Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Ayollar! Eringizga nima sovg‘a qilishni o‘rgatmang. Bu bilan qadringizni 
tushirgan bo‘lasiz. O‘zi so‘ragan taqdirda aytish mumkin. Uning o‘rniga, sizni 
tabriklagani kelishlarini aytishning o‘zi kifoya. Agar shunda ham hech qanday 
o‘zgarish bo‘lmasa, tug‘ilgan kun o‘tgandan so‘ng eringizdan hol-ahvol so‘ragan 
maqul. Balki biron tashvishi bordir. Agar u oldindan sovg‘a berishga o‘rganmagan 
bo‘lsa, bu yaxshi – ayollar bilan munosabat qilishni bilmaydi va u – faqat sizniki! 
Uning tug‘ilgan kunida, ishdagi darajasi ortganda yoki kasb bayramida uning o‘ziga 
sovg‘alar qilib o‘rgatish mumkin. Ammo ochiqchasiga sovg‘asiz yoki tabriksiz 
qolganini tan olish – bu ayollar uchun mag‘lubiyatdir. Chunki erkakning unga 
bo‘lgan bee’tiborligini - u ham, er ham, tan olgan bo‘ladi. Ba’zida achchiq 
haqiqatdan ko‘rsa shirin yolg‘on ham ko‘ngilga xush keladi. 
O‘zbek xalqiga mansub har bir oilada mehmonlar uchun alohida mehmonxona, 
bolalar, ota-onalar uchun alohida yotoqxonalar, dam olib suhbatlashadigan umumiy 
xona, oshxona va qo‘shimcha xonalar bo‘lishiga intilish mavjud.
Yotoqxona uchun shinam, shovqin-surondan xoli, bahavo xona ajratiladi. 
Yotoqxonada ko‘rpalar, ko‘rpachalar alohida, sandiq va quti ustiga did bilan yig‘ib, 
oq choyshablarga o‘rab qo‘yiladi. Ota-ona uchun alohida, o‘g‘il bolalar va qiz bolalar 


159 
uchun alohida-alohida yotoqxonalar bo‘lishi lozim. U yerda shkaf javoni bo‘lishi 
zarur. Har bir kishiga yuvib almashtirish uchun ikkitadan choyshab va yostiq 
g‘iloflari bo‘lgan yaxshi. Yotoqxonaga ortiqcha narsalar, devorlarga osilgan gilamlar, 
televizor, muzlatgich kabilar qo‘yilmaydi. 
Oshxona: O‘zbek xalqida xonadonga sovchi yoki mehmon kelsa, avvalo, 
oshxonaga e’tibor beradi. Oshxona yorug‘, shinam, shamollatish oson va qo‘shni 
xonalarga yaqin bo‘lishi lozim. Oshxona kuniga bir marta tozalanib, yuvib, 
shamollatib turiladi. U yerda sabzavot va meva po‘choqlari uchun va suyak, ovqat 
qoldiqlari uchun alohida chelak bo‘lishi lozim, idishlar yuvilgach, qaynoq suvda 
chayiladi. Sanchqi va qoshiqlar artiladi. Sovitgichda esa sariyog‘, go‘sht, sut, 
taomlar, ho‘l mevalar og‘zi yopiq holda saqlanadi.Farosatli bo‘lish bunda muhim. 
Singan, cheti uchgan idishlarda choy yoki taom keltirilmaydi. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling