Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
“Bolalarni kattalarning aytadigan so‘zlari emas, ularning qilgan amallari
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kelinlik liboslari
“Bolalarni kattalarning aytadigan so‘zlari emas, ularning qilgan amallari
tarbiyalaydi” 36 . Bunda ziddiyatlarni axloqiy anglashni rivojlantirish – adabiyotlar, axloqiy tafakkurni boyitishga harakat qilish orqali hal qilsa bo‘ladi. Sog‘lomlashtirishning ruhiy jihatlari – ko‘proq kelinlarning o‘zini kayfiyatini yuqori kayfiyatda saqlab turishiga bog‘liq. O‘ziga oro berish ham bir tomondan boshqalarga sizni munosabatingizni o‘zgartirsa, ikkinchi tomondan insonni ruhini ko‘taradigan xususiyatlardan biridir. 35 Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, - Toshkent, 1994, 1 – jild, 73-bet. 36 К. Юнг. К.Кереньи. Душа и миф. Киев-Москва, Порт-Роял-Совершенство.1997.-114б. 150 Kelinlik liboslari. Kelinning odobi, uning o‘zligi, borligini namoyon etadigan tomonlardan biri, uning garderobi, ya’ni kiyinishidir. Uch-to‘rt ko‘ylakni yuvib dazmollab o‘qishga, ishga kiyib tejamkorlikka o‘rgangan qizlar to‘y munosabati bilan keyin birdaniga ikki yoqdan bir necha o‘n sidra sarpolik bo‘lib qoladilar. Zotan, borini bordek ko‘rsatish, kamini yashirib, sevinib yurish ayollarning qo‘llarida. Birinchi navbatda ikki tomon sarpolarini qishligini-qishlikka, yozligini-yozlikka ajratiladi. Keyin kiyimlar yana qishligi-qishlikka, uyligi-uylikka ajratiladi. O‘z navbatida, ular yana sarxillanadi, masalan: liboslar ichidan atoqlik mehmonga kiyiladiganlarini (kelin salomlar, to‘y-hashamlar) kiyim javoningizning to‘riga chiroyli qilib ilib qo‘ying. Kerak paytda darrov kiyib chiqasiz. Uyliklar ham bir sidra saralanadi. Masalan: mehmon kelganda kiyiladiganlari alohida osiladi. Mavsumga qarab ertalab, peshinda, kechqun kiyiladiganlari, bayram-hayitlarda kiyiladiganlari, ajratiladi. Ayrimlar kelinlar doimo yasanib yurishlari kerak, tez-tez kiyim almashtirish kerak deb bir yilga qolmay barcha kelinlik liboslari ohorini to‘kib kir tog‘orada chiritadi. Ertalab hovli supurganda uy yig‘ishtirganda sun’iy matodan to‘qilgan ko‘ylak lozim kiygan ma’qul (homiladorlik vaqti bundan mustasno). Yuvganda aynimaydi. Nonushtani tayyorlab bo‘lgach, odatda oshxonada ovqati isi kelib turmaslik uchun, nonunushtaga ko‘pchilik bilan o‘tirishdan avval libosni almashtirgan ma’qul. To‘g‘ri yaltirog‘i bor kiyimlar kelin liboslarining ko‘rki hisoblanadi. Ammo oshirvormaslik, ya’ni bachkanalik darajasiga ko‘tarmaslik lozim. Ish yoki o‘qishga qatnaydigan kelinlar yaltirog‘i yo‘q kiyimlar kiygani ma’qul. Kelinman deb, bosh oyoq yaltiroq kiyganlar boshqalar diqqatini tortadi xolos. Tungi kiyimlar alohida saqlangani ma’qul. Yana bir nozik masala – ayrim kelinlarning xonasi egasi ko‘chib ketgan uyga o‘xshaydi. Hamma joyda kiyim, lozim, ko‘ylak, xalat. Divanda er kiyimi, stulda xalat, krovatda ro‘mol-u ko‘ylak. Turlanish kerak ekan deb kiyimni duch kelgan erga uloqtirib, boshqasini kiyib ketaverish yaxshi emas. To‘g‘ri, yoshlarning ham kattalarga, ham ro‘zg‘orga, hamda keti tugamaydigan mehmonlarga xizmat ko‘rsatishi bunday nozik jussiga og‘irlik qiladi. Ammo birinchi navbatda turmush o‘rtog‘i, so‘ng o‘zingiz e’tiborga loyiq ekanligingizni unutmaslik lozim. Kelinning xonadonga xizmatchi bo‘lib kelishi – kelajakda uni professional darajadagi xizmatchiga, uy bekasi bo‘lib kelishi esa uy bekalikka olib keladi. O‘ziga nisbatan e’tiborsizlik atrofdagilarni ham shunday munosabatda bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo hadeb turlanaverish ham ayol ko‘rkini “sindiradi”. Bora- bora bunday ayollar o‘zini yanada chiroyli ko‘rsatishning eng murakkab yo‘llarini qidirishga majbur bo‘lib qoladilar. Zeb-ziynatning, taqinchoqning o‘ziga yarasha ma’naviy yuki, o‘ziga yarasha ma’naviy qadriyati, tarbiyaviy ahamiyati bor. Taqinchoqlar xilini xiliga, rangini 151 rangiga, kiygan libosga moslab taqiladi. Bu taqinchoqlar uncha qimmat ham bo‘lmas, ularning bezagi kiygan libos bilan uyg‘unlashib, go‘zal ansambl tashkil etadi. Lekin bu degan kelin bo‘lish rusmlarini joy-joyiga qo‘yaman deb, ota-ona, opa- singil, aka-ukalar rizqini qiyib bo‘lsa-da, boshqalardan qolishmaslik eng yomon narsadir. Bu bilan baxtli bo‘laman degan odam qattiq adashadi. Yomon niyatda bo‘lgan odam baribir, qanday e’tiborli bo‘lishingizdan qat’iy nazarda sizga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmaydi. Aybni doimo barchadan va barcha narsalardan topsa bo‘ladi. Beayb parvardigor. Ota-onalar ne azobda qiynalib qiziga qilib bergan bu sarpolar hech qancha vaqt o‘tmay sandiqda keraksiz narsa bo‘lib yotishini unutmaslik lozim. Ortiqcha xarajat, uvol va isrof keyin o‘zining samarasini beradi. Agar yoshlar avvaldan kirim va chiqim borasida o‘ylamasalar, bunday oilaning kelajakdagi iqtisodiyotini tasavvur qilish mumkin. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling