1. Ehtimollar nazariyasi predmeti
Download 47,05 Kb.
|
Ehtimol va uning hisoblash usullari Matematika mustaqil ish
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSBTETI IQTISODIYOT(TARMOQLAR VA SOXALAR BO`YICHA)YO`NALISHI Fan nomi:Amaliy Matematika Guruh:9-6 IQTS-20 Bajardi:Yodgorova Sunbula Tekshirdi:Esanov N. BuxDU2022 Ehtimol va uning hisoblash usullar Reja: 1. Ehtimollar nazariyasi predmeti. 2. Ehtimollar nazariyasi rivojlanishining qisqacha tarixi. 3. Ehtimollar nazariyasining iqtisodiy, texnik masalalaruchun ahamiyati. 4. Elementar hodisalar vahodisalar. 5. Ehtimollik vauning ta‘rifi. 6. Nisbiy chastota. Uzoq davrlar mobaynida insoniyat oz faoliyati uchun faqat determinirlangan deb atalmish qonuniyatlarni organar va ulardan foydalanar edi. Biroq tasodifiy hodisalar bizning hayotimizga xohishirodamizdan qat‘iy nazar kirib kelgani va bizni doimo orab turgani uchun hamda, ustigaustak, tabiatning deyarli barcha hodisalari tasodifiy xususiyatli bolgani uchun ularni tadqiq qilishni o‗rganish va shu maqsadda tadqiqot usullarini ishlab chiqish zarurdir. Tabiat va jamiyat qonunlari sababiy boglanishlarning namoyon bolish shakli boyicha ikkita sinfga bolinadi: determinirlangan (oldindan aniq) va statistik. Masalan, osmon mexanikasi qonunlariga asosan Quyosh sis-temasidagi sayyoralarning hozir ma‘lum bolgan vaziyati boyicha ularning ixtiyoriy paytdagi vaziyati amalda bir qiymatli oldindan aytib berilishi mumkin, shu jumladan, Quyosh va Oy tutilishlari juda aniq bashorat qilinishi mumkin. Bu determinirlangan qonunlarga misol. Shu bilan birga hamma hodisalarni ham aniq bashorat qilib bo‗lmaydi. Masalan, iqlimning uzoq muddat davomida o‗zgarishlari, ob-havoning qisqa muddatli o‗zgarishlari muvaffaqi-yatli bashorat qilishning ob‘ektlari bo‗la olmaydi, ya‘ni ko‗pgina qonunlar va qonuniyatlar determinirlangan doiraga ancha kam darajada bo‗ysunadi. Bunday turdagi qonunlar statistik qonunlar deb ataladi. Bunday qonunlarga asosan, biror-bir tizimning kelajakdagi holati bir qiymatli emas, balki faqat ma‘lum bir ehtimollik bilan aniqlanadi. Ehtimollar nazariyasi boshqa matematik fanlar kabi amaliyot ehtiyojlaridan paydo bo‗ldi va rivojlandi. U ommaviy tasodifiy hodisalarga xos qonuniyatlarni o‗rganish bilan shug‗ullanadi. Ehtimollar nazariyasi shart-sharoitlarning aniq bir majmuasini amalga oshirganda ko‗p marotalab qaytarilishga qodir bo‗lgan ommaviy tasodifiy hodisalarning xossalarini o‗rgana-di. Tabiatidan qat‘iy nazar, ixtiyoriy tasodifiy hodisaning asosiy xususiyati — uni amalga oshishining o‗lchovi yoki ehtimol- ligi. Biz kuzatadigan hodisalarni uchta turga bo‗lish mumkin: muqarrar, mumkin bo‗lmagan va tasodifiy. Download 47,05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling