Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
DASTURXON TUZASH Norasmiy tushlikdagi dasturxonni tuzash Dasturxon. Oppoq dasturxon barcha tanatanli voqealar va kechalar uchun mo‘ljallangan, uning xususiyati shundaki har qanday rangdagi idishlar va gullar chiroyli ko‘rinish kasb etadi. Atirgullar, billur bokallar, kumush shamdonlar va qadimgi farfor, yaxshi saqlangan vino, to‘y yilligi va unashtirish marosimi kabi quvonchli damlar uchun kerakli bo‘lgan muhitni yaratib bera oladi. Bahor kayfiyatini paydo qilishda oq kashta bilan tikilgan och-yashil yoki havo rang, pushti tusdagi nafis rangli dasturxonlar qo‘l keladi. Landish, lola, narsiss, giatsinta, krokuslar va boshqa bahor gullari unga yanada chiroy beradi. Quyoshga o‘xshash jazirama va issiq yozda oq yoki sariq rangdagi kashtali sariq tusdagi nafis dasturxonlar to‘g‘ri keladi. Stolni o‘z bog‘ingizdagi gullar, savatchadagi mevalar, bug‘doy tolalari – bu yilning ramzi sifatida bezash mumkin. Kuz faslidan ma’yuslik va osoyishtalik nafasi ufurib turadi, yilning bu faslida ehtimol oq yoki havo rangdagi dasturxonlar to‘g‘ri keladi, uni mevali taomlar hamda kuzgi barglardan yasalgan guldastalar bilan bezatish mumkin. Gullarni stolning o‘rtasida turishi shart emas, ular tegishli guldonlarda eng qulay joylarga qo‘yiladi. Gullar ovqatni va qarama-qarshi o‘tirgan odamlarni to‘smasligi lozim. Bugungi kunda, dasturxonni bezashning maxsus qoidalari yo‘q. Bu yerda uy bekasining didi muhim rol o‘ynaydi. Dasturxonning oqilona, maqsadga muvofiq qilib bezatilishi yaxshi hisoblanadi, lekin u qimmatbaho idish-tovoqlarni, nafis shishadan bo‘lgan va billur qadahlarni, hamda kumush qoshiq sanchqi va pichoqlarni ko‘z-ko‘z qilish, qisqasi, maqtanish odobsizlik hisoblanadi. Norasmiy tantanali tushlik Jihozlar qanday bo‘lmasin, ularni batartib yozilgan oppoq dasturxon chetidan bir qarichda joylashadiki, unda mehmonlarning joyi o‘rtasidagi masofa baravar bo‘lishi lozim. Salfetka kichik kosaga qo‘yiladi; agar darhol gazak qo‘yilgan bo‘lsa, unda salfetka sanchqidan chaproqqa sanchqini yopib yubormagan holda qo‘yiladi. 179 Shunday kosalarni chekkalar ham jihozlarni yopib qo‘ymasligi lozim. Stol bezatishda qolgan narsalar, stolning hajmi, taklif qilingan mehmonlarning soniga ham bog‘liq. Masalan, katta bo‘lmagan doira shaklidagi stolga agar go‘sht va sabzavotli taomlar tortilishi taqozo etilsa, unda stol bezaklaridan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Taomlardan tashqari bunda stolga faqat sham qo‘yilgan shamdon qo‘yish mumkin. Shamlar chiroqlarni o‘chirib yoqiladi, o‘tirganlarning ko‘zlaridan baland bo‘lmasligi lozim (shamdonlar istalgan xona uchun ziynat vazifasini o‘taydi, kerak bo‘lsa ularni yoqish ham mumkin.) Odatda tushlik uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar qo‘yilib, ular bilan birga disert jihozlarini ham qo‘yish mumkin. Birinchi holatda disert sanchqilar va qoshiqlar yoki faqat qoshiqning o‘zi kosadan oldin qo‘yiladi. Norasmiy tushlikda to‘rtta taomdan ortiq taom bo‘lishi kamdan-kam uchragani uchun, odatda ikkitadan pichoq – bittasi gazak uchun (agar oldindan rejlashtirilgan bo‘lsa), boshqasi esa – go‘sht uchun beriladi. Pishloqli salat uchun esa maxsus pichoq zarur. Jihozlarni kosaning o‘ng va chap tarafidan ketma-ketlikda chekkadan markazga qarab shunday joylashtirilib chiqiladiki, birinchi taom uchun kerakli bo‘lgan pichoq va sanchqilar kosadan uzoqroq joylashtiriladi. Odatda ikkita sanchqi – bittasi go‘shtga, ikkinchisi salat uchun mo‘ljallab qo‘yiladi, ammo uchtadan ortiq bo‘lmasligi lozim. Salat uchun mo‘ljallangan sanchqi kosaga yaqinroq qo‘yiladi; agar salat gazak sifatida tortilsa, tabiiyki, sanchqi ham birinchi qo‘yiladi. Norasmiy tushliklarda muz bilan sovuq kofe yoki choy beriladi. Uy egasining xohishiga ko‘ra choy yoki kofe tushlikning oxirida chashkachalarda tortiladi. Muz bilan qoshiqchani pichoqdan o‘ngga qo‘yiladi. Sovuq kofega qaymoq bilan qand tortiladi. Yaxshisi, choyga avvaldan shakar va limon qo‘shib, uni muz solingan stakanlarga to‘g‘ri idishdan quygan ma’qul. Sho‘rva va meva qoshiqlari stolga pichoqlarning o‘ng tomonidan qo‘yiladi. Agar issiq kofe yoki choy tashkillashtirilsa, unda kofe yoki choy qoshiqlar chashkani kosasiga, o‘ng tarafidan ushlagichini o‘ngga burib uzatiladi. Stolga yana sariyog‘ uchun kosalar hamda pichoqlar ham qo‘yiladi, bunda pichoqni turlicha qo‘yish mumkin: ko‘ndalang holda kosaning tepa qismiga, xo‘randaga tig‘i bilan qaratilgan holda qo‘yiladi, kosaning tepa qismiga uchini markazga qaratgan holda joylanadi, ba’zida esa qolgan pichoqlarga parallel, tig‘ini chapga qaratib qo‘yiladi. Norasmiy stolga qo‘yiladigan tuzdon va murchdonlar turlicha bo‘ladi – yog‘ochdan, shishadan qilingan uksus, garmdori, murch va boshqa ziravorlar uchun mo‘ljallangan idishlardir. Agar stol juda katta bo‘lsa, tuz va garmdori har bir emas, oralab qo‘yiladi. Buning uchun unchalik katta hajmga ega bo‘lmagan shisha, billur, keramika va farfordan foydalaniladi. Tushlikdan oldin ularni qayta to‘ldirib, qoshiqlarni qo‘yib qo‘yish kerak. Albatta, agar ular shaxsiy bo‘lmasa. Shuni yodda tutish lozimki, kumush qopqoqli tuzdonni har foydalanganda qopqog‘ini tozalash lozim. Aks holda tuzdonni teshiklari to‘lib qoladi va mehmon kosasidagi tuz u 180 istagandan ko‘ra ko‘payib kyetishi yoki umuman tuz bo‘lmasligi mumkin. Mehmonlar orasida chekadiganlar bo‘lsa, unda norasmiy tushlikda ular stol oldida chekishlari mumkin. Har bir jihozga qo‘shib bittadan kuldon qo‘ysa ham, yoki katta bitta kuldon qo‘yib qo‘ysa ham bo‘ladi. Garchi kuldon bilan gugurt qo‘yilgan bo‘lsa ham, uy bekasiga odatda stolda chekishni taklif qilishmaydi. Chekuvchilar o‘zlari istagan sigaret markasini tanlab olishadi degan holat nazarda tutiladi. Chekishni taklif qilmas ekan, uy bekasi stol atrofida chekishdan o‘zini tiyishni afzal ekanligiga shama qiladi. Hozirgi kunga kelib chekmaydigan soni kamayib bormoqda, shu bois ular atrofdagilarga e’tibor berishlar lozim. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling