Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
«Qisqa kelishmovchiliklar»dan qochishning iloji yo‘q. Asosiysisi, ularning
haqiqatan ham qisqa bo‘lishidadir. Imkon qadar darhol o‘zaro uzrlashib, normal munosabatlarni qayta tiklab olish muhimdir. Yarashuvdan so‘ng kelishmovchilikning sababi va janjalning o‘zi ham unut bo‘lishi kerak. Albatta,shunday vaziyatlar bo‘ladiki, o‘zaro munosabatlarga alohida aniqlik kiritishga ehtiyoj paydo bo‘ladi, lekin imkon qadar ulardan o‘zni chetga olmoq durust. Hammasidan ham mojarodan o‘t chiqmasdan o‘chirgan afzal. Umuman olganda «munosabatlarni kelishib olish» yaxshi variant emas. Bir odamning o‘zini tutishi boshqasini hamisha tushunib yetishiga olib kelavermaydi. Ba’zida juftingizdan nima uchun u unday qilayotganini so‘rashingiz mumkin. Ammo uning javobi sizni qoniqtirmay qolsa, «kavlashtirishni» hojati yo‘q. Ba’zi biz «erishgan haqiqat» bizga yoqmasligi mumkin. Zero qarshingizdagi odam sizni xafa qilmaslik uchun indamasa ham, uni «siqishni» boshlaganingizdan so‘ng hammasini aytib yuborishi mumkin. 155 Oilaviy axloq o‘z juftini ishonch xalqalari bilan bog‘lanishini taqozo etadi. Shu bois o‘z yaqiningizni yolg‘onchilikda ayblash yoki biron narsada «ushlashga» harakat qilish vaziyatni og‘irlashtiradi xolos. Bu ishonchsizligingiz sizga nisbatan ichki dushman sifatida qarashga olib kelish mumkin. Albatta me’yorida, siz uchun aziz bo‘lgan odam sifatida chiroyli rashk qilish mumkin. Bu hatto aloqani mustahkamlaydi. Ammo yarim haqorat shaklidagi rashklar, juftingizni qilmagan ishini qilishga undashi mumkin. Yaqiningiz bilan bo‘lgan munosabatda «tilga suyak qo‘yib qo‘ygan» yaxshi. «Jinni bo‘libsiz!» degan so‘z albatta ajrashishga sabab bo‘lmasligi mumkin, ammo sizni chiroyli ko‘rsatmaydi. Undan ko‘ra: «Adashyapsiz azizim!» deb aytgan durustroq. Hattoki, hazilomuz murojaatlarda ham o‘tkir tushunchalardan hayiqmoq lozim. Bizning so‘zlarimiz biz istagan darajada doimo natija bermasligi mumkin, o‘zimiz bilmagan holda boshqalarni qalbini yaralashdan uzoqroq bo‘lganimiz ma’quldir. Yomon ma’noda so‘z aytgan bo‘lsangiz, unda uni ifodalashdan ne ma’ni bor?! Gap bilan «chaqilgan» kishi sizni kechirishi mumkin. Ammo qalbiga otilgan bu «nayzaning» izi o‘chishi qiyin. Bundan siz ham foyda ko‘rmaysiz. Va eng asosiysi, erkaklar uchun: rafiqasi bilan bo‘lgan har mojaroda ayolni o‘ziga qaratadigan «Azizam» degan murojaati masalani ijobiy tus oldirishi mumkin. Ammo erkaklarning bunday so‘zlarni ishlatishlari nihoyatda kam uchraydi. Uy.O‘zbek xalqida «O‘z uyim o‘lan to‘shagim!» degan maqol bejiz emas albatta. Butun umrimizni yashash joymizni chiroyli va qulay qilishga intilamiz. Shuning uchun ishlaymiz, tejaymiz. Zero, o‘zbek xalqi mehmondo‘st xalq. Birov kelsa, uyat bo‘lmasin qabilida tirishib-tirmashadi. Chunki uyga kelgan mehmon mezbonning uy tutishidan uning kimligini bilib oladi. Ammo eng katta muammo uyga kelin kelganda boshlanadi. O‘zining hayot tarzi va tartib qoidalari bilan kelar ekan, bu bilan bevosita paydo bo‘lgan mayda ziddiyatlar, tushunmovchiliklarni chetlab o‘tish juda qiyin. Xo‘sh qanday qilib bu masalani hal qilish mumkin? Buning uchun avvalambor uyning o‘zi toza va batartib bo‘lishi lozim. Barcha narsalarning o‘z joyida turishi va hamma bu tartibga amal qilishlari lozim. Ertalab har joyda yoyilib yotgan narsalar kayfiyatni ko‘tarmasligini o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Yaxshi osilmagan yoki taxlanmagan ko‘ylak er-xotini asabini buzsa, joyiga qo‘yilmagan narsalar qaynona-qaynotani sizdan norozi bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Uydagi tartib faqat ayolga bog‘liqmi? Ham to‘g‘ri ham noto‘g‘ri. Qadimdan erkak oilasini boqish uchun ko‘chaga chiqar, ayol esa – uyga, bolalar tarbiyasiga qarar edi. Hozirgi davrga kelib esa Halol oila ro‘zg‘orini tebratish uchun bir erkakning ishlashi yetarli emas. Talablar 156 o‘zgargan. Hozirda bir farzandning o‘zini kelajagini qurish uchun faqat to‘qqiz yillik o‘qishnining o‘zi yetarli emas. Uyimizning ichki ko‘rinishi, tabiiyki bizning odatimiz va didimizga bog‘liq. Asosiysi, biz va oila a’zolarimiz o‘zini qulay va shinam joyda his qilishni ko‘zda tutish lozim. Shunga qaramay sizni e’tiborga olinadigan bir qancha masalalar bor. Aytaylik, uyni narsalar bilan to‘ldirib tashlab, uni magazinga o‘xshatib qo‘ymaslik lozim. Uyni yasatish va saranjomlashda derazalarga alohida e’tibor berish kerak. Xohishga qarab ular orqali xonani kengaytirishi yoki, aksincha kichraytirish mumkin. Derazalarni jonli rasmga aylantirish mumkin. Yoki ularni musavvirlik bilan drapirovka bilan berkitish mumkin... Har qanday holatda ham derazalar sizni butun olam bilan bog‘lab tursin va uyga imkoni boricha ko‘proq toza havo kiritib turish kerak. Agar farzandlar bo‘lsa (ayniqsa, go‘daklar), bolalar yashayotgan joyda mebel jihozlari va uyning umumiy saranjomligi, kichik odamchalarning erkin harakatlanishi va tabiiy o‘sishiga halaqit bermasligi lozim. Diqqat qiling: agar siz bolalarga haddan ziyod tanbehlar berayotgan bo‘lsangiz, (Tegma! Chiqma! Yugurma! va h.k.) aybdor bola emas, mebel joylaShuvining o‘quvsizligi (yoki sizning qobiliyatsizligingizdir). Har qanday uyda asosiysi har holda narsa emas (qanday qiymatga ega bo‘lishidan qat’iy nazar) – inson. Shu bilan birga o‘zingiz, yaqinlaringiz, qariyalaringiz, farzandlaringiz ham. Buni yoddan chiqarmaslik muhim ahamiyat kasb etadi. Tanishlarni uydagi boylik va qimmatli jihozlar bilan to‘ldirib hayratga solishga intilmagan ma’qul. Qimmatbaho va zamonaviy jihozlar uyda doimo shinamlikni tug‘dirmaydi. Ba’zida buning aksi bo‘lishi ham mumkin. Boshqa tomondan esa, uyni eski narsalar bilan to‘ldirib tashlamaslik ham lozim. Ayniqsa, agar ulardan anchandan beri foydalanilmayotgan bo‘lsa. Hech bo‘lmaganda bir yilda bir marotaba uyni eski kerakmas narsalardan bo‘shatib turish maqsadga muvofiq. Oshxona, vannaxona va hojatxonani alohida tozalikda saqlash lozim. Har qanday uyni gullar go‘zallashtiradi. Ayniqsa, yangi uzilgan, chiroyli tanlangan guldastalar, quruq o‘t va gullar majmuasi, turli xonadon gullari bo‘lsa nur ustiga a’lo nur. Bu yerda xayolotingizning imkoniyatlari cheksizdir. Ammo gullar boshqa barcha narsalar kabi uyda ozodalik, e’tibor va parvarishni talab qiladi. Faqatgina ulardan haqiqiy xayolot va san’at asari darajasiga ko‘tarila oladiganigina xonangizni yasatishi mumkin. Lekin oshirib yubormaslik ham joiz. Uy hayvonlari – akvarium baliqlari, muShuk, qushlar va h.k. – nafaqat uyni o‘zgartirib yuboradi, iliqlik va jon bag‘ishlaydi, balki o‘ziga xos tarzda uyga oro beradi (gullar kabi). Ammo jonzotlar bo‘lgan uyda yoqimsiz hidlarning bo‘lishi 157 yomondir. Uy hayvonlari va uning egalarining doimiy ifloslik va betartiblikda bo‘lishi undan ham yomonroq. Ko‘pchilik erkak ayollar «yaxshi pul topa boshlasalar» oilani boshqaruvining o‘z qo‘llariga oladilar degan hadik mavjud. Bo‘lmagan gap. Bu erkakka bog‘liq. Mamlakatimizda ayol kishining daromadi qanchaligidan qat’i nazar uning buromadi bilan erkak shug‘ullanadi. Boshliq ham u. Lekin bu degan ayolning ishga «sho‘ng‘ib» kyetishi degani emas. Ayolning ishi oilaga xalaqit bermasligi lozim. Bolalarni ozoda bo‘lishga, batartib ish yuritishga, munosabatlar – bularni rivojlantirishning barchasi ayolning zimmasida. Erkaklar esa «ishlab keldim» deb, faqat shoir iborasi bilan aytganda «tirik hamyon» vazifasini o‘tashi yaxshi emas. Bu ayolni ham jismonan ham ruhan toliqtiradi. Uydagi og‘ir ishlar, bozor-o‘char ko‘proq erkakning zimmasida. Agar bunga imkon topa olmasa, ayol uchun sharoit yaratib berish lozim. Texnik masalalarda – issiq va sovuq suv, ayolga yordamchi mashinalar – go‘sht maydalagich, kir yuvadigan mashina va h.k. Zero, ular ketadigan vaqt hamda mehnatni tejaydi. Ammo ularning yo‘qligi ozodalik va tartiblilikni bo‘lmasligi degani emas. Har qanday sharoitda yashayotgan ayolning uyiga kirib borgan kishi uning sharoitiga emas, uy tutishiga baho beradi. Barcha narsalar va sharoit mavjud bo‘lgan uydan ko‘ra, kichkina xonalar bo‘lsa ham odmigina sharoitsiz uy ham chiroyliroq ko‘rinish kasb yetishi mumkin. Shu sababdan, ba’zida uyingizga kirgan mehmonlar «uyingiz shinamgina ekana?!» dyeyishlari bejiz emas. Ammo faqat «odamlarning ko‘ziga» uyni tutish yaxshi emas. U yerda siz yashaysiz. Hurmat avvalambor o‘zdan boshlanadi. Avvalambor, o‘ziga va oilasiga qulaylik tug‘dirgan odamdan oqil odam yo‘q. Batartib oilada yashagan bola ham ozoda bo‘ladi. U ota-onasidan qanday qilib kelishuv asosida oila boshqarishni o‘rganadi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling