Pluton mitti planetalarning yirik vakili
Download 445 b.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komеtalar. (Dumli yulduzlar)
- Plutonning bitta yo‘ldoshi — Xaron bo‘lib, u sayyoradan deyarli ikki marta kichik.
- Asteroidlar
- Bundan tashqari o`zbek astronomlari keyingi 30—40 yil davomida Asteroidlarga oid barcha xalqaro dasturlarda faol qatnashib kelmoqdalar.
- Mars va Yupiter oraligida hozir Beruniy, Ulug`bek va b. nomlar bilan ataluvchi Asteroidlar parvoz qilib yuribdi.
- Eng yorug` astеroid – Vеsta, Eng katta astеroid - Sеrеra
- Mеtеoritlar tarkibida yerdagi tog` jismlaridagiga qaraganda son jihatdan ancha kam minеrallar borligi aniqlangan.
- Komеtalar fazoda Quyoshdan uzoqda joylashib markazlarida yadrosi bo`lgan juda xira, tumanli oqish dog`lar shaklida ko`rinadi.
- Mashhur rus olimi F. A. Brеdixin (1831-1904) komеta dumining egriligiga qarab, uning zarralariga tasir ko`rsatadigan kuchlarni aniqlash usulini ishlab chiqdi.
- Galilеy komеtasi ikkita mеtеor oqimini vujudga kеltirib, ulardan biri may oyida, ikkinchisi noyabrda kuzatiladi.
- Astеroid nima Kichik planеtalar qaysi orbitalar oralig`ida aylanadi
- Eng yorug` astеroid nima Eng katta astеroidchi
- O`tilgan mavzuni o`qib, tayanch iboralardan, boshqotirma, rebuslar tayorlab, qo’shimcha malumotlarni konspeklashtiririb keling!
Pluton - mitti planetalarning yirik vakili
Kuzatiladigan osmon hodisalarini to’g’ri tushunish asrlar osha vujudaga keldi. Biz astranomiya fani qadimgi Misr, Xitoy, Vavilon kabi davlatlarda rivojlanganligi to’g’risidagi ma’lumotlarga egamiz. Milloddan avval IV asrda mashur yunon olimi Arestotel tomonidan yerning shar shaklida ekanligiga isbotlagan, kishilar ongiga koinotning markazida qattiq yer shari joylashib, uning atrofida yulduzlar va osmon joylashadi va aylanadi degan fikrlar hukumron bo’lgan.
Quyosh sistemasidagi eng uzoq sayyora — Plutondir. U hali yaxshi o‘rganilgan emas. Pluton Quyoshdan taxminan 6 mlrd km uzoqlikda joylashgan. Shuning uchun Plutondan Quyosh oddiygina, yorig‘ bir yulduz bo‘lib ko‘rinadi. Sayyora Quyosh atrofini 250 yilda bir marta aylanib chiqadi. Pluton Yerdan kichik, lekin uning ham bitta tabiiy yo‘ldoshi bor. Astranomlarning 2006 yil avgust oyida Xalqaro kengashi o‘tkasildi. Unda Pluton sayyoralar tarkibidan chiqarilib, yirik asteroid deb tan olindi.
Plutonning bitta yo‘ldoshi — Xaron bo‘lib, u sayyoradan deyarli ikki marta kichik.
Asteroidlar (yun. aster — yulduz va eidos — ko‘rinish) — kichik sayyora-lar;
Birinchi asteroid sayyorani yulduzlar jadvalini tuzish bilan shug‘ullanayotgan italiyalik astronom J. Piatssi tasodifan 1801 y. 1 yanvar kuni topdi. Unga Serera deb nom berildi. K. Gauss bu sayyorani uch marta kuzatgandan keyin uning orbitasini hisoblash usulini ishlab chiqdi. Hisoblashlarga ko‘ra, Serera Quyoshdan o‘rta hisobda 2,8 a.b. (1 a.b. q 149,6 mln. km) uzoqda turib, uning atrofida aylanar ekan.
Ammo 1802 y. 28 martda nemis astronomi G. Olbers top-gan yangi sayyoraning ham Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 2,8 a.b.ga tengligi astronom-larni hayratda qoldirdi. Ikkinchi ki-chik sayyoraga Pallada deb nom berildi. Keyingi ikkita A.— Yunona va Vesta 1804—07 y.larda topildi. 1847 y.dan boshlab har yili bir nechtadan A.lar topilib turdi. 1891 y.da M. Volf A.ni ochish uchun fotografik usulni qo‘llagach, kichik sayyoralarni kuzatish ishlari ancha jadallashdi. Bundan keyingi yillari hatto 300—400 talab, mas, 1931 y.da 400 tacha noma’lum kichik sayyora ro‘yxatga olingan. Hozir ham har yili 100 tacha yangi sayyoralar kashf etilmoqda.
O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida Asteroidlarni kuzatish ishlari 1900 yildan boshlab olib borilmoqda. 2-jahon urushi davrida Kitob xalqaro kenglik styasida ishlagan G. N. Neuymin o`zi ochgan yuzdan ortiq kichik sayyoraning biriga «O`zbekistoniya» deb nom berdi. 1930 yil taklif qilingan «Xira yulduzlar jadvali» muammosi munosabati bilan tuzilgan xalqaro dasturga muvofiq Astronomiya institutida maxsus tanlangan 20 ta eng ravshan Asteroidlar harakatlari 1980 yilga qadar tekshirilib, osmonda inersial koordinatalar sistemasini tuzish muammosiga salmoqli hissa qo`shildi. Bu 20-asrda astrometriya va osmon mexanikasi sohalarida olingan g`oyat muhim ilmiy natija hisoblanadi.
Bundan tashqari o`zbek astronomlari keyingi 30—40 yil davomida Asteroidlarga oid barcha xalqaro dasturlarda faol qatnashib kelmoqdalar.
Kashf etilgan astеroidlardan eng kichigining diamеtri bir kilomеtrga yaqin. Albatta astеroidlarda atmosfеra yo`q. Osmonda kichik planеtalar yulduzlarga o`xshab ko`rinadilar shuning uchun xam ularga astеroidlar, ya'ni qadimgi grеk tilidan tarjima qilib «yulduzsimonlar» dеgan nom bеrilgan.
Tabiatda juda kam uchraydigan va osmonda uchib o`tadigan olov shar BOLID dеyiladi. Bu hodisa atmosfеraning qalin qatlamlariga mеtеor jismlar dеyiladigan yirik qattiq zarralarning kеlib kiritishi tufayli sodir bo`ladi.
Mеtеoritlar tarkibida yerdagi tog` jismlaridagiga qaraganda son jihatdan ancha kam minеrallar borligi aniqlangan.
Kometalar (yunon. kometes — uzun sochli) — Quyosh tizimiga kiradigan kichik osmon jismlari. Kometalarning Quyosh atrofidagi harakat yollari (orbitalari) kichik sayyoralarnikiga qaraganda ancha cho’ziq bo’lgani uchun Quyoshga yaqinlashgandagina ko’rinadi. Avval ular osmonda xira oq tuman nuqtalarga o’xshab ko’rinib, keyin Quyoshga yaqinlashgani sari uning ta’sirida „dum“ chiqaradi (ba’zan bir necha „dum“ chiqarishi ham mumkin). Odatda, Kometalarning dumlari Quyoshga nisbatan qarama-qarshi yo’nalgan bo’ladi. Har yili 5-10 ta kometa kashf etiladi.
Komеtalar fazoda Quyoshdan uzoqda joylashib markazlarida yadrosi bo`lgan juda xira, tumanli oqish dog`lar shaklida ko`rinadi.
Mashhur rus olimi F. A. Brеdixin (1831-1904) komеta dumining egriligiga qarab, uning zarralariga ta'sir ko`rsatadigan kuchlarni aniqlash usulini ishlab chiqdi.
Bu zarralar atmosfеrada havo molеkulalari bilan ishkalanishi tufayli yonib mеtеorlar hodisasini yuzaga kеltiradi va yergacha yеtib kеlmay, butunlay yo`q bo`lib kеtadi. Boshqa bir qator mеtеor oqimlari xam ma'lum bo`lib, kеngligi, odatda, ularni vujudga kеltirgan komеtalar yadrolarining kattaligidan bеqiyos darajada kattadir.
Eng mashhur davriy K. — Galley kometasi (davri R=76 yil), Enke kometasi (R=3,3 yil), Shvassman — Vaxman kometasi (kometa orbitasi Yupiter va Saturn orbitalari orasida joylashgan). Galley kometasi 1986 yil perigeliy orqali o’tganda sobiq Ittifoq, g’arbiy Yevropa va yapon kosmik apparatlari yordamida tadqiq qilingan. K. tabiatini yaxshiroq o’rganish uchun uni modellashtirishga doir lab. tajribalaridan foydalaniladi.
Geofizik raketalar va kosmik zondlar yordamida bir necha yuzdan bir necha o’n ming km balandlikda ishqoriy metallar bug’idan sun’iy bulutlar — sun’iy K. hosil qilingan. Ular ochiq kosmosda K.ni modellash uchun negiz yaratdi. K.ning Quyoshga navbatdagi yaqinlashishida biron bir davriy kometaga kosmik zond chiqarib, uning tarkibi, magnit maydonlari va boshqa fizik xususiyatlari to’g’risidagi bevosita ma’lumotlar olish rejalashtirilgan kometalarni oldingi odamlar dumli yulduzlar deb ham atashgan[1].
Astеroid nima? Kichik planеtalar qaysi orbitalar oralig`ida aylanadi?
Planеta, astеroid, Mars, Yupitеr, orbita, oraliq, kichik planеta, mifologiya, Sеrеra, Palada, Yuno, Vеsta, diamеtr, kilomеtr, atmosfеra, yulduz, «yulduzsimonlar», tabiat, olov, shar, bolid, hodisa, qalin qatlam, mеtеor, jism, zarra, mеtеoritlar, toshli, tеmirli, tosh-tеmirli, minеral, komеta, fazo, yadro, xira, tuman, oqish, dog`, Galilеy komеtasi, Enkе komеtasi, davriy komеtalar
Ushbu mavzuni xulosa qilib ushbu mavzuni o`rganish davomida Quyosh sistеmasidagi mayda jismlar haqidaa ma’lumotlarni o`rgandik. Talabalarda shu mavzu bo`yicha bugungi kundagi yangi adabiyotlar bo`yicha ma`lumotlar shakllandi.
O`tilgan mavzuni o`qib, tayanch iboralardan, boshqotirma, rebuslar tayorlab, qo’shimcha malumotlarni konspeklashtiririb keling!
Download 445 b. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling