Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Ayollar!
Uyning qulayligi erkakni uydan kyetishini «og‘irlashtiradi». Hadeb bir og‘aynilarini, bir hamkasabalarini va bir qarindoshlarini bahona qilib «qochish»ga harakat qilmaydi. Erkaklar! Siz ayollarga yaratib beradigan sharoit qiymatli bo‘lish shart emas, buni qo‘l bilan ham bajarasa bo‘ladi. Ayol kishining ishi qancha yengil bo‘lsa, uning fe’li ham har narsaga buzilavermaydi. Demak, sizning ham kayfiyatingiz yaxshi bo‘ladi. Ota onalar! Bolalarni uyni boshqarishga jalb eting. Ular bunda paydo bo‘ladigan barcha muammolarni bilishlari va hal qilinish jarayonlaridan boxabar bo‘lishlari lozim. Bu bolalarning sizga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartiradi. O‘g‘il-bola, qiz- bola deb ajratmaslik lozim. O‘g‘illarni katta bo‘lganda divandan tushmaydigan dangasalarga aylantirib qo‘yasiz. Katta bo‘lgan sari sekin-asta erkaklar qiladigan 158 ishlar – deraza sinsa, rom oshig‘idan chiqib ketsa, lampa kuysa va h. k. larga otalar o‘rgatib oladilar. Ungacha esa sizga va oilangizga yordamchi qilish kerak. Qizlarni esa uy tartibidan tashqari muomalaga, akasini yoki ukasini «ishlata» olishiga, tashqi ko‘rinishga e’tiborni qaragan ham yaxshi. Bolalar tarbiyasida ziyolilikka inrtilish katta ahamiyat kasb etadi. Ota-onalarni qanday sohada va qanday ma’lumotga egaligi emas, balki qay darajada ziyolilikka intilishi muhimdir. Bolalar va ota-onalarning ilmdan, yangiliklardan doimo xabardor bo‘lishi bolalarni tushunishga, bir oz zamonaviyroq bo‘lishga undasa, bolalarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi ota- onalarning aytmoqchi bo‘lgan gaplarini aniqroq anglashga yordam berishini unutmaslik zarur. Tartiblilik faqat harakat orqali emas – u tilda ham dilda ham bo‘lishi lozim. Erkaklar! Bir yilda bir marotaba bo‘ladigan tug‘ilgan kunlarga bee’tibor bo‘lmang. Bu bilan erkaklar ayollarga bo‘ysunganini tan olmaydi, aksincha ayollar uchun bu – haqiqiy erkaklik xususiyatidir. Ko‘pchilik go‘yoki narsaga ko‘ngli bog‘langanmi yoki mengami, deb sinamoqchi bo‘ladilar. Ular qattiq adashadilar. Ko‘ngil moddiylikni ichida – ya’ni tanada yashaydi. Ularni ajratish, ularni o‘ldirish bilan barobar. Axir yigitlik chog‘ida sevgi izhor qilish yoki qizning qo‘lini so‘rash uchun gul ko‘tarib borar edingizku! O‘zingizni o‘zingiz rad etmang. Bir og‘iz shirin so‘z va uch dona gul (ko‘proq bo‘lsa undan ham yaxshi) hech kimni o‘ldirmaydi. Muhabbat gulga o‘xshaydi. Uni parvarishlash lozim. Muhabbatga quyiladigan suv bu – e’tibordir. Ayolingizning sizdan ko‘ngli qolishi oilani buzishgacha olib kelishi ham mumkin. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling