Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Oilada o‘zini tutish etiketi erkaklar
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayollarga maslahatlar
Oilada o‘zini tutish etiketi erkaklar: Doimo ayoli kiygan libosi bo‘yicha biron bir munosabatni bildirish lozim. Rafiqasining oldida boshqa ayollarga o‘grilib qaramaslik joiz; «Seni boqyapman» deb da’vo qilish noo‘rin – bu erkak burchidir; Uydayarimyalang‘och holatda yurmaslik; ishga bormaydigan vaqtda uydan chiqishdan oldin ayoliga qayerga borayotganini aytish «erkaksiz yashashga o‘rganib qolishning» oldini oladi; pishirilgan taomni tanqid qilish yaramaydi, kezi kelsa boshqa biron vaziyatda gap orasida aytish mumkin; ayolingiz uyda nima ish bilan band ekanligiga ba’zan qiziqib qo‘yish kerak; rafiqasi bilan ro‘zg‘or masalalaridan tashqari boshqa mavzular bo‘yicha ham suhbatlashib turiish munosabatlarni mustahkamlaydi, ziddiyatlarni oldini oladi. Ayollarga maslahatlar: turmush o‘rtog‘iga narsalar olayotganda, dugonalarning emas, uni o‘zining ham didi bilan qiziqqan ma’qul; Eringiz yaxshi ko‘rgan taomni ko‘proq tayyorlash uning kayfiyatini yaxshilaydi; Uning uchun qadrli bo‘lgan narsalardan foydalish munosabatlarni suiste’mol qilish bilan baravardir; Davrada barcha uchun allaqachon ma’lum bo‘lgan voqeani aytib berayotganda ham, uning so‘zlarini kiprik qoqmasdan diqqat bilan eshitish kerak. Uning gapini bo‘lmang. So‘zlariga ishonchsizlik bildirish uni yerga uradi; 161 Bolalarni oldida otani tanqid qilish nafaqat eringizni sizga bo‘lgan munosabatini yaxshilamaydi, balki bolalarni ham uy boshlig‘iga nisbatan hurmatini yo‘qotadi. Bunda bolalar ota-onani omadsiz oila a’zolariga qaragandek munosabat qilishlariga olib kelishi mumkin; Nazorat va tekshiruv o‘rtasiga olish yaramaydi. Bu uni xafa qilishi mumkin. Juda zaruriyat tug‘ilsa, va bu tez-tez takrorlanadigan taqdirda bolalarni shirin tillaridan foydalagan ma’qul. Onasiga bo‘lgan tabiiy bog‘lanishini tanqid qilish noto‘g‘ri. Bu uni mustaqil erkak sifatida yerga uradi. Uni maqtab turish, uning maslahatini qabul qilib turish lozim; U yoqtirmagan mehmonlarni taklif qilish, unga yoqmaydigan joylarga mehmonga borish tavsiya etilmaydi. Oyat va hadislarda ham ayollarga yaxshi muomalada bo’lish haqida ko‘p martalab ta’kidlangan. Hazrat Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “Mo’min kishi mo’mina ayoldan nolimasin, agar uning bir xulqidan norozi bo’lsa, ikkinchi xulqidan rozi buladi”, deydi. (Imom Muslim rivoyati). Bu hadisi sharifda aytilayaptiki, inson bolasi nuqsonsiz va aybsiz bo’lmaydi. Shuning uchun erkak kishi ayolning ayrim nuqsonlariga chidam va sabr bilan qarashi zarur, chunki har bir insonda bir necha ijobiy xulq va sifatlar bor. Yaxshi gap bilan sekin-asta nuqsonlarni tugatish mumkin va yaxshi sifatlarni taraqqiy ettirish mumkin. Hazrat Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan ayolning erdagi huquqlari nimadan iborat deb so‘raganlarida, Rasululloh: “Taom yesang xotiningga ham yedir, yangi kiysang, xotiningga ham yangi kiyim olib ber”, dedilar (Abu Dovud rivoyati). Erning xotindagi haqlari ham oyat va hadislarda bayon qilingan: “Agar ma’siyatga (gunohga) yurmasa xotin erga itoat yetishi kerak, uydagi ashyoni sarishta qilib saqlash ham ayolning burchidir. Eridan ruxsatsiz xotinlar, hatto ibodat bo‘lsa ham, nafl ro’za tutmasligi zarur, eridan ruxsatsiz uydan chiqib ketmasligi va eri norozi bo‘ladigan ishni qilmasligi kerak”. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling