Hodisa ehtimolining klassik ta`rifi. Biror tajriba natijada chekli sondagi e1, e2,
…, en elementar hodisalardan birortasi ro`y berishi mumkin bo`lsin.
Bu e1, e2, …, en elementar hodisalar quyidagi shartlarni qanoatlantirsin:
hodisalar juft-jufti bilan birgalikda emas, ya`ni istalgan ikkita ei va ej (ij) hodisa birgalikda ro`y bermaydi;
e1, e2, …, en hodisalardan birortasi albatta ro`y beradi;
e1, e2, …, en hodisalar teng imkoniyatli.
Biror A hodisa e1, e2, …, en elementar hodisalar ichidan
еk1 , еk2 , ..., еkm lar ro`y berganda
ro`y bersin. Bu holda
еk1 , еk2 , ..., еkm
elementar hodisalar (ya`ni A hodisasining ro`y berishiga olib
keladigan hodisalar) A hodisaga qulaylik tug`diradigan hodisalar deyiladi.
Masalan, tangani ikki marta tashlash tajribasini qaraylik. Bu tajriba natijasida GG, GR, RG, RR elementar hodisalar ro`y beradi.
A hodisa tangani ikki marta tashlaganda ikkala holda ham gerbli tomoni tushishi hodisasi (GG hodisasi) bo`lsin. Bu holda A hodisaga qulaylik tug`diradigan elementar hodisa faqat bitta bo`ladi (GG hodisa).
Faraz qilaylnk, p ta e1, e2, …, en elementar hodisalardan t tasi A hodisaning ro`y berishiga qulaylik tug`dirsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |