Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Chet el turizmi 
Chet el turistik safar qo‘ygan talablarni bajarish qoidaga binoan, siz kelgan 
begona yurtda ko‘p qiyinchiliklar tug‘diradi. Urf-odatlarni o‘zini qarichi bilan 
o‘lchab, boshqalarni ayblash yaxshi emas. Mulozamatlik, atrofdagilarga nisbatan 
qiziqish, ko‘proq ko‘rish va anglashga intilish – bu safarning asosiy mazmunidir. 
 
Ekskursiya 
Avtobus ekskursiyasida siz tomoningizdan band qilingan joylar qaytishda ham 
saqlanadi. Ammo ekskursantlar orasida orqa o‘rindiqlardan o‘zini noxush sezuvchilar 
chiqib qoladi va tavozelik yo‘ldosh unga o‘zining joyini bo‘shatib beradi. 


135 
Tanishuvlar 
«Ta’tildagi» tanishuvlarni haddan ziyod jiddiy qabul qilmaslik lozim. Bunday 
tanishuvlar ta’tildan so‘ng ham davom etadigan holatlar ham uchrab turadi. Ammo 
ko‘p hollarda odamlar uyga qaytgach aloqalar uziladi. «Ta’tildagi» tanishga 
yuborilgan xatni javobsiz qolganiga kuyinmagan ma’qul, axir yo‘lda uchragan har bir 
tanish bilan xat yozishni doimo istayvermaysiz-ku. 
 
Sohil 
Sohil va cho‘miladigan joylar – cho‘miladigan kiyimlar kiyilishi tabiiy bo‘lgan 
joy. U joydan uzoqlashgach, bu kiyimda yurish yaramaydi. Sohilni ifloslantirish, 
bolalarga baqirish, hamda begonalar koptok otishga ruxsat berish mumkin emas. 
Sohildagi eng yomon narsa radio yoki magnitofon. To‘g‘ri, u o‘zi bilan olib, yurishga 
mo‘ljallangan, ammo atrofdagilarni unutib qo‘yish yaxshi emas. Bunday narsaning 
egasi ovozini paysatirilishini so‘ralganda, so‘zsiz bajarishi lozim. Agar qo‘shiqni past 
ohangda eshita olmasangiz, quloqqa taqadigan moslamalardan foydalanish zarur. 
Erkak va ayol 
Ayolni kuzatib ketayotgan erkak chekmaydi. Taksi to‘xtatgan erkak avval orqa 
o‘rindiqning eshigini ochib, ayolni o‘tkazadi, keyin o‘zi uning yoniga o‘tiradi. 
Mashinadan avval erkak chiqadi va ayolga yordam beradi. Agar mashinaning 
erkakning o‘zi haydasa, rulga o‘tirishdan avval oldingi o‘rindiqqa ayolni o‘tkazadi. 
Biron joyga kirishdan avval eshikni erkak ayolga ochib beradi, so‘ng o‘zi kiradi. 
Zinapoyadan ko‘tarilishda erkak oldinda, tushishda ayoldan orqada bo‘ladi. Biron 
joyga kirganda ayoldan avval erkak o‘tirmaydi. 
Ko‘p hollarda erkaklar ayollar bilan uchrashuvga chiqqanlarida tashqi ko‘rinish 
unchalik ahamiyat kasb etmaydi, deb o‘ylaydilar. Adashasiz. Ular nafaqat 
ustingizdagi kiyimga, balki ko‘ylagingizda qanday yozuvlar borligi bilan qiziqib, 
o‘qib chiqishdan ham toymaydilar. Ayollarning fe’li maydaroq bo‘ladi. Ular bunga 
e’tibor beradilar.

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling