Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Oilaviy tantanalar 
Agar siz oilaviy tantana uyushtirib, o‘z uyingizga ko‘proq mehmon taklif 
qilmoqchi bo‘lsangiz, albatta, yetarlicha turli xildagi sovuq gazaklar haqida o‘ylab 
ko‘rish kerak. Bunday mehmondorchilik mezbonlar uchun qulay, mehmonlar 
sog‘lig‘i uchun foydalidir. Bunday holatda mezbonlar bir pas mehmonlar o‘tirib 
suhbatlashib olishga imkon topiladi. Mehmonlar ham o‘zlarini erkinroq his qiladilar, 
ma’lum bir qoidaga qarab emas, istagan vaqtlarida tanovul qilish imkoniyati paydo 
bo‘ladi. Bunday «usul» da mehmon kutish uchun albatta oldindan tayyorlanib olish 


162 
zarur – ana shunda, tinch sharoitni vujudga keltirib, bevosita suhbat qilishga erishish 
mumkin. 
Odatdagidek, stoldan boshlaymiz. Uyidagi eng katta stolni tanlash va polgacha 
tushib turadigan oppoq dasturxon yozish lozim. Stolni mehmonlar uch tarafdan 
yaqinlashishlari uchun devorga qadab joylashtirish kerak. Stolning eni bo‘ylab faqat 
uchdan ikki qismidangina foydalanish yaxshiroq, zero haddan ziyod devorga yaqin 
taomni olmoqchi bo‘lgan mehmon bilmasdan to‘kib yoki turtib yuborishi mumkin. 
Ba’zida uni mehmonxonani markaziga joylashtirish ham mumkin. Bunda taxminan 
qancha mehmonlar tashrif buyurishiga bog‘liq.
Stolning ikki yoniga to‘p bilan kosalar, qoshiqlar va ichimlik uchun salfetka 
solingan idishlar qo‘ying. Ba’zida milliy «stolimiz» – xontaxta joy masalasini to‘g‘ri 
hal qiladi. Uyingizni kichkina deb bilgan paytda xontaxtadan foydalanish mumkin. 
Agar joy bo‘lmasa qiyaliroq stoldan foydalanish mumkin. Xizmatdan mezmonlarning 
ko‘ngli to‘q bo‘lsa ham bo‘ladi. Mehmonlar o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatadi. Uy egalari 
vaqtida kosalarni toza idishlarga almashtirib tursalar bas.
Oiladagi yoshi kattalar bilan munosabat 
Avvalambor – odob va tartib. Odob sizni botiniy munosabatlaringizga yordam 
bersa, batartiblik tashqi masalarda muvaffaqiyat keltiradi. Ko‘p hollarda yosh oilalar 
ota-onalari bilan bir uyda yashashlariga to‘g‘ri kelib qoladi. Bunday vaziyatlarda, 
albatta yoshlar kattalarni hurmat qilishlari, ularga qattiq gapirmasliklari, ularga 
nisbatan tavoze’lik bo‘lmoqliklari kerak. Ularning fikrlariga va ixtiyorlariga hurmat 
bilan qarashlari lozim. 
Qaynona bilan birga yashash ko‘pincha ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Chunki 
uyda birdaniga ikkita uy bekasi paydo bo‘lib qoladi. Xo‘sh, unda ular qanday 
huquqqa ega va ro‘zg‘ordagi bekalik majburiyatlarni qanday taqsimlashi mumkin? 
Bunday vaziyatda universal javob topilmaydi. Ammo ma’lum bir qoida va 
maslahatlar bor. 
Birinchidan uy bekalik huquqiga ikkalalari ham egadirlar. Kelin nafaqat o‘qish, 
ish bilan band bo‘lib, uy ishlari bilan shug‘ullanishga vaqti bo‘lmasligi mumkin. 
Ammo baribir uning uy bekalikda huquqi bor. Ikkinchi tarafdan, qaynona yoki ona 
sog‘lig‘i yaxshi bo‘lmagani uchun uy yumushlari bajarishga imkoni bo‘lmasligi 
mumkin. Lekin u hurmatga loyiq, uyning to‘ri uniki bo‘lishi lozim. U oilaviy 
tadbirlarning barchasida e’zozli mehmon sifatida ishtirok etadi. 
Kelin yoki kuyovni ko‘rgani kelgan yoshlar bilan onalarning o‘tirish unchalik 
shart emas. Odatga ko‘ra yosh mehmonlar kelishgach, dasturxonni ona fotiha bilan 
ochib beradi. Kyetishda esa ham «javobni» ular berishlari lozim. 
Yoshi kattalarning yoshlar tomonidan qilingan mulozamatini juda xush 
ko‘rishlariga e’tibor berin lozim. To‘g‘ri, hozirda bunday masalaga e’tibor 


163 
bermaydigan oilalar ham bor. Oiladagi sizga bo‘lgan yaxshi munosabatdan 
g‘ururlanib, shirinso‘zlik va adablilikni unutmang. Doimo shirinso‘zlik bo‘lish joiz. 
Ikkiyuzlamachilik va munofiqlikni ishga solmang! To‘g‘ri gapiring, ammo chiroyli 
gapiring. O‘zini hech qachon yerga urmaslik kerak. Siz tomonidan so‘zlayotgan 
shirinso‘zlarning hammasi «yashash uchun bo‘lgan kurash» emas, aksincha odob 
yuzasidan ekanligini bildiring. Ayniqsa, qizg‘in, xursandchilik kunlarida hammaning 
oldida qaynonangizni charchab qolishidan «qo‘rqib» unga dam olishni maslahat 
bermang. Umuman, qarilikni ta’kidlab turadigan ifoda usullaridan saqlanish 
yaxshiroq.
Qaynonalar yoshlarning shaxsiy hayotiga, ularning o‘zaro munosabatiga 
aralashmasliklari lozim. Bu madaniyatsizlikdir va sizni ularni oldida yerga uradi. 
Ayrim hollarda qaynona va kelin andishani yig‘ishtirib qo‘yib, har birlari o‘z 
gaplarini o‘tkazishga harakat qilishlarini kuzatishimiz mumkin. Bunday 
kelishmovchiliklarni oldini olish uchun kattalar yoshlarning kiyinishida, sochlarini 
turmaklashida, yoqtirgan kuy va ashulalari, shuningdek, ba’zi boshqa masalalarda 
ularni o‘z hollariga qo‘yishlari lozim. Yoshlar ham, o‘z navbatida iloji boricha ota-
onalarni tushunishga intilishlari, ularning g‘ashiga tegadigan noo‘rin qiliq va 
odatlardan o‘zlarini tiyilishlari kerak. 
Kelin kelinligining birinchi kunidanoq hamma narsani keragicha bilishi, katta 
tajribaga ega bo‘lgan qaynonasi darajasida turishi juda qiyin. U ham mayli-ya, lekin 
bilishni istamasa qiyin. Shuning uchun onalar qizlariga ovqat pishirishni, meva va 
sabzavotlarni qishga sharbat, tuzlama, murabbolar tayyorlashni, uy-joyni saranjom-
sarishta tutishni, did bilan mehmon kutishni va Shu kabi uy-ro‘zg‘or ishlarini 
o‘rgatishga alohida e’tibor berishlari zarur.
Kelinlik vazifasidan tashqari qaynona va qaynotalarning ham vazifasi borligini 
unutmang. Bir nima olishdan asosiysi – mehringizni ayamang. Uy va o‘g‘lingizni 
ro‘kach qilavermang. Minnat farzandning shaxsiyatiga tegadi. Ota-ona minnatni 
kechirishi mumkin, lekin farzand  Chunki otaona o‘g‘liga bog‘liq bo‘lishni baxt 
deb biladi, ammo farzand ota-onaga bog‘liq bo‘lishni umuman xohlamaydi. 
O‘g‘lingiz bo‘lmasa, u boshqa kishiga turmushga chiqishi mumkin edi. Uyi bo‘lmasa, 
o‘g‘lingizga qiyin bo‘lardi. «Mening davrimda » yoki «Men unday qilardim, 
bunday qilardim» degan gaplarni kamroq aytgan ma’qul. Agar yoshlarni o‘z 
hayotlaridan mamnun bo‘lishlarini, shukr qilib yashashni o‘rgatmoqchi bo‘lsangiz – 
o‘zingiz namuna bo‘lish lozim. Bolalar doimo bolaligicha qoladi. Ular sizning 
so‘zingiz bilan amalingiz qandayligini solishtiradilar. Bolalarni doimo duo qiling. 
Kattalar kichiklarga bizda rahmat demaydilar. Ammo yaxshi niyat bilan qilingan 
samimiy duo kuchliroq ta’sirga ega.


164 
Ba’zida ota-onani oldida o‘tirib, ularni ko‘nglini oling, hadyalarni o‘zingiz 
qiling, kelin o‘zi topshirgan sovg‘a bilan, (garchi sizning hisobingizdan bo‘lsa ham) 
siz topshirgan sovg‘adan yer bilan osmonchalik farqi bor.
Qaynonalarga bir necha maslahatlar: juda ko‘p narsa qaynonalarga bog‘liq. 
Yoshlarning hayotiga aralashuvni kamaytirishlari maqsadga muvofiqdir. O‘zingizni 
tanbeh beraverishdan tiying. Keliningiz yoki kuyovingizdan onalik da’vo qilmang 
(har holda ona bitta bo‘ladi). O‘g‘il oldida kelinni, qiz oldida kuyovini «muhokama» 
qilish munosabatlarni yanada ziddiyatlashtiradi. Hadeb shikoyat qilavermaslik kerak. 
Minnatdorlik tuyg‘usi nima ekanligini bilmagan ota-onalar o‘z farzandlaridan buni 
kutishlari qiyin masala. So‘ralmagan tanbeh yoki buyruqlardan o‘zni tiyish zarur. 
«Xonangiz betartib» yoki «Idishlarni darhol yuvib qo‘yish kerak» qabilidagi 
«maslahatlar» – birovning hayotiga aralaShuvdir. Garchi yoshlar bizga yaqin 
bo‘lsalar-da, ularning o‘z hayotlari va oilalari borligini unutmaslik joiz. Bu esa ota-
onalarning ham o‘z hayotlari bor ekanligini anglatadi. O‘z hayotining davomini 
bolalarda davom ettirmaslik lozim. Ular o‘z hayoti uchun o‘zlari javob berishlari, 
o‘zlari yashashlari joiz. Ushalmagan orzular, yoki armonlar, alam va ginalar bolalar 
hyotiga “o‘tib” ketmasligi zarur. Agar bolalar bilan yashash qiyin bo‘lsa, bu ota-
onaning aybi. Bola tarbiyasida qandaydir xato o‘tgan. Shaxs bo‘lib voyaga yetgandan 
so‘ng, o‘zi ota-onalikka da’vo qilayotgan bir paytda bunday aralaShuv befoyda. Men 
bolam uchun qayg‘uryapman qabilidagi “bahonalar” sizni hamon tinch 
qo‘ymayotgan nafs ekanligini unutmang. Bunday holatda Zigmund Froydning 
“sublimatsiya” nazariyasi qo‘l keladi. Nafsni boshqa – ijobiy tomonga yo‘naltirish 
maqsadga muvofiq. Ya’ni o‘z hayotingizni yo‘lga qo‘ygan ma’qul. Kerakli 
muolajalar, sanatoriy yoki dam olish maskanlari, chiroyli shaharga sayohatlar, kitob 
mutolaasi – xullas o‘zini xursand qilishning yo‘llari ko‘p. Shunday qilingki, bolalar 
sizga talpinsinlar, siz ularga emas.

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling