Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Qo‘shnilar Bir «dom»da turadigan qo‘shnilar garchi bir-birlarini yaxshi tanishmasalar-da, ko‘rishishlari shart. Qo‘shnilarning burchlari ko‘pdir, ammo asosiysi – boshqalarga kamroq xalaqit berish. Bu quyidagini bildiradi: bolalarni to‘polon qilishlariga, derazadan baqirishlari va sakrashlariga ruxsat berish; radio ovozini baland qilish; bolta bilan biror narsa maydalash, uydagilar bilan janjal qilish, trubada mashq qilish yaxshi emas. Agar mehmondorchilik yoki ta’mir qilish uchun birovning tinchini buzishga to‘g‘ri kelib qolsa, bu haqda qo‘shnilarni ogohlantirib qo‘yish lozim. Har holda ular bu shovqinning tugash paytini taxminiy bilishadi va bir oz xotirjam bo‘ladilar. Tabiiyki, qo‘shnilar o‘z telefonlaridan foydalanishga izn berar ekanlar, faqat zaruriyat nuqtai nazardan ularni bezovta qilish mumkin. Qo‘shnichilik yuzasidan biz 165 shakar, dazmol kabi narsalarni berib turamiz, ammo ularni o‘z vaqtida qaytarish shart. Bizning buyumlarimizga bo‘lgan qo‘shnilarning «hujumi» chegaradan chiqsa, unda ularga: «Afsuski, chang yutgich yaxshi ishlamayapti, yordam berolmayman» dyeyishga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, qo‘shnilarni xafa qilish yaxshi emas, ammo boshqa chora yo‘q. Qo‘shnilarning santexnikning manzilini olish uchun uyiga bostirib kirib, yana qanday yashashlari bilan qiziqish yaramaydi. Agar qo‘shni ushbu manzilni yo‘lakda turib aytsa, buni shartli holat sifatida qabul qilishi lozim. Do‘kondan qaytayotgan qo‘shnining xaltasi bilan qiziqish, kim qayerdan pul topayotganini g‘iybat qilish to‘g‘ri emas. Qiya ochilgan eshikdan oyoq tovush eshitilgandayoq, kim qayerga kim bilan va nima uchun ketayotganiga qiziqish yaramaydi. Atrofdagilarning shaxsiy hayoti madaniyatli odamlar uchun mavzu bo‘la olmaydi. Zamonaviy hayot jabhasida kimdir devor ortida pianino chalishi kabi shovqinlarning noqulayliklaridan qutulishning iloji yo‘q. Hech qaysi qonun bunday «harakatlarni» ta’qiqlamaydi. Ayniqsa, bu haqda qo‘shnilar bilan kelishib olish mumkin bo‘lsa. Bunday vaziyatlarda, masalan, devorga tovush o‘tkazmaydigan narsalar osib qo‘ygan ma’qul. Boshimizdan do‘ppillagan oyoq tovushlari ham ko‘p noxushliklar paydo qiladi. Tarbiyali odamlarga uyda shippak kiyib yurish katta mehnat talab qilmaydi. Umumiy kvartirada noxush ziddiyatlar ko‘p bo‘ladi. Aynan uyda boshqalarga qarshi o‘laroq erkinroq yashashga, o‘zi istagan narsa bilan shug‘ullanishga har birimiz intilamiz. Eng yomoni, kundalik mayda ziddiyatlar bora-bora “harbiy vaziyatni» keltirib chiqaradi. Bu darajaga olib kelmaslik uchun uning oldini olish lozim. Umumiy kvartirada umumiy joyni egallash masalasini oldindan kelishib olgan yaxshi. Jamoat sarhadlari – yo‘lak, oshxona, vannaxonada «oyoq uchida yurgan» ma’qul. So‘zlashuvda, uy kiyimida, hatti-harakatlarda e’tiborli bo‘lish lozim. Yangi zamonaviy falsafiy yo‘nalish namoyondalaridan biri Jan Pol Sartr inson faqat erkin jamiyatdagina erkin bo‘la oladi degan g‘oyani ilgari suradboi. 38 Boshqalarning erkini «bo‘g‘ib» qo‘yib, erkin yashashni umid qilish nodonlikdir. Uyingizning xonasida yashashiga qaramay, ijarachi ham tinch yashash huquqiga ega. Bu – uning xonasi, unga pul to‘laydi. Uy egalari bu xonaga eshikni taqillatmasdan kirmaydilar, qayerga ketyapti, qayerdan kelyapti, kimni qabul qilyapti, kim ko‘ylagini yuvib beryapti, nima uchun kefir ichishni yaxshi ko‘radi, jamadonlarini ko‘rish yaramaydi. Bularning hammasi ba’zida yodlab turish kerak bo‘lgan oddiy narsalardir. Shu o‘rinda ham ijarachi uy egalarining jihozlariga ehtiyotkor bo‘lishi lozim. Uy egasi bilan ijarachi o‘rtasidagi huquqlar teng emasligini u hamisha yodda tutmog‘i 38 Sartr J.P. Ekzistensializm to‘g‘risida. A.Sher tarjimasi. «Jahon adabiyoti jurnali». – T., 2011, 2-soni. 166 lozim. Sirasini aytadigan bo‘lsak, o‘sha yerdagi odatlarga moslashishi shart emas. Budilnikdan foydalanish mumkin, ammo butun uyni oyoqqa turg‘izish shart emas, uyda kiyish mumkin bo‘lgan xalat, pijamalarda yurish mumkin. Kiyimlar va narsalar har joyga tashlab ketmaslikka, o‘tkir hidli ovqat tayyorlamaslik va boshqa uy egalariga xush kelmaydigan narsalarni qilmaslik lozim. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling