Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Quyidagi vaziyatlarda chekish man etiladi
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Quyidagi vaziyatlarda chekish man etiladi:
chekish man etiladigan e’lonlar bor joyda; e’lon bo‘lmasa ham, shundoq ham ma’lum bo‘lgan joylar: teatr, kino, benzokalonkada, kasalxona palatasi, imtihon xonasi; Shaxsiy uylar, muassasalarda, do‘konda, jamoat transportiga chiqqanda; bemor bor xonada; raqs paytida; tushlikda birinchi va ikkinchi taom orasidagi vaqtda; dabdabali o‘tirishlar paytida; ayol kishi esa – ko‘chada. Ko‘chada, kinodan, teatrdan chiqqanda, sayr paytida chekish mumkin. Birovning uyida uy egasi sigaret taklif qilgan taqdirdagina ruxsat so‘rab chekish mumkin. Har qanday kashandani yonida o‘z sigaretasi bo‘lishi lozim. Ayol erkakka gugurt tutmaydi. Bizga olov yoqmoqchi bo‘lgan odamning qo‘lidan gugurt yoki zajigalka olinmaydi. Kim birinchi gugurt yoki zajigalka yondirgan bo‘lsa, o‘sha boshqalarga ham olov tutadi. Olov uzatayotganimizda, og‘zimizdagi sigaretni qo‘limiz olamiz va kuldonga qo‘yib turamiz. Kulni faqat kuldonga tashlash kerak! Na idishga, na gazonga va na batareyalar tiriqishiga va na yasatilgan vazalarga tashlash yaramaydi. Agar kuldon bo‘lmasa, olib kelishlarini iltimos qilish mumkin. Cho‘g‘i 143 bor sigaretni mebelda qoldirish yong‘inga olib kelishi mumkin. Og‘izda sigaret bilan salomlashish yoki gaplashish yaramaydi. Hattoki tasodifan ham sigaret tutunini yonidagiga burqsitib yubormaslik kerak. Zinapoya Avvallari zinapoyadan ko‘tarilayotganda erkaklar oldinda, ayollar orqada bo‘lar edilar. Ayni paytda buning aksi, faqatgina zinapoya mo‘rt, qorong‘u va xavfli bo‘lgan taqdirdagina erkak oldinda ketadi. Zinapoyada ayolga qarama-qarshi kelib qolgan erkak yo‘l beradi, zinapoyani ushlagich tarafi ayolga tegishli. Lift, eskalatorlar Avtomat liftlarda ayol yo‘ldoshsiz bo‘lsa, tugmachani o‘zi bosadi. Panelga yaqin turgan erkak boshqalardan qavatning kerakli tugmachasini so‘rab bosadi. Odamlar ko‘p bo‘lgan liftda birinchi bo‘lib ayollar chiqadilar. Xuddi shu tarzda xizmat muassasalardagi erkaklar liftga kirish uchun ayollarga yo‘l berib chetda turadilar. Lift to‘la odamlar oldida ayol bilan ketayotgan bo‘lsa ham, erkak bosh kiyimini yechmaydi. Mehmonxona yoki pod’ezd lifti ichida, qo‘li boshqa narsalar bilan band bo‘lmagan erkak, ayol kirganda bosh kiyimini yechadi. Odamlar bilan to‘lgan liftda tarbiyali kishilar chiqib ketayotganlarga yo‘l beradilar. Ayol bilan birga liftga kirgan kishi hamisha ayolga yordam bera olmaydi, vaziyatga qaraladi. Boshqa joyda bo‘lgani kabi ham liftda uchratilgan tanish bilan ko‘rishiladi. Lift – ko‘cha va zinpapoya kabi «jamoat joyi»dir, bosh kiyimni yechish shart emas. Ayolni kuzatayotgan erkak yuqoriga harakatlanayotgan eskalatorga birinchi bo‘lib chiqishiga yo‘l beradi, agar biron sabab bilan yuqoriga chiqib chiqishga yordam bermaydigan bo‘lsa. Eskalatordan chiqishda esa erkak ayolga yordam berish uchun birinchi bo‘ladi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling