Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Shu jihatdan ham, mehmon hamda mezbon oldiga etiket quyidagi
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Shu jihatdan ham, mehmon hamda mezbon oldiga etiket quyidagi
talablarni qo‘yadi: Mehmon uchun joyni to‘g’ri tanlash bu – ularni kamroq bezovta qiladigan hamda ular uchun qulay bo‘lgan joydir. Ya’na e’tiborli joy uy egasini chap yoki o‘ng tomonida ham bo‘lishi mumkin. 188 Uy bekalari stol chekkasida, ba’zi-ba’zida oshxonadan xabar olib kelish uchun chiqishga qulay bo‘ladigan joyda o‘tiradi. Uchrashuv tashkilotchisi va uy egasining vazifasi mehmonlarda do‘stona munosabat hamda yaxshi kayfiyatni vujudga keltirishdir. Stolga o‘tirgach gavdani to‘g‘ri tutishga harakat qilmoq lozim. Stulda cho‘zilmasdan, bir oz suyangan holda o‘tirgan ma’qul. Mehmonlarni yashash tarzi, yoshi, faoliyatiga qarab dasturxon uchun mebel jihozini tanlagan ma’qul: agar xontaxta o‘tirishga o‘rgangan mehmonlar ko‘pchilikni tashkil qilsa, ko‘p hollarda qarindoshlarni kutganda, xontaxtadan foydalangan yaxshi. Ishxonadan, yoshlar, umuman xontaxta atrofida o‘tirishga o‘rganmagan mehmonlar uchun stol yaxshi. Albatta bunda moddiy imkoniyatlar ham nazarda tutiladi. Agar sharoitingiz bo‘lmasa, qariyalarga yumshoq kursi taklif qilgan ma’qul. Tirsak stolga qo‘yilsa, yonveridagilarga xalaqit beradi. Likopchaga haddan tashqari egilib ovqatlanilmaydi. Sochiqni tizzaga yoyib olgan ma’qul. Qo‘l va lablarni qog‘oz salfetkalar bilan artgan yaxshi. Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng sochiq stolga qo‘yiladi. Ovqatni uy bekasining o‘ng tarafida o‘tirgan ayoldan boshlab uzatiladi. Ovqatni sizga yoqmagani yoki to‘g‘ri kelmasligini bahona qilib taomdan voz kechilmaydi. Raddiya zarur bo‘lsa, uzoq tushuntirishlarsiz, odob bilan buni bajarish lozim. O‘zbeklarda nomiga qoshiqni og‘izga olib, tashakkur bildirib qo‘yiladi. Agar qoshiq yoki sanchqini tushirib yuborsangiz, uni olishga harakat qilmaslik kerak. Boshqa tozasini so‘rash joiz. Ovqatlanayotgan paytda sanchqini chap, pichoqni o‘ng qo‘lda ushlaydilar. Kichik barmoqni yuqoriga ko‘tarib, qolgan barmoqlar bilan qoshiq yoki Shunga o‘xshash narsalarni ushlash yaxshi emas. Qoshiqni birovga uzatayotganda o‘rtasidan ushlagan holda berish lozim. Qo‘ldan olganda esa qoshiqni ushlaydigan joyidan oladi. Issiq ovqatni yo ichimlik puflab ichilmaydi. Chapillatib eyilmaydi. Xo‘rrilatish ham adabsizlik sanaladi. Yaxshi tarbiya ko‘rgan kishi ovoz chiqarmasdan, tinchgina, bamaylaxotir, shoshilmay va shalpaymay ovqatlanadi. Umumiy ovqatdan eng katta bo‘laklarni olib yyeyish yaxshi emas. Faqat oldidan olib yegan ma’qul. Og‘izni to‘ldirib yyeyish yoki katta tishlamagan yaxshi. Ovoz chiqarib yemaslikka harakat qilish, og‘izni yumib chaynash lozim. 189 Dasturxonda siz uchun kerak bo‘lgan narsaga cho‘zilib intilmay, uzatib yuborishni iltimos qilish lozim. Og‘zingizni kuydirib olsangiz, ketidan sovuq suv ichib yuborish joiz. Bundan boshqacha harakatlar noo‘rin. Og‘zingizga tushgan nobop taom, qanchalik ko‘ngilni buzmasin, uni chaynab yutish shart. Imkon bo‘lmasa bildirmasdan, undan «qutulish» kerak. Og‘izdan faqat baliq qiltanoqlari yoki mevani danaklarigina chiqishi mumkin. Agar tuzdonda qoshiq topilmasa, tuzni pichoqni uchida olib ishlatish mumkin. Bunda pichoq albatta, quruq va toza bo‘lmog‘i darkor. Ovqatlanish vaqtinchalik to‘xtatilganida, qoshiq va sanchqilar asbobi kosani ustiga qanday ushlangan bo‘lsa Shunday qo‘yiladi. Kosaning ustiga ushlagichi bilan bir-biriga parallel qo‘yilgan anjomlar kosani almashtirish yoki yig‘ishtirib olish mumkin ekanligini bildiradi. Uy egasi hammadan oldin boshlab, hammadan keyin ovqatlanishni to‘xtatadi. Ayniqsa, agar u oxirgi taom bo‘lsa, boshqalar tugatishini kutib turish lozim. Dasturxon ustida chekilmaydi. Agar erkak kishi dasturxondan turishni istasa, ruxsat so‘raladi. Bayram oldi dasturxon atrofiga faqat yoshi kattaroq bo‘lgan bolalarni o‘tqizgan ma’qul. Bunda ular barchadan oldin dasturxonga qo‘l uzatishlari joiz emas, hamda kattalar boshlab bergandan keyin boshqalarni taklif qilgandan so‘ng taomni boshlagan ma’qul. Bundan tashqari, kattalar bilan dasturxon atrofida o‘tirgan bolalar madaniyatli bo‘lgan kattalar kabi umumiy qoidalarga bo‘ysungan holda o‘zlarini tutishlari lozim. Mehmonlar kelgandan so‘ng mezbon televizorni o‘chirib qo‘ygan ma’qul. Faqat ba’zi holatlardagina mehmonlarga barcha yig‘ilgunga qadar qiziqarli ko‘rsatuvni ko‘rishni tavsiya yetish mumkin. Mehmonlar bu taklifingizga nisbatan e’tiborsizlik bildirsalar, bu fikrdan qaytgan ma’qul. Uy bekasi kunini oshxonada o‘tkazmasligi kerak. Oldindan mehmondorchilikka tayyorlanib qo‘yish lozim. Mehmonlar bilan bir oz o‘tirish darkor. Idish yuvishni keyinga qo‘yish kerak. Bunday paytlarda unga dugonasi, yoqin qarindoshi yoki turmush o‘rtog‘i yordam berishi mumkin. Uyga mehmonlar tashrif buyurganlarida uzundan-uzun telefon suhbatlarini qurish. Uy egalari dasturxon atrofida nafaqat tashkiliy jihatdan, balki munosabat olib borish jihatdan ham ustamon bo‘lishlari lozim. Ular biror bir o‘tirganlarning befarosatligi tufayli vujudga kelgan noqulay holatlarga barham bergan holda, hajviyalarni haddan tashqari chegaradan chiqmasligini ham kuzatib turishlari kerak. 190 Ular mehmonlarning har biriga alohida e’tibor bilan qarashlari lozim. Uy bekasi tomondan tayyorlangan taomni tanqid qilish mumkin emas. Biroq maqtash – shart. Dasturxon atrofida kasalliklar va ko‘ngilsiz narsalar haqida gapirilmaydi. Sizdan uzoqroq joylashib olgan odam bilan, suhbat olib bormang, unga yaqinroq o‘tirib olish imkoniyatini kutish mumkin. Qiziqarsiz va boshqalarga tushunarsiz bo‘lgan mavzularni chetlab o‘tgan ma’qul. Kyetishdan avval yaxshi mehmondorchilik va qiziqarli o‘tkazilgan vaqt uchun uy egalariga minnatdorchilik bildirib qo‘yishni kanda qilmaslik lozim. Boshqalardan avvalroq turib ketmoqchi bo‘lsangiz, bildirmasdan chiqib kyetishga harakat qiling. Uy egalaridan uzr so‘rab xayrlashiladi. Mehmondorchilikda yarim tungacha qolib, o‘tirib qolmang. Ayniqsa agar mezbonlarning farzandlari bo‘lsa. Mehmonlar ketgandan so‘ng xonani kuzatib chiqib, imkon qadar tartib bilan yig‘ib qo‘yish lozim. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling