Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Oshxona jihozlari 
Taomlar xilma-xilligiga qarab, asosiy oshxona jihozlari turlicha bo‘lishi 
mumkin. Stolda servirovka uchun mo‘ljallangan jihozlaridan tashqari oshxona 
jihozlari bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: alohida qoshiqlar, sanchqilar, qisqichlar. 
Ovqat vaqtida foydalaniladigan asboblar pichoq, sanchqi, qoshiq va boshqalardan eng 
ko‘p ishlatiladigani pichoq, sanchqi, sho‘rva qoshig‘i, disert qoshiq va choy 
qoshig‘idir. Ovqat vaqtida foydalaniladigan idish va buyumlarning hammasi juda 
ham toza va benuqson bo‘lishi lozim.
Dasturxon bezashning ma’lum qoidasi bor. Dastlab, stoldagi likopchalar to‘g‘ri 
chiziq bo‘yicha terib qo‘yiladi. Asosiy likopchalarning chetlari hamda pichoq va 
sanchqilarning soplari stol chetiga etib yoki 1-2sm etmay turadi. Barcha asboblar qo‘l 
etadigan joyda turadi; oldin ishlatiladigan buyumlar likopchadan nariroqqa, olish 
qulay joyga qo‘yiladi. Non qo‘yiladigan idish (agar kesiladigan non turlari bo‘lsa) 
asosiy likopchaning chap tomoniga, stol chetiga yetkazmay qo‘yiladi. 
Pichoqlar asosiy likopchaning o‘ng tomoniga tig‘ini likopcha tomoniga qaratib, 
sanchqi esa chap tomoniga, dasturxonni teshib yubormasligi uchun uchini yuqori 
qilib qo‘yiladi. 
Qoshiqlarning botiq tomonini yuqoriga qaratib qo‘yiladi. Likopchaning 
orqasidagi sho‘rva qoshig‘i bilan desert qoshiq stol chetiga parallel yotishi, ularning 
sopi o‘ng tomonga qaratilishi lozim. Sho‘rva qoshig‘ini likopchaning o‘ng 
tomonidagi pichoq yoniga qo‘yish mumkin. 
Har xil meva suvi, va ichimliklar uchun maxsus tor stakanlar, yoki bakallar 
qo‘yiladi. 
Foydalanish qoidalari: 
 Umumiy taomdan o‘z idishiga katta qoshiq va sanchqi yordamida olinadi: 
qoshiqni o‘ng qo‘lda, sanchqini chap qo‘lda ushlanadi. 
 Sanchqi yordamida ovqatni qoshiqqa olinadi, qoshiq bilan esa uni ushlab 
turiladi yoki qayla olish uchun ham ishlatsa bo‘ladi.


177 
 Sous va sho‘rvalarni o‘z kosasiga maxsus cho‘mich yordamida quyiladi, 
bunda dasturxonga to‘kib yubormaslik uchun juda ehtiyot bo‘lish lozim (o‘zbek 
xonadonlarida sho‘rvali ovqatlar hammaga alohida kosalarga quyib uzatiladi) . 
 Desert jihozlar bilan gazak hamda shirin pishiriqlar yyeyiladi. Ular kichik 
hajmga ega bo‘lgan pichoq, sanchqi va qoshiqlardir.
 Salatlar uchun maxsus jihozlar, kofe qoshiqchalari, qand qisqichlari, tortning 
kurakcha va qisqichlari – bularning hammasi asosiy jihozlarni to‘ldiradi. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling