Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Salomlashish odobi
Ertalab turgach, yuvinib, qaynota-qaynona, oila a’zolari bilan muloqotni iltifot bilan salom berish, "Yaxshi dam oldingizmi?" degan so‘zni aytish bilan boshlash joiz. Assalomu-aleykum, arabcha so‘z bo‘lib, "Sizga tinchlik tilayman" deganidir, bu so‘z to‘liq aytilishi kerak. "Assalom-alayka", "Va alayka", "Salom", "Salom alaykum", "Salom berdik", "Alaykum" kabi qisqa so‘zlar ishlatilmasligi kerak. Oiladagi bajarilishi lozim bo‘lgan talablar, ko‘chadagidan kam emas. Tashqarida tavoze bilan, uyda qo‘pol bo‘lgan odam hammadan kamroq hurmatga loyiq. «Rahmat»», «kechirasiz», «iltimos» so‘zlari shartli bo‘lsa ham juda zarur ahamiyat kasb etadi. Ba’zida ayollar erlarining buyruqlarini bajarish bilan charchaganlardan dugonalariga shikoyat qilishini guvohi bo‘lamiz. Kundalik ayolning vazifasiga kiradigan narsalar uchun er iltimos qilishi shart emas. Ammo u ayol kishini izmida bo‘lgan so‘zlarni: «iltimos sigaretim olib kel, ishdan chalg‘igim kelmayapti» qabilidagi tushunchalarni aytishi shart. Bunda «iltimos» ni ayolga nisbatan qo‘llashni 153 or qiladigan erkaklar uchun «azizim, onajonisi, ….xon» kabi shirin so‘zlarni ishlatishlari mumkin. Agar ayol har kuni dasturxonga taom olib kelsa, er hadeb rahmat deyaverishi shart emas. Yoki ayol kyetishdan oldin er uning ustiga paltosini kiydirib qo‘ysa ham ayolni minnatdorchilik bildirish zaruriyat taqozo etmaydi. Ammo «Vanaxonadagi xalatim olib keling» degan iltimoslarga minnatdorchilik bildirish lozim. Insonlar bilan munosabatda ohang asosiy o‘rinni egallaydi. «Choy quy» degan so‘zning o‘zi ham iliq muhabbat bilan yo‘g‘rilgan ohangda eshitilishi, «Choy quying, iltimos!» deb aytilgan qo‘rs ohang ko‘ngilni og‘ritishi mumkin. Yuvingandan so‘ng albatta, vanna yoki rakovinani yuvib qo‘ying. Bu hammaning burchidir. Idish yuvadigan rakovinaga tuflash, og‘iz chayish, tish yoki yuzni yuvish madaniyatsizlikdir. Xullas, uyni ozoda tutish faqat uy bekasiga bog‘liq emas, bu barcha oila a’zolarini ishidir. Ota-onaning tashqi ko‘rinish ham, ayniqsa, farzandlar oldida muhim ahamiyat kasb etadi. Bolani bog‘chadan olgani borganda, bolalar kichkina bo‘lsa ham solishtirish xususiyatiga egaligini unutmasligi lozim. Bolalar ota-onalaridan uyalishga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Bunda «Ota-onani, ayniqsa, onani sevish shart» deb qo‘yilgan talablar doimo o‘zini oqlayvermaydi. Men kelinman, qaynona-qaynotamga qaraymi, erimgami yoki bolalargami deb boshqalarni ham o‘zini ham aldaydigan kelinlar oxir-oqibat soxtalikni ko‘rsatib qo‘yadilar. Atrofdagilarni, ayniqsa bolalarni bunday uslub bilan o‘ziga tortish, ularni rahmini keltirish o‘xshovsiz hiyla xolos. Axloqshunoslikda muhabbat erkinlikda namoyon bo‘ladi, degan ilmiy xulosani nazardan chetda qoldirmang. Hech qachon bolalarning mehnati uchun «pora» bermaslik lozim. «Buni qilsang, uni olib beraman» qabilida. Buning o‘rniga unga ixtiyor bergan ma’qul. Istagan ishni tanlab olsin. Ammo bajarsin. Mehnatsiz yashab bo‘lmaslikka o‘rgatish lozim. Agar o‘zingiz namuna bo‘lmasangiz bunday «tarbiya»ning hech foydasi bo‘lmaydi. Bolalar oldida bir-birining vazifalarini «eslatib» urushmaslik kerak. Agar sizdagi o‘zaro ziddiyatni bolalar bilib qolsalar, ular sizdan foydalana boshlaydilar. Bunga qarshi faqat va faqatgina oiladagi axloqiy muhit choradir. 37 Oilaviy bayramlar – har bir oilaning Shaxsiy ishidir. Ammo tug‘ilgan kunda birlaShuv va hamjihatlikning bo‘lishi turgan gap. Hammaga ma’lumki ayollar o‘z tug‘ilgan kunlarini erlari yoddan chiqarishlarini juda og‘ir qabul qiladilar. Er-xotinlar o‘rtasidagi asosiz paydo bo‘laveradagian bahslarning qat’iy chorasi – ko‘p hollarda ajrashish bilan tugaydi. Ammo bunga noiloj vaziyatlardagina yo‘l qo‘yish mumkin. Munozaradagi ma’lum qoidalarga amal qilib, bu baxtsizlikdan qutulish mumkin. Masalan, hech qachon o‘z norozilikarni kinoyali ohangda 37 Abdulla SHer. Axloqshunoslik. O‘zbekiston milliy faylasuflari jamiyati. – Toshket, 2010. 295-b. 154 aytmaslik lozim – bu odamni haqoratlaydi va instinktiv ravishda qarshilik qilishga undaydi. Yurakdagi dardning hammasini faqat mulozamat, muloyimlik va bosiqlik bilan ayta olish mumkin. Bu oilada ijobiy javob – tushunishni vujudga keltiradigan yagona ohangdir. Muomala qila olishning ziddi jizzaki, buyrug‘ona ohangdir. Ochiqdan-ochiq odamga achinishni e’lon qilish ham, aksil ta’sir beradi. Bundan tashqari fikrni oxirgacha aytmaslik, «yopiqlik» ham munosabatni qiyinlashtiradi. Urushayotganda o‘zini o‘ldirish bilan «qo‘rqitish» ham insoniylikka to‘g‘ri kelmaydi. Ikkita odamning bahslaShuvida uchinchi odamning fikrini asos sifatida keltirish yaramaydi. Er-xotinlar o‘rtasidagi juda yaxshi do‘stona munosabat birontasining onasi yoki boshqa bir odamning keltirgan firklariga asoslanishning o‘ziyoq janjalga sabab bo‘lishi mumkin. Oilaviy mojarolarda turli umumiyliklardan – «Sen doimo...» kabi so‘zlardan yiroqroq bo‘lish lozim. Aniq bir fakt yoki asosga tayangan holdagina so‘zlash lozim. Ta’na muhabbatni o‘ldiradi. Bu hatto asosli ayblov ham bo‘lishi mumkin. Shu bois bunday holatlarga kamroq murojaat qilgan yaxshi. Dashnom berayotgandagi yuzimizning istinkiv ko‘rinishining aks ta’siri bizdan qochish istagini paydo qiladi. Bu esa aloqani buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yaqinlarni doimiy tanbehlar bilan charchatib qo‘ymaslik kerak. Biror narsa haqida tanbeh beradigan bo‘lsangiz, buni muloyimlik va do‘stonalik bilan bajarish lozim. Uni qayta takrorlash, ayniqsa, avvalgidan ham balandroq ohangda aytish foyda bermaydi. Tanbehni eshitgan odamni yodidan ko‘tarilishi mumkin emas, aksincha bu narsa yo unga yoqmaganidan, yoki imkoni yo‘qligidan e’tibor bermagan bo‘lishi mumkin, bu bilan hech narsaga erisholmaysiz. Yaqin odamlarni g‘alati harakatlarini yoki biron talablarni bajarmasligini kechirish mumkin, zero «Beayb Parvardigordir!» Ammo kechirimli bo‘lishga da’vat yetish, hamma narsaga e’tiborsilik qilish degani emas. O‘ziga nisbatan talabchan bo‘lgan inson, boshqalardan ham buni kutadi. Ammo bunday talablarga hamisha o‘z vaqti hamda usulini topa bilish lozim. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling