Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Kelin bo‘lish odobi: Biz o‘zbeklarning turmush tarzimizda ajoyib udum –
kelinlik bo‘lib, bu nafaqat kelinning o‘zi, balki yoshi kattalar uchun ham muhim xususiyat kasb etadi. Ba’zilar uchun bu hayotning ma’nosiga aylanib qolganligi hayron qolarli emas. Kelin odobi — yangi xonadonda hamisha samimiy va halol bo‘lish, rostgo‘ylik va o‘zini tuta bilish, so‘zlashish va muosharat, kuyov xonadonidagi oila a’zolari bilan til topishib kyetish, hurmatini qozonish, kamtarlik, saranjom-sarishtalik kabilarni o‘zida qamrab olgan. Momolar, yangalar o‘giti "...Kelin bo‘ldingiz, umr yo‘ldoshingizni jon dildan seving, unga vafodor va sadoqatli bo‘ling, kelin bo‘lib kelgan kuningizdanoq yangi oilangizni hamma yumushiga aqlingiz, kuchingiz yetganicha qarashing, mehnatda pishiysiz, qadr topasiz, hurmatli bo‘lasiz. Bilmaganlaringizni o‘rganishga intilishingiz ham sizga nisbatan mehr uyg‘otadi. Qaynota va qaynonangizni hurmatini joyiga qo‘ying". Har tongda kelinning salomidek ko‘ngilni ko‘taradigan narsa bo‘lmasa kerak. Muomalaning har qanday sharoitda ham muloyim va e’tiborli bo‘lishi, tabassum va mayinlik bilan gapirishi lozim. “Kechagina kelib”, hamma gapga ham aralashaverish, kattalarni boshqarishga intilish, keksalar oldida bolalarni urushish, “o‘zini uddaburonligini” barchani oldida ko‘z-ko‘z qilish, boshqalar oldida “kim qiyin hayot kechirayotgani” borasida musobaqa o‘ynash – bechoradan olib o‘zini bechoraga solish – atrofdagilar nazarida juda xunuk ko‘rinish kasb etadi. Milliy qadriyatlarimizdan biriga aylangan Islom dinida ayol kishining ikki majburiyati belgilangan – birinchisi turmush o‘rtog‘ini ko‘nglini olish, ikkinchisi – agar sog‘lig‘i bunga yo‘l bersa, farzand ko‘rish hisoblanadi. Hammaga yoqish, uy, ro‘zg‘or bo’yicha kuyib pishish birinchi navbat turmaydi. Demak, kelin avvalambor, uni baxtli qilishi mumkin bo‘lgan turmush o‘rtog‘iga e’tiborli bo‘lishi zarur. Eriga haqoratomuz yoki qattik tik boqish, zarda qilish, bo‘lar-bo‘lmasga gap talashaverish, 34 Abdulla SHer. Axloqshunoslik. O‘zbekiston milliy faylasuflari jamiyati. – Toshket, 2010. 297-b. 149 uni pastga urish kelajakda oilani “darz” kyetishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Erkak kishi buni unutmaydi. Kamsuqum va mehribon bo‘lish, umr yo‘ldoshni ko‘chadan uyga tortadi. Xalqimizda "Chiqqan qiz — chig‘iriqdan tashqari" degan ibora bor. Oila qurdingizmi, demak Shu xonadon sizning uyingiz. Huda-behudaga uyni tashlab kyetish, o‘zini ota-ona, kelini va aka-ukalar oldida mazluma qilib ko‘rsatish uchun gap tashimang, qo‘ni-qo‘shniga, qarindosh-urug‘ga, dugonalarga yangi oila, ro‘zg‘or, ayniqsa, shaxsiy munosabatlar haqida barcha narsani gapirish, xullas siringizni tashqariga chiqarish yaramaydi. Barcha sizga achinadigan, o‘z oilasini omadsiz keliniga qaragandek, hatto ular sizni ota-onangiz bo‘lsa ham, qarashlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Qo‘ni-qo‘shnilarga, onaxon-otaxonlarga, katta-kichikka hamisha ochiq chehra, aql-farosat bilan muomala qilish nafaqat boshqalarda, balki insonning o‘zida ham ko‘tarinki kayfiyatni paydo qiladi. Albatta, kechagina bola bo‘lib yurgan qizlar birdan uy bekalikning talablariga javob berish juda qiyin masala. Demak, har qanday sharoitda ham kelinlar o‘zlarini unutmasligi lozim. Bunda biz jismoniy – salomatlik bilan bog‘liq, ruhiy, axloqiy va estetik jihatlarni nazarda tutyapmiz. Jismoniy salomatlik – tibbiy yordamni unutmaslik, o‘zini tibbiy madaniyatga ega ekanligi, yaxshi ovqatlanishi, xullas doimo sog‘lig‘ini nazorat qilab turish lozim. “Sog‘liqni saqlash san’ati odam gavdasini uning munosib va yoqadigan narsalarini saqlash orqali o‘sha tabiiy ajal (kasallik bilan bog‘liq bevaqt o‘limlarni oldini olish – uzoq umr ko‘rishga intilish. F.A.) debataladigan yoshga yetkazishdan iborat”. 35 Axloqiylikka kelsak – ba’zida kattalarning xatosi yoshlarni noto‘g‘ri yo‘ldan yurishi – yolg‘onchi, g‘iybatchi, noShukr hamda hiylakor bo‘lib qolishiga sabab bo‘lib qoladilar. Oilani bunday yo‘llar bilan saqlab qolishingiz mumkin, ammo keyinchalik kimga aylanib qolishi mumkinligi borasida o‘ylab qo‘ygan ma’qul. Bu kelajakda farzandlarga ham ta’sir qilishi tabiiy: Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling