Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish qoidalari
Oshxona jihozlari Taomlar xilma-xilligiga qarab, asosiy oshxona jihozlari turlicha bo‘lishi mumkin. Stolda servirovka uchun mo‘ljallangan jihozlaridan tashqari oshxona jihozlari bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: alohida qoshiqlar, sanchqilar, qisqichlar. Ovqat vaqtida foydalaniladigan asboblar pichoq, sanchqi, qoshiq va boshqalardan eng ko‘p ishlatiladigani pichoq, sanchqi, sho‘rva qoshig‘i, disert qoshiq va choy qoshig‘idir. Ovqat vaqtida foydalaniladigan idish va buyumlarning hammasi juda ham toza va benuqson bo‘lishi lozim. Dasturxon bezashning ma’lum qoidasi bor. Dastlab, stoldagi likopchalar to‘g‘ri chiziq bo‘yicha terib qo‘yiladi. Asosiy likopchalarning chetlari hamda pichoq va sanchqilarning soplari stol chetiga etib yoki 1-2sm etmay turadi. Barcha asboblar qo‘l etadigan joyda turadi; oldin ishlatiladigan buyumlar likopchadan nariroqqa, olish qulay joyga qo‘yiladi. Non qo‘yiladigan idish (agar kesiladigan non turlari bo‘lsa) asosiy likopchaning chap tomoniga, stol chetiga yetkazmay qo‘yiladi. Pichoqlar asosiy likopchaning o‘ng tomoniga tig‘ini likopcha tomoniga qaratib, sanchqi esa chap tomoniga, dasturxonni teshib yubormasligi uchun uchini yuqori qilib qo‘yiladi. Qoshiqlarning botiq tomonini yuqoriga qaratib qo‘yiladi. Likopchaning orqasidagi sho‘rva qoshig‘i bilan desert qoshiq stol chetiga parallel yotishi, ularning sopi o‘ng tomonga qaratilishi lozim. Sho‘rva qoshig‘ini likopchaning o‘ng tomonidagi pichoq yoniga qo‘yish mumkin. Har xil meva suvi, va ichimliklar uchun maxsus tor stakanlar, yoki bakallar qo‘yiladi. Foydalanish qoidalari: Umumiy taomdan o‘z idishiga katta qoshiq va sanchqi yordamida olinadi: qoshiqni o‘ng qo‘lda, sanchqini chap qo‘lda ushlanadi. Sanchqi yordamida ovqatni qoshiqqa olinadi, qoshiq bilan esa uni ushlab turiladi yoki qayla olish uchun ham ishlatsa bo‘ladi. 177 Sous va sho‘rvalarni o‘z kosasiga maxsus cho‘mich yordamida quyiladi, bunda dasturxonga to‘kib yubormaslik uchun juda ehtiyot bo‘lish lozim (o‘zbek xonadonlarida sho‘rvali ovqatlar hammaga alohida kosalarga quyib uzatiladi) . Desert jihozlar bilan gazak hamda shirin pishiriqlar yyeyiladi. Ular kichik hajmga ega bo‘lgan pichoq, sanchqi va qoshiqlardir. Salatlar uchun maxsus jihozlar, kofe qoshiqchalari, qand qisqichlari, tortning kurakcha va qisqichlari – bularning hammasi asosiy jihozlarni to‘ldiradi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling