Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Amerika Qo‘shma Shtatlari. Amerikada o‘z fikrini to‘g‘ridan-to‘g‘ri mumkin
qadar ochiqchasiga bildirish qabul qilingan. Amerikaliklar o‘zlari nima haqida o‘ylasalar, hamisha Shuni gapiradilar. Boshqa xalqlarda keng tarqalgan tildagi chuqur ma’no, mubolag‘a amerikaliklarni to‘g‘ri fikrdan yanglishtiradi: ular har bir jumlani so‘zma so‘z qabul qilishga, aniq ekanligiga ishonch hosil qilib, tushunmagan narsani qabul qilmaslikka o‘rganib qolganlar. Amerikaliklar uchun eng asosiysi bu individuallik va shaxs huquqidir. Shu bilan birga, ularning xususiyatlaridan biri, bu to‘g‘ri so‘zlik va samimiylikdir. Amerikaliklar sodda va qulay kiyinishni, o‘zaro oddiy va norasmiy muloqotni hamda korxonalarda rahbar va ishchilar o‘rtasida demokratik munosabatda bo‘lishni afzal ko‘radilar. Amerikaliklar sog‘lom, harakatchan, o‘ziga ishongan, o‘zlashtiruvchan bo‘lib ko‘rinishga harakat qiladilar. 131 Ular vaqtni tejab, punktuallikni qadrlaydilar. Kechga qolishga yo‘l qo‘yilmaydi, kechga qolish hech bir narsa bilan oqlanmaydi. Muzokaralarda ular tezda asl maqsadga o‘tadilar va rasmiyatchilikka vaqt ketkazishni yoqtirmaydilar. Muzokaralar qisqa fursatli, yuzma-yuz olib boriladi va professionalizm va maqsad sari intilishlarga qaratilgan bo‘ladi. Yaponiya. Yaponiya har doim o‘zining an’anaviy yapon xushfe’lligi va xushmuomaligi bilan tanilgan. Yaponiyada yoshu qari past ovozda gaplashadi. Yaponlarda birmuncha issiqlik bo‘lmasa-da, juda xushmuomala xalq hisoblanadilar. Yaponlar uchun xushmuomalik va odob-axloq qoidalari deyarli muqaddas hisoblanadi. Yapon etiketi ma’nosini tushuntirish uning tamoyillaridan boshlanadi. Yaponlarning oilaviy kutubxonasida boshqa adabiyotlar bilan birga etiket bo‘yicha ko‘rgazmali kitoblar, xushfe’llilik qonunlarini o‘rganish uchun amaliy qo‘llanmalarni uchratish mumkin. Idoralar va hukumat muassasalarida yangi xodimni ishga qabul qilishdan oldin, uning etiket qoidalarini qay darajada bilishini tekshiradilar. Yapon etiketi insoning uyda, ko‘chada, ishda qanday tuta bilishi kerakligini belgilaydi. Yaponlar choyni qanday uzatishni, qanday kiyinishni, bosh kiyimlardan qanday foydalanishni bilishlari shart. Yevropa etiketidan farqli o‘laroq, yapon etiketi qoidalari bo‘yicha zinadan harakatlanayotganda erkak kishi chap tarafda turishi, zinadan ko‘tarilayotgan paytda erkak kishi ayol kishidan avval, zinadan tushayotgan paytda esa erkak kishi orqada bo‘lishi kerak. Yaponlar xushmuomala va o‘zini qo‘lga ola bilgan insonlardir. Ular uchun boshqa dunyo xalqlari kabi etiket qoidalari juda muhimdir. Yaponlar o‘zlarining an’analariga boshqalarning rioya qilishini majburiy deb hisoblamasalar-da, ularga rioya qilganlarga nisbatan samimiy minnatdorchilik bilan muomalada bo‘ladilar. Yaponiyada bosh egib so‘rashish an’anasi hali ham keng tarqalgan bo‘lgani uchun mehmonlarga ham bunga javoban biroz boshini egib salomlashish tavsiya qilinadi. Xitoy. An’analarga alohida yondashish, tartib, o‘rnatilgan qoida va an’analarga amal qilish uning xulq va odob ta’limotining asosi bo‘lib qolgan. Hozirgi paytda konfutsianlik shartlari va insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning jiddiy vertikal tizimi ortda qoldi. Muomala qilish, xulq-atvor tamoyillari, kiyim shartlari jamoat ierarxiyasiga bog‘liq bo‘lmagan holda qat’iylik tusini yo‘qotdi. Ayollar erkaklar kabi bir xil imtiyozlarga ega bo‘ldilar. Shu bilan birgalikda, kattalarga hurmat va milliy madaniyat, tarix, adabiyotga nisbatan e’tibor tuyg‘ulari saqlanib qoldi. Shuni yodda tutish kerakki, Xitoyda etiketning asosiy xususiyati xushmuomalalikdir. Xitoyda yoshi katta yoki notanishShaxslar bilan muomualada «siz», deb muloqotda bo‘lish, Yevropa davlatlariga nisbatan kam ishlatiladi. Xitoyliklar asosan muloqotda bo‘lganda «sen», deb muomalada bo‘ladilar, bu, o‘z navbatida, rus yoki, 132 masalan fransuz kishilik olmoshiga to‘g‘ri keladigan to‘liq analog bo‘lib hisoblanmaydi. Muloqotda Shaxs hurmat yuzasidan ikkinchi Shaxsga nisbatan kishilik olmoshi o‘rniga — janob (xonim) va familiyasini qo‘shib murojaat qilishi mumkin. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling