Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Tilak bildirish
Mehmon sog‘lig‘i uchun aytilgan tilaklar. Agar mezbon biror-bir mehmon uchun tilaklar izxor qilsa, unda to mehmondorchilik tugagunga qadar u qolgan mehmonlarni nazardan qoldirmasligi lozim . 194 Mehmonlar bo‘lsa, faqat kechaning sababchisi uchungina tilak bildiradilar. Agar tilak uy egasiga aytilgan bo‘lsa, uy bekasi ham chiroyli izhorlardan qolib ketmasligi lozim. Tilak aytilgan vaqtda dasturxon atrofidagilar uni izhor qilayotgan kishiga nisbatan hurmatni ko‘rsatish uchun yemak jihozlarini likop chetiga qo‘yib, o‘zaro suhbatlar va tanovulni to‘xtatib diqqat bilan tinglaydilar. Tilak uchun eng qulay vaqt ovqatlar orasidagi tanaffusdir, chunki bu vaqtda odamlar ovqat yeyishdan to‘xtagan bo‘ladi, ovqat sovumaydi va hammaning diqqati notiqda bo‘ladi. Dasturxonga ovqat tortilayotgan va odamlar ishtaha bilan yeb turgan vaqtda so‘z boshlamaslik kerak. Yaxshilab gapirilgan, jonli va qisqa tilak ziyofatni qizitib, jonlantirib yuboradi. Nutqning qisqa va tushunarli bo‘lishi – asosiy shartdir. Tantanali qabullarda odatda, erkaklar tilakni o‘rinlaridan turgan holda tinglaydilar, ayollarni turishlari shart emas. Agar izhor qiluvchi tilakdan oldin bokal to‘ldirilgan vinoni ko‘krakka qadar ko‘tarib olgan bo‘lsa, unda boshqa erkaklar ham xuddi shu vaziyatda turadilar. Agar izhor qiluvchi tilakdan avval bokalni qo‘lga olmasa, unda boshqa erkaklar ham tinglayotganlarida xuddi shu vaziyatni saqlaydilar, faqatgina tilak nihoyasiga yetgandan so‘nggina, odatda tilak aytuvchi so‘zini tugatgach, bokalni qo‘liga olganda, ular bokallarni qo‘llariga oladilar. O‘z nomiga aytilgan tilakning egasi tilak bilan javob bermog‘i darkor. Tilakda aytilgan maqtovlarni ayol kishi tabassum bilan qabul qilib, boshqalar turgan bo‘lsalar ham o‘z joyida o‘tiraveradi. Bu paytda u qo‘lida vino to‘ldirilgan bokalni, to izhor tugagunga qadar ushlab turadi. Aslida olganda, tilak aytilgan izhor «egasi» hech qachon to boshqalar ichmagunlariga qadar ichimlikdan ichmaydi, aks holda esa u o‘zi uchun o‘zi qadah ko‘tarib, nokamtarinlik qilgan bo‘ladi. Stol qarshisida o‘tirgan ayol bilan tilak bildirgan kishi uning nigohini «tutib olib» qadahni nomiga ko‘tarib bajaradi. U agar boshqalar turmasalar yoki bunga bir asos bo‘lmasa, o‘rnidan turmaydi. Agar juftlik xoli o‘tirishgan bo‘lsalar, tilak sifatida erkak bir-ikki og‘iz yarim hazil so‘zlar bilan, masalan, «chiroyli ko‘zlaringiz uchun», «baxtli daqiqalar uchun» ichishga taklif qilish bilan kifoyalanadi. Evrupo davlatlarida ba’zida tantanali tilaklardan keyin ichib bo‘lgan qadahni yerga urib sindiradilar. Bizda esa biror narsani sinishi yaxshilik alomati deb hisoblanmaydi. Rasmiy tushliklarda tanovul tugagunga qadar tilaklar aytilmaydi va ular tantanali nutqlar oldidan aytiladi. Ilk tilakni soqiy aytadi, qolganlarini esa – uning ruxsati bilan izhor qilishadi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling