Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oiladagi yoshi kattalar bilan munosabat
Oilaviy tantanalar Agar siz oilaviy tantana uyushtirib, o‘z uyingizga ko‘proq mehmon taklif qilmoqchi bo‘lsangiz, albatta, yetarlicha turli xildagi sovuq gazaklar haqida o‘ylab ko‘rish kerak. Bunday mehmondorchilik mezbonlar uchun qulay, mehmonlar sog‘lig‘i uchun foydalidir. Bunday holatda mezbonlar bir pas mehmonlar o‘tirib suhbatlashib olishga imkon topiladi. Mehmonlar ham o‘zlarini erkinroq his qiladilar, ma’lum bir qoidaga qarab emas, istagan vaqtlarida tanovul qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunday «usul» da mehmon kutish uchun albatta oldindan tayyorlanib olish 162 zarur – ana shunda, tinch sharoitni vujudga keltirib, bevosita suhbat qilishga erishish mumkin. Odatdagidek, stoldan boshlaymiz. Uyidagi eng katta stolni tanlash va polgacha tushib turadigan oppoq dasturxon yozish lozim. Stolni mehmonlar uch tarafdan yaqinlashishlari uchun devorga qadab joylashtirish kerak. Stolning eni bo‘ylab faqat uchdan ikki qismidangina foydalanish yaxshiroq, zero haddan ziyod devorga yaqin taomni olmoqchi bo‘lgan mehmon bilmasdan to‘kib yoki turtib yuborishi mumkin. Ba’zida uni mehmonxonani markaziga joylashtirish ham mumkin. Bunda taxminan qancha mehmonlar tashrif buyurishiga bog‘liq. Stolning ikki yoniga to‘p bilan kosalar, qoshiqlar va ichimlik uchun salfetka solingan idishlar qo‘ying. Ba’zida milliy «stolimiz» – xontaxta joy masalasini to‘g‘ri hal qiladi. Uyingizni kichkina deb bilgan paytda xontaxtadan foydalanish mumkin. Agar joy bo‘lmasa qiyaliroq stoldan foydalanish mumkin. Xizmatdan mezmonlarning ko‘ngli to‘q bo‘lsa ham bo‘ladi. Mehmonlar o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatadi. Uy egalari vaqtida kosalarni toza idishlarga almashtirib tursalar bas. Oiladagi yoshi kattalar bilan munosabat Avvalambor – odob va tartib. Odob sizni botiniy munosabatlaringizga yordam bersa, batartiblik tashqi masalarda muvaffaqiyat keltiradi. Ko‘p hollarda yosh oilalar ota-onalari bilan bir uyda yashashlariga to‘g‘ri kelib qoladi. Bunday vaziyatlarda, albatta yoshlar kattalarni hurmat qilishlari, ularga qattiq gapirmasliklari, ularga nisbatan tavoze’lik bo‘lmoqliklari kerak. Ularning fikrlariga va ixtiyorlariga hurmat bilan qarashlari lozim. Qaynona bilan birga yashash ko‘pincha ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Chunki uyda birdaniga ikkita uy bekasi paydo bo‘lib qoladi. Xo‘sh, unda ular qanday huquqqa ega va ro‘zg‘ordagi bekalik majburiyatlarni qanday taqsimlashi mumkin? Bunday vaziyatda universal javob topilmaydi. Ammo ma’lum bir qoida va maslahatlar bor. Birinchidan uy bekalik huquqiga ikkalalari ham egadirlar. Kelin nafaqat o‘qish, ish bilan band bo‘lib, uy ishlari bilan shug‘ullanishga vaqti bo‘lmasligi mumkin. Ammo baribir uning uy bekalikda huquqi bor. Ikkinchi tarafdan, qaynona yoki ona sog‘lig‘i yaxshi bo‘lmagani uchun uy yumushlari bajarishga imkoni bo‘lmasligi mumkin. Lekin u hurmatga loyiq, uyning to‘ri uniki bo‘lishi lozim. U oilaviy tadbirlarning barchasida e’zozli mehmon sifatida ishtirok etadi. Kelin yoki kuyovni ko‘rgani kelgan yoshlar bilan onalarning o‘tirish unchalik shart emas. Odatga ko‘ra yosh mehmonlar kelishgach, dasturxonni ona fotiha bilan ochib beradi. Kyetishda esa ham «javobni» ular berishlari lozim. Yoshi kattalarning yoshlar tomonidan qilingan mulozamatini juda xush ko‘rishlariga e’tibor berin lozim. To‘g‘ri, hozirda bunday masalaga e’tibor 163 bermaydigan oilalar ham bor. Oiladagi sizga bo‘lgan yaxshi munosabatdan g‘ururlanib, shirinso‘zlik va adablilikni unutmang. Doimo shirinso‘zlik bo‘lish joiz. Ikkiyuzlamachilik va munofiqlikni ishga solmang! To‘g‘ri gapiring, ammo chiroyli gapiring. O‘zini hech qachon yerga urmaslik kerak. Siz tomonidan so‘zlayotgan shirinso‘zlarning hammasi «yashash uchun bo‘lgan kurash» emas, aksincha odob yuzasidan ekanligini bildiring. Ayniqsa, qizg‘in, xursandchilik kunlarida hammaning oldida qaynonangizni charchab qolishidan «qo‘rqib» unga dam olishni maslahat bermang. Umuman, qarilikni ta’kidlab turadigan ifoda usullaridan saqlanish yaxshiroq. Qaynonalar yoshlarning shaxsiy hayotiga, ularning o‘zaro munosabatiga aralashmasliklari lozim. Bu madaniyatsizlikdir va sizni ularni oldida yerga uradi. Ayrim hollarda qaynona va kelin andishani yig‘ishtirib qo‘yib, har birlari o‘z gaplarini o‘tkazishga harakat qilishlarini kuzatishimiz mumkin. Bunday kelishmovchiliklarni oldini olish uchun kattalar yoshlarning kiyinishida, sochlarini turmaklashida, yoqtirgan kuy va ashulalari, shuningdek, ba’zi boshqa masalalarda ularni o‘z hollariga qo‘yishlari lozim. Yoshlar ham, o‘z navbatida iloji boricha ota- onalarni tushunishga intilishlari, ularning g‘ashiga tegadigan noo‘rin qiliq va odatlardan o‘zlarini tiyilishlari kerak. Kelin kelinligining birinchi kunidanoq hamma narsani keragicha bilishi, katta tajribaga ega bo‘lgan qaynonasi darajasida turishi juda qiyin. U ham mayli-ya, lekin bilishni istamasa qiyin. Shuning uchun onalar qizlariga ovqat pishirishni, meva va sabzavotlarni qishga sharbat, tuzlama, murabbolar tayyorlashni, uy-joyni saranjom- sarishta tutishni, did bilan mehmon kutishni va Shu kabi uy-ro‘zg‘or ishlarini o‘rgatishga alohida e’tibor berishlari zarur. Kelinlik vazifasidan tashqari qaynona va qaynotalarning ham vazifasi borligini unutmang. Bir nima olishdan asosiysi – mehringizni ayamang. Uy va o‘g‘lingizni ro‘kach qilavermang. Minnat farzandning shaxsiyatiga tegadi. Ota-ona minnatni kechirishi mumkin, lekin farzand Chunki otaona o‘g‘liga bog‘liq bo‘lishni baxt deb biladi, ammo farzand ota-onaga bog‘liq bo‘lishni umuman xohlamaydi. O‘g‘lingiz bo‘lmasa, u boshqa kishiga turmushga chiqishi mumkin edi. Uyi bo‘lmasa, o‘g‘lingizga qiyin bo‘lardi. «Mening davrimda » yoki «Men unday qilardim, bunday qilardim» degan gaplarni kamroq aytgan ma’qul. Agar yoshlarni o‘z hayotlaridan mamnun bo‘lishlarini, shukr qilib yashashni o‘rgatmoqchi bo‘lsangiz – o‘zingiz namuna bo‘lish lozim. Bolalar doimo bolaligicha qoladi. Ular sizning so‘zingiz bilan amalingiz qandayligini solishtiradilar. Bolalarni doimo duo qiling. Kattalar kichiklarga bizda rahmat demaydilar. Ammo yaxshi niyat bilan qilingan samimiy duo kuchliroq ta’sirga ega. 164 Ba’zida ota-onani oldida o‘tirib, ularni ko‘nglini oling, hadyalarni o‘zingiz qiling, kelin o‘zi topshirgan sovg‘a bilan, (garchi sizning hisobingizdan bo‘lsa ham) siz topshirgan sovg‘adan yer bilan osmonchalik farqi bor. Qaynonalarga bir necha maslahatlar: juda ko‘p narsa qaynonalarga bog‘liq. Yoshlarning hayotiga aralashuvni kamaytirishlari maqsadga muvofiqdir. O‘zingizni tanbeh beraverishdan tiying. Keliningiz yoki kuyovingizdan onalik da’vo qilmang (har holda ona bitta bo‘ladi). O‘g‘il oldida kelinni, qiz oldida kuyovini «muhokama» qilish munosabatlarni yanada ziddiyatlashtiradi. Hadeb shikoyat qilavermaslik kerak. Minnatdorlik tuyg‘usi nima ekanligini bilmagan ota-onalar o‘z farzandlaridan buni kutishlari qiyin masala. So‘ralmagan tanbeh yoki buyruqlardan o‘zni tiyish zarur. «Xonangiz betartib» yoki «Idishlarni darhol yuvib qo‘yish kerak» qabilidagi «maslahatlar» – birovning hayotiga aralaShuvdir. Garchi yoshlar bizga yaqin bo‘lsalar-da, ularning o‘z hayotlari va oilalari borligini unutmaslik joiz. Bu esa ota- onalarning ham o‘z hayotlari bor ekanligini anglatadi. O‘z hayotining davomini bolalarda davom ettirmaslik lozim. Ular o‘z hayoti uchun o‘zlari javob berishlari, o‘zlari yashashlari joiz. Ushalmagan orzular, yoki armonlar, alam va ginalar bolalar hyotiga “o‘tib” ketmasligi zarur. Agar bolalar bilan yashash qiyin bo‘lsa, bu ota- onaning aybi. Bola tarbiyasida qandaydir xato o‘tgan. Shaxs bo‘lib voyaga yetgandan so‘ng, o‘zi ota-onalikka da’vo qilayotgan bir paytda bunday aralaShuv befoyda. Men bolam uchun qayg‘uryapman qabilidagi “bahonalar” sizni hamon tinch qo‘ymayotgan nafs ekanligini unutmang. Bunday holatda Zigmund Froydning “sublimatsiya” nazariyasi qo‘l keladi. Nafsni boshqa – ijobiy tomonga yo‘naltirish maqsadga muvofiq. Ya’ni o‘z hayotingizni yo‘lga qo‘ygan ma’qul. Kerakli muolajalar, sanatoriy yoki dam olish maskanlari, chiroyli shaharga sayohatlar, kitob mutolaasi – xullas o‘zini xursand qilishning yo‘llari ko‘p. Shunday qilingki, bolalar sizga talpinsinlar, siz ularga emas. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling