Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Sayohat vaqtida 
 Poyezd vagoni, samolyot saloni, uzoq yo‘lga chiqqan avtobus yoki okean 
laynerida sayohat qilishimizdan qat’iy nazar, har qanday joyda bo‘lganidek, 
o‘zimizni atrofdagilarga nisbatan bosiqlik va xayrixohlik ruhida tutishimiz kerak.
 Kupe yoki paroxod kayutasiga kirar ekanmiz, avvalo bizdan avval joylashib 
bo‘lgan yo‘ldosh bilan ko‘rishib olish ilk tasavvurni yaxshilaydi. Agar siz o‘z 
narsalaringizni allaqachon band etilgan javonga joylashtirmoqchi bo‘lsangiz, avval 
Shu javon egasidan ruxsat so‘rash lozim. Va albatta, ruxsat olgandan so‘ng, 
minnatdorchilik bildirish joiz.
 Agar qorningiz och bo‘lsa va baxtingizga o‘zingiz bilan yegulik olgan 
bo‘lsangiz tamaddi qilishdan istihola qilmang. Biroq buni saranjomlik bilan bajarish 
kerak. Tamaddi qilib bo‘lgach, stolni tartibga keltirib qo‘yish asosiy talablardan 
biridir.
 Tabiiyki, bir necha soat davomida yonma-yon siz uchun notanish bo‘lgan 
odamlar bilan birga bo‘lish oson emas, ba’zida bitta kupeda ketayotgan 
yo‘lovchilarning fe’l-atvorlari o‘ta turli tabiatga ega, deyarli biri-biriga to‘g‘ri 
kelmaydi. Ammo har qanday holatda, hamxonaning nimasidir yoqmagan taqdirda 
ham, unga buni bildirmagan ma’qul. U bilan bo‘lgan munosabatda vazmin, sabr-
toqatli va xayrixoh bo‘lish sayohatni yaxshi o‘tishini ta’minlaydi.
 Sherigingiz ovqatlanayotgan paytda o‘zingizga yotish uchun o‘rin solmang.
 Kiyim almashtirish uchun, Sheriklardan odob bilan chiqib turishni iltimos 
qilish mumkin.
 Haddan tashqari ochiqchasiga suhbatlashishiga yoki kuchli bahsga o‘tib 
kyetishga shoshilmagan ma’qul. Begonalar oldida yuragingizni to‘kibsochish sizni 
yoki ularni noqulay ahvolga solib qo‘yishi mumkin.
 Yo‘ldoshlar ortiqcha savollar, ayniqsa, nozik aloqalarga bog‘liq savollar 
berishga harakat qilmaslik kerak.
 Ularning hattiharakatlaridagi yoqimsiz holatlarga norozilik bildirish vaziyatni 
chigallashtiradi.
 Otaonalari oldida bolalarga tanbeh berib va aql o‘rgatilmaydi.
 Mast qiluvchi ichimliklarni poyezd va samolyotlarda ichilmaydi. Kupedagi 
mast yo‘lovchi – o‘tatubandir. Ayniqsa, oyog‘ida tura olmasa. Sigaret hidi ba’zi 
yo‘lovchilarda allergiya, hatto astmani qo‘zg‘atishi mumkin.


140 
 Har qanday suhbatni bahsga aylantirishga intilib, shovqin qilmaslik joiz. 
Suhbatda odabsiz va qo‘pol so‘zlarni ishlatish yaramaydi. Bunday holdagi 
tushunchalar atrofdagilarda jirkanishni paydo qiladi.
 Yo‘lda ekansiz, hamon jamoatda odamlar bilan birga ekanligingizni yodda 
tuting. Va qay darajada ular har xil bo‘lmasin, agar haqiqatan ham tarbiyali odam 
bo‘lsangiz, ularga nisbatan ochiq hurmat bilan munosabatda bo‘lishga harakat 
qilishga intilish lozim.
 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling