Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Ochiq havodagi mehmondorchilik Taomni tayyorlash uchun yetarli masalliqlarga ega bo‘lgan taqdirda uydan tashqarida toza havoda ham mehmonlarni kutsa bo‘ladi. Buning uchun esa mehmonlar ko‘z oldida tayyorlangan ishtaha qo‘zg‘atadigan bu taomni qulay sharoitda tanovul qilishlari uchun yaxshi joy topishning o‘zi yetarli. Biror bir daraxtning soyasiga to‘g‘irlab dasturxon yoziladi. Dasturxonning rangi dilni yoritadigan tusdagisi tanlash lozim. Bir necha savatchalar qo‘yiladi (birida jihozlar, ikkinchisida ko‘proq salfetka-sochiq) kosa va bokallar qo‘yiladi. Bog‘dagi mehmondorchilik yog‘li toamlarni istisno qiladi, odatda sabzavotlar idishda assorti hamda sovutilgan meva va ichimliklar beriladi. Mehmonlar o‘zlariga o‘zlari xizmat ko‘rsatadilar, likopni qo‘lda tutadilar va qulay joy topib, turib yeydilar. Dala hovlida biron qabulni tashkillashtirar ekansiz, shahardagi joylar rangi uyg‘unligini tabiat ranglari ta’minlashni ham nazarda tutish kerak. CHinnini bu erda rangli sopol, shishani esa – yorqin rangdagi plastmassa qoplaydi. Dala hovlidagi o‘choq – bularning hammasi ochiq havoda pishiriladigan tovuq, o‘rdak yoki boshqa milliy taomlar tayyorlanadigan asosiy kerakli ashyo sanaladi. Dala hovlida stolni uydagidek tuzatishmaydi, dasturxon oddiyroq bezatiladi, biron narsa yetishmasa mehmonlar sizni kechirishadi, stoldan qo‘llari bilan biror narsani olishsa esa, siz ularni kechirasiz. Dasturxon atrofidagi mehmondorchilik va suhbat oddiy va yengil bo‘ladi. Biz dala hovlida bo‘lsa ham tanatanani yaxshigina qilib o‘tkazgimiz keladi. Masalan, agar siz tug‘ilgan kun yoki to‘yingizning yilligini dalahovlida nishonlamoqchi bo‘lsangiz, albatta, mehmonlar yaxshiroq narsalar umidida bo‘ladilar. Taomlar ro‘yxatini ular xursand bo‘ladigan, uyda o‘tirmasdan keladigan darajada qilish ham – san’at. Shunday dasturxon solingki, uning chetidagi kashtalari tabiatga monand bo‘lsin – va bog‘dagi yozgi stol yashnaydi. Mehmonlarni kutib olishga qurbingiz yetadigan darajada taklif qiling. Taomni xushbo‘y isi va toza havo ishtahani ochib yuborishni yodda tutish kerak. Dasturxonga 181 oldindan chiroyli salat, pishloq, turli shirin pishiriqlar, mevalarni hamda bokal to‘la ichimliklarni qo‘ysa bo‘ladi. Dala hovlidagi mehmondorchilik – murakkab taomlardan ko‘ra yaxshi kayfiyat afzal bo‘ladigan, yozgi kechalarning sehri va chiroyli musiqaning ovozi sizning tashvishiningizni ko‘taradigan, oliy qoidalardan voz kechilgan qabuldir. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling