Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Oilaviy muhit. Oilaning mustahkamligi oila a’zolarining axloqiy tarbiyasiga
bog‘liq. Xalqimizda bejiz “Sog‘lom turmush tarzi mustahkam oilaning garovidir”debaytilmagan. Sog‘lom turmush tarzi deganda biz nafaqat oiladagi er va xotinning bir – biriga bo‘lgan munosabati, balki ulardagi axloqiy fazilatlar, imonlilik, poklik, halollik, rostgo‘ylik, shirinso‘zlik, kabi axloqiy me’yorlarga amal qilgan holda urf – odatlarga asoslangan, zamonaviy oilani tushunamiz. Oilada eng asosiy narsa – bir - birini tushunish, qadrlash va e’zozlashdir. Er – xotindan birining kamchiligini ikkinchisining fazilati bilan yopilib yurmog‘i lozim. Oilada ikki yosh bir butun bo‘ladi, muhabbat – nikoh iplarini mustahkamlaydigan, axloqiy mas’uliyatni yanada oshiradigan hissiyotdir. Ikki yosh hissiy holatlarini o‘zaro tushunib borishi natijasida oilada mo‘tadil kayfiyat qaror topadi, qarashlar uyg‘unligi tug‘iladi. Zero, muhabbat faqat o‘zaro hissiy qoniqishgina bo‘lib qolmasdan, munosabatlar go‘zalligiga aylanadi. Oila - bu kichik jamoadir. Unda o‘zaro muomalaning barcha qoidalariga amal qilinishi kerak. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat; bir – biriga mehribon bo‘lish, ayniqsa, ayollarni izzat qilish kabi qoidalar kundalik odatga aylanib borishi kerak. Ota - ona bolalariga namuna. Shuning uchun ular oilada axloq madaniyatiga to‘la rioya qilishlari shart. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa bo‘lib, oilaning ichki ishlariga hech kim aralashishga haqqi yo‘q. Shu sababli ham oila muqaddas va daxlsiz hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy va ma’naviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta’sirida o‘zgarib boraveradi. Oilalarda nafaqat oilaviy munosabat, balki qon-qarindoshlik munosabatlari madaniyati ham yuksak darajada rivojlangan bo‘ladi. Bunday oilada bobo, buvi, ota- ona, amaki, aka-uka, opa-singil, jiyan, kuyov, kelin quda-anda, qaynota-qaynona kabi o‘nlab qarindoshchilik darajalarini bildiruvchi mezonlarga amal qilinadi. Bu munosabatlarda milliylikning asl o‘zagi namoyon bo‘ladi. Bu munosabatlarning afzalliligi Shundaki, bunda qarindosh-urug‘lar bilan oqibatli bo‘lib yashash, farzandlarni milliy udum, qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun imkoniyat tug‘iladi hamda ular qarindoshlar orasida ham moddiy va ma’naviy tayanch-suyanch bo‘lib yashashga odatlanadilar. Bunday oilalarda tarbiyalangan farzandlar ham barcha bilan munosabatda tezda kirishib keta oladigan, munosabat madaniyatiga rioya etadigan inson bo‘lib shakllanadilar, chunki bu bolalarni bitta oila emas, bir necha oila tarbiyalaydi. Oilaviy sharoit u yoki bu oila a’zolarining kelajakda hayotiga bevosita ta’sir qiladi. Oilaning tarqalishi har bir oila a’zolariga ta’sir qiladi. Axloqshunoslikda oila 148 tarqalishining uch turi ko‘rsatiladi. Birinchisi, nikohni bekor qilinishi bilan tarqalishi – bunda oilaviy mulk va farzandlar tarbiyasi qonun asosida taqsimlanadi. Bunday sabab o‘zaro kelishmovchilik hamda tushunmovchilik, o‘zaro muhabbatning yo‘qligi natijasida paydo bo‘ladi. Ikkinchisi, tabiiy tarqalishi bo‘lib – oila a’zolarining biri falokat, yoki kassallik tufayli vafot etgan oila mulkining meros sifatida taqsimlanishiga sabab bo‘luvchi tarqalishdir. Uchinchisi – axloqiy tarqalish bo‘lib, bunda bolalar balog‘atga yetib, oila qurilishlari – ota-onalar ular uchun oilaviy mulkdan uy-joy, turli maishiy jihozlar ajratib berishlari belgilanadi. 34 Shunga ko‘ra, oilada har bir a’zoning o‘ziga yarasha majburiyatlari mavjud. Ayniqsa, o‘z odatiy turmush tarzini o‘zgartirib, o‘zga oilaga kelin bo‘lib kelgan qizlarimizning yangi oila a’zolari bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlari juda muhim hisoblanadi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling