Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Buyuk Britaniya. Inglizlarning asosiy fazilatlariga o‘z-o‘zini tuta bilshi
aytmoqchi bo‘lgan gaplarini oxirigacha suhbatdoshiga yetkazmaslik, o‘z 
muammolarini ichida saqlab yurish qobiliyati, yetarli darajada ochiq emaslik, mulkni 
qadrlash, mustaqil bo‘lish xususiyatlari kiradi. 
Fikr almashganda inglizlarning bosiqligi — suhbatdoshga bo‘lgan hurmat 
belgisi. Suhbat davomida inglizlar qat’iy tushunchalardan voz kechib, «menimcha», 
«mening fikrimcha», «men o‘ylaymanki» kabi tushunchalarni ishlatadilar. 
Suhbatdoshning gapini hech bir inkorsiz tinglash, gapiralayotgan fikrga rozilikni 
bildirish emas, aslo. Inglizlarning fikricha, barcha hayotiy voqealarda o‘zini tuta 
bilish insonning asosiy fazilatidir. 
Muzokaralar odatda qisqa ob-havo to‘g‘risidagi yoki dunyo va mamlakat, sport 
yangiliklari haqidagi xabarlardan boshlanadi. Ob-havo haqida suhbatlashish inglizlar 
uchun nafaqat suhbat uchun eng qulay mavzu hisoblanadi, balki asosiy mavzuga 


130 
o‘tishga yoki suhbat davomida paydo bo‘ladigan bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam 
beradi. 
Angliyada ko‘rishganda, ayollar qo‘lini o‘pish va hamma borligida «naqadar 
go‘zal libos!» yoki «juda ajoyib tort!» kabi maqtovlar juda noo‘rin hisoblanadi. 
Stol atrofida alohida suhbatlar qurish mumkin emas. Barcha o‘tirganlar gapirgan 
kishini tinglashi va notiq o‘z navbatida, boshqalarga eshitarli qilib so‘z yuritishi 
zarur. 
Germaniya. Germaniyada ehtirom, yaxshi muomala, sipo va kamtar kiyinish 
uslubi, murojaatlarda shartliliklarga amal qilish, aniqlik va ishbilarmonlik qadrlanadi. 
Germaniyaliklar o‘z hurmatlarini biladilar hamda Germaniya Evropa yuragi 
ekanligini hamisha yodlarida tutadilar. 
Muomala qilinayotgan paytda daraja va familiyalarni aytish qabul qilingan. Har 
bir muomaladagi shaxsning titulini aytib kyetish muhimdir. Agar titul noma’lum 
bo‘lsa, «doktor janoblari» deb murojaat qilish mumkin. 
Germaniyada yoshi kattaroq yoki mansabi yuqori bo‘lgan shaxsning tashabussi 
bilan kelishib olinmagan bo‘lsa, «sen», deb murojaat qilish tavsiya etilmaydi. 
Qo‘l berib salomlashish keng tarqalgan bo‘lib, hatto qisqa muddatlik hayrlashish 
chog‘ida ham keng ishlatiladi. Ayollar qo‘l berish istagini bildirgunga qadar kutib 
turish tavsiya qilinadi. Odatda taklif etilganlarning hammasi bilan qo‘l berib 
salomlashish keng tarqalgan. Istisnoni juda ko‘p kishilar taklif etilgan hollar tashkil 
etadi. 
Restoranda atrofdagi taklif etilganlar, hatto noma’lum shaxslar bilan «Yoqimli 
ishtaha» ma’nosini anglatuvchi tushunchalar bilan salomlashiladi. 
Biror ichimlik iste’mol qilishdan avval bokal ko‘tarilib, mezbon bokali bilan 
urishtiriladi (ammo, masalan, Fransiyada bokal ko‘tariladi, lekin urishtirilmaydi). 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling