Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Tasodifiy tashrif Ishlar va majburiyatlarga to‘la bo‘lgan bu zamonaviy dunyoda kutilmagan tashriflar bir oz bezovtalik tug‘diradi. Shuning uchun, tasodifiy tashriflar zarurat nuqtai nazardan amalga oshiriladi. O‘zimizni o‘zimiz mezbonning tavoze’ligi bilan aldamaylik – ularning boshqa ilojlari yo‘q. Kirib, gaplashib, tez chiqib ketamiz. Balki oilaviy bo‘lgan, kechki ovqatga qolish taklifini qabul qilmaymiz. Uy egalarining qanday harakatlari orqali vaqtida kelmaginimizni bilish mumkin? Ko‘zga tashlanadigan yuzdagi ishoralardan tashqari kuzatuvchan odam e’tiborni tortadigan vaziyatlarni ko‘rishi mumkin: mezbon stulni bir chetiga o‘tirdi, bilmagan holda shippakini qimirlatib o‘tiribdi. Uy egasi sabr bilan bizni gapirishga qo‘yib beradilar, ammo unga diqqat qilmaydilar. Savol berishmaydi. Agar oxirgi paytda «hol qolmagan» dan shikoyat qilishmasa, suhbat uchun mavzu qidirishmaydi. Negadir choy qo‘yishni «unutadilar». Uy egasi sigaretni tugatmasdan ikkinchisini chekishga tushadi. Xayrlashishni boshlasangiz, uy egalariga «jon» kiradi va samimiylik bildiradilar. Bu holat bizni chalg‘itmasin, Shunchaki uy egalarini vijdoni qiynala boshlaydi. Bu hissiyot kyetishingizdan paydo bo‘lgan quvonch bilan uyg‘unlashib ketadi va munosabatda iliqlik paydo bo‘ladi. Agar biz ikki marta taqillatib yoki qo‘ng‘iroq qilsak-u, hech kim ochmasa, «bostirib» kirish shart emas. Aksincha, uy egalari bor-yo‘qligini tekshirib o‘tirish nojoiz. Iloji boricha chaqirilgan joyga borgan ma’qul. Dasturxon tuzash, oilaviy bayramlar Inson paydo bo‘libdiki, rizqi bilan. Taom iste’mol qila boshlanibdiki dasturxon bor. Dasturxon aziz, muqaddas, rizq-ro‘z manbai sifatida ko‘zga surtilgan. Dasturxon odobi, taom emak qonun-qoidalari ham xalqimizda azaldan mavjud. Uydami, mehmondami, kuniga uch-to‘rt mahal dasturxon yoziladi. Dasturxonlar ham joyi, odami, mavsumi, ma’rakasi, xonasiga qarab, katta-kichik, rang-barang, odmi-oxorli bo‘lishi mumkin. Dasturxon – taomi bilan ulug‘. Dasturxon ustiga odatda birinchi bo‘lib non qo‘yiladi. O‘zbeklar tandir nonni ko‘proq iste’mol qilishadi, u dasturxonga juft qo‘yiladi. Dasturxon etiketi ham qadimiy bo‘lib, kishidan muayyan an’analarni yaxshi bilishni talab qiladi. Dasturxonga hamma qo‘lini yuvib keladi. Dasturxon yozilganda 176 nonni, taomni birinchi bo‘lib oilaning kattasi boshlab beradi. Dasturxon atrofida chiroyli gaplarni gapirib o‘tirish kerak. Taom yemakning yakuni bo‘lgach odat bo‘yicha shukrona aytiladi. Ovqatdan keyin ham qo‘l yuvilishi shart. Oilaviy bayramlar ham shu oilada yashovchi kishilarning turmush tarzi, hayotiga bog‘liqdir. Dasturxon did bilan yasatilgan va o‘tiradigan joy qulay bo‘lsagina ovqatdan lazzat topa olish mumkin. Yozilgan dasturxon doimo ozoda bo‘lishi kerak. Dog‘li dasturxon ishtahani bo‘g‘adi. Dasturxonga idish-tovoqlarni qo‘yishda ularning tusi dasturxon rangiga mos tushishiga ham e’tibor berish lozim. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling