Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Kelinning kiyinish madaniyati 
Yaxshi kiyinish ham o‘ziga xos san’at hisoblanadi. Yaxshi did, avvalo, 
kiyimlarni bir-biriga moslab kiyishda namoyon bo‘ladi. Moslab kiyilgan kiyim 
ma’lum sharoitga munosib, kishining mashg‘uloti, voqea, muhit va Shu kabilar bilan 
muvofiq, hamda vaqti va joyiga qarab bashang bo‘lishi mumkin. 
Moda deganda muayyan ijtimoiy guruh, kishilar orasida ularning ta’biga, didiga 
mos kiyinish odatining ma’lum vaqtgacha urf bo‘lishi tushuniladi. Moda liboslarning 
o‘zgarishigina bo‘lib qolmay, o‘ziga xos estetik uslubni qidirib topish, yurish-turish 
tarzi, did va ichki madaniyatning namoyon bo‘lishi hamdir. Moda uzoq tarixga ega. 
Turkiy xalqlar ayollarida asosiy bosh kiyim do‘ppi, ro‘mol, oyoq kiyimi maxsi, 
kavush, ich kiyim – ko‘ylak, ust kiyim – kaltacha, kamzul, nimcha, chopon bo‘lgan.
Respublikamiz iqlimi issiq bo‘lganligi bois bizning sharoitda ayollar uchun eng 
qulay moda – ko‘krak burma va pasti yaxlit bichimli "o‘zbekcha" ko‘ylak 
hisoblanadi. Buning afzalligi shundaki, issiq avjiga chiqib, kishi terlab turganda ham 
kiyim badanga yopishib qolmaydi. Shuning uchun ham ko‘krak burma ko‘ylak hech 
qachon modadan qolmaydi. Faqat ayrim detallari biroz o‘zgartirilib, zamonaviy tus 
bergan holda yangilanaveradi.
Chiroyli atlas, tovor kabi matolar qadimdan o‘zbek ayollari sevib kiyadigan 
milliy matolardir. Qancha-qancha zamonlar o‘tib ketsa ham, bu matolardan o‘z 
davriga moslab yarashtirib, xoh o‘zbekcha, xoh yevropacha tikilgan kiyimlar hamisha 
modadadir. Qaddi-qomati kelishgan ayollarga moda jurnalidagi modellarning har biri 
to‘g‘ri kelaverishi mumkin. to‘ladan kelgan ayollarga belning past qismidan ulangan 
va keng etak bo‘lib tushgan ko‘ylaklar kiyish tavsiya etilmaydi. Ozg‘in ayollar esa tor 
badanga yopishib turadigan ko‘ylaklar kiymasliklari lozim. Bo‘yni uzun ayollar 
ko‘proq yelkalik ko‘ylak kiyganlari ma’qul. Bo‘yni kalta ayollarga tik yoqali va 
bo‘yin atrofidan o‘yilgan ko‘ylaklar yarashmaydi. 


152 
Kiyimning rangi, rasmlari, guli ham mos bo‘lishi kerak. Ayollar ko‘pincha 
kiyimlar rangini o‘zlarining o‘z, soch va teri ranglariga moslab oladilar. Ammo 
bunda rangning kishiga tushishidadir. Katak-katak kiyimlarni matoli va yo‘l-yo‘l 
matolardan tikilgan kiyimlarni birga kiyish tavsiya etilmaydi. Bo‘ylamasiga yo‘l 
bo‘lib tushgan gazlamalar ayollarning qaddi-qomatini nozik, bo‘y-bastini uzaytirib 
ko‘rsatadi, ularni to‘ladan kelgan ayollarga kiyishni tavsiya yetish mumkin. Ozg‘in 
va baland bo‘yli ayollar bunday matodan kiyim kiymaganlari ma’qul, ko‘ndalang, 
yo‘l-yo‘l ko‘ylaklar qaddi-qomatni to‘laroq ko‘rsatadi. 
Rang va ranglarning bir-biriga mos tushishi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. 
To‘q va qora ranglar jussaning to‘laligini bilintirmay tursa, oq ranglar yanada 
to‘laroq ko‘rsatadi. Yashil, binafsha, ko‘k rang qaddi-qomatni rostlab ko‘rsatsa, sariq, 
jigarrang, qizil va rangdor rasmlar jussani bir muncha to‘la qilib o‘rsatadi. Ortiqcha 
bezaklar kiyimni bachkanalashtirib yuboradi. Uy kiyimlari asosan yuvilishi oson ip 
gazlamalar, shtapel matolardan tikiladi, u keng va qulay bo‘lishi lozim. Yoz 
paytlarida uyda odmi rangli mayin gulli ko‘ylak va xalatlar kiyish maqsadga 
muvofiq. Ish kiyim qulay, kundalik kiyishga mos va qulay bo‘lishi, ayniqsa ko‘ylak-
kostyumlar kiyish ko‘pdan urf bo‘lib keladi. Ozodalik, orastalik, pokizalikni bir umr 
o‘ziga hamroh qilgan kelinlar, shoshib qolmaydilar, ayniqsa ishlasalar yoki o‘qisalar 
– bu fazilatlar insonga o‘ziga ishonch va ruhiy muvozanat baxsh etadi.
Parcha-yu kimxoblardan kiyim, zeb-ziynatlar taqib, bir davraga kirsangizu, 
birinchi tabassumingizda tishingizni sarig‘i ko‘rinsa, kishilarning siz haqingizda fikri 
o‘zgaradi. Eng so‘nggi moda bilan kiyinsangizu, sochlaringiz to‘zib yotgan bo‘lsa, 
hech qachon sizni orasta deyishmaydi. Yangi kiyimlar, chiroyli liboslar notozalikni 
yashira olmaydi.

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling