush, ich kiyim – ko‘ylak, ust kiyim – kaltacha, kamzul, nimcha, chopon bo‘lgan. Respublikamiz iqlimi issiq bo‘lganligi bois bizning sharoitda ayollar uchun eng qulay moda – ko‘krak burma va pasti yaxlit bichimli "o‘zbekcha" ko‘ylak hisoblanadi. Buning afzalligi shundaki, issiq avjiga chiqib, kishi terlab turganda ham kiyim badanga yopishib qolmaydi. Shuning uchun ham ko‘krak burma ko‘ylak hech qachon modadan qolmaydi. Faqat ayrim detallari biroz o‘zgartirilib, zamonaviy tus bergan holda yangilanaveradi. Chiroyli atlas, tovor kabi matolar qadimdan o‘zbek ayollari sevib kiyadigan milliy matolardir. Qancha-qancha zamonlar o‘tib ketsa ham, bu matolardan o‘z davriga moslab yarashtirib, xoh o‘zbekcha, xoh yevropacha tikilgan kiyimlar hamisha modadadir. Qaddi-qomati kelishgan ayollarga moda jurnalidagi modellarning har biri to‘g‘ri kelaverishi mumkin. to‘ladan kelgan ayollarga belning past qismidan ulangan va keng etak bo‘lib tushgan ko‘ylaklar kiyish tavsiya etilmaydi. Ozg‘in ayollar esa tor badanga yopishib turadigan ko‘ylaklar kiymasliklari lozim. Bo‘yni uzun ayollar ko‘proq yelkalik ko‘ylak kiyganlari ma’qul. Bo‘yni kalta ayollarga tik yoqali va bo‘yin atrofidan o‘yilgan ko‘ylaklar yarashmaydi. 152 Kiyimning rangi, rasmlari, guli ham mos bo‘lishi kerak. Ayollar ko‘pincha kiyimlar rangini o‘zlarining o‘z, soch va teri ranglariga moslab oladilar. Ammo bunda rangning kishiga tushishidadir. Katak-katak kiyimlarni matoli va yo‘l-yo‘l matolardan tikilgan kiyimlarni birga kiyish tavsiya etilmaydi. Bo‘ylamasiga yo‘l bo‘lib tushgan gazlamalar ayollarning qaddi-qomatini nozik, bo‘y-bastini uzaytirib ko‘rsatadi, ularni to‘ladan kelgan ayollarga kiyishni tavsiya yetish mumkin. Ozg‘in va baland bo‘yli ayollar bunday matodan kiyim kiymaganlari ma’qul, ko‘ndalang, yo‘l-yo‘l ko‘ylaklar qaddi-qomatni to‘laroq ko‘rsatadi. Rang va ranglarning bir-biriga mos tushishi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. To‘q va qora ranglar jussaning to‘laligini bilintirmay tursa, oq ranglar yanada to‘laroq ko‘rsatadi. Yashil, binafsha, ko‘k rang qaddi-qomatni rostlab ko‘rsatsa, sariq, jigarrang, qizil va rangdor rasmlar jussani bir muncha to‘la qilib o‘rsatadi. Ortiqcha bezaklar kiyimni bachkanalashtirib yuboradi. Uy kiyimlari asosan yuvilishi oson ip gazlamalar, shtapel matolardan tikiladi, u keng va qulay bo‘lishi lozim. Yoz paytlarida uyda odmi rangli mayin gulli ko‘ylak va xalatlar kiyish maqsadga muvofiq. Ish kiyim qulay, kundalik kiyishga mos va qulay bo‘lishi, ayniqsa ko‘ylak- kostyumlar kiyish ko‘pdan urf bo‘lib keladi. Ozodalik, orastalik, pokizalikni bir umr o‘ziga hamroh qilgan kelinlar, shoshib qolmaydilar, ayniqsa ishlasalar yoki o‘qisalar – bu fazilatlar insonga o‘ziga ishonch va ruhiy muvozanat baxsh etadi. Parcha-yu kimxoblardan kiyim, zeb-ziynatlar taqib, bir davraga kirsangizu, birinchi tabassumingizda tishingizni sarig‘i ko‘rinsa, kishilarning siz haqingizda fikri o‘zgaradi. Eng so‘nggi moda bilan kiyinsangizu, sochlaringiz to‘zib yotgan bo‘lsa, hech qachon sizni orasta deyishmaydi. Yangi kiyimlar, chiroyli liboslar notozalikni yashira olmaydi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling