Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Erxotinlar
Oila a’zolari bir-birining odati, didi va qarashlarini hurmat qilishi lozim. O‘zini namuna sifatida ko‘rsatib tanqidga berilish yaramaydi. Yotoqda kitob o‘qishni yaxshi ko‘rasizmi? Unda boshqaga ham televizor orqali berilayotgan futbol matchini ko‘rishga imkon bering! Er yakshanba kuni do‘stlari bilan uchrashishni yaxshi ko‘radi. Bu degani qo‘shnilar kabi er bilan aylangani chiqishdan mahrum bo‘lasiz degani. Xo‘sh nima qilibdi? Ammo siz yakshanbadan tashqari boshqa kunlari eringiz sizning ixtiyoringizda! Agar siz ham yoringizga imkoniyat yaratsangiz, undan ham Shuni kutishingiz mumkinligini yodda tuting. Oila a’zolari bir-birining qiziqishiga xalaqit berishi, erkinliklarini bo‘g‘ishi, tanqid qilishi, yoki ovozini ko‘tarishi, o‘zining salbiy munosabatini bildirishi, eng zarur paytda magnitofonni ovozini baland qilib, asabga tegishi yaxshi emas. Oila a’zolarining har biri tartibni yaxshi tutib turishi lozim. Kirganda tashqi eshikni yopib, oyog‘ini artishi, chiroyli salomlashishi va xayrlashishi lozim. Xat yozishlar doimo sir saqlanishi lozim. Kattalar bolalarning xatlarini so‘ramasdan yoki aytmasdan ochishlari yaxshi emas. Bu ularni ota-onalariga nisbatan bo‘lgan ishonchni so‘ndiradi. Er-xotinlar bir-birining sirlari bilan qiziqish, xatlari va narsalarini titish, ayb topishga intilish, tekshirish yaramaydi. Bu vaziyatni yengillashtirmaydi, aksincha, og‘irlashtiradi. Qaynona-qaynota ham yoshlarning sirlari bilan qiziqishi, ular berkitgan ma’lumotlarni bilishga intilishi noo‘rindir. Ular nafaqat farzand, balki shaxs ekanliklarini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Bu ularning shaxsiyatiga tegadi. Bir-birining xonasiga kirishdan oldin eshikni taqillatishi shartmi? Bu borada har bir oilaning o‘ziga yarasha qoidalari bor. Har holda ertalab yoki kechqurun xonaga 160 kirganda taqillatmoq kerak. Bizda qaynota nafaqat yotoqxona, balki kelin uchun ajratilgan ikki xonaga ham odob yuzasidan kirmaydilar. Qaynonalar kiraveradilar. (Ayol ayolga sirdosh sifatida). Ba’zida esa kelinlar hatto qaynonalaridan ham uyalishadi. (O‘g‘illarining ayoli sifatida). Qadimda esa qaynona tugul ona ham bunday vaziyatlarda hayo pardasi ortidan ish ko‘rar edi. Qizning ota-onasi esa umuman kuyovning uyiga qadam bosmaslikka harakat qilardilar. Har holda ota. Buni begonalikdan emas, balki odob yuzasidan qilinar edi. Dasturxon atrofida o‘tirganda «yoqimli ishtaha» dyeyish shart emas. Ammo taom uchun minnatdorchilik bildirish lozim. Er-xotinlik mulozamati – bu san’at. Hozirda ko‘pchilik agar er ayoliga tavozeli bo‘lsa, oilada ayol hukmron ekan degan noto‘g‘ri fikrga keladilar. Ayol erini sevsa, hurmat qilsa – unga buni o‘rgatishning keragi yo‘q. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling