186
Rasmiy qabullarda spirtli ichimliklar klassik sxema bo‘yicha tortiladi. Go‘shtli
taomlarga – qizil vino, baliqli taomlarga — oq vino. Barcha qizil vinolar uncha sovuq
bo‘lmagan holda tortiladi, shampan vinosi muz to‘ldirilgan metal vazada tortiladi va
mehmonlarga quyib berishdan oldingina vazasidan olinadi.
Inglizlar choyni sevishi hammaga ma’lum. Choy sut va shakar bilan birgaliqda
tortiladi. Xitoy choyi ham juda sevib ichiladi.
Xitoyliklarning ovqatlanish etiketi ham murakkab hisoblanadi. Tantanali
banketlar o‘tkazilgan paytda xitoyliklar maxsus qonun-qoidalarga amal qilgan holda
mehmonlarii 10-12 kishidan iborat bir stol atrofiga o‘tkazadilar. Taomlar katta
likopchalarda tortiladi. Stolni bezash ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
asosan bir
xil ranglar majmuasi tanlanadi (ko‘pincha ko‘k-oq), turli ranglar ishlatilmaydi.
Taomlar chiroyli kesilgan mahsulotlardan iborat bo‘ladi.
Tushlik oldidan ko‘k choy ichiladi, keyin maxsus
idishlarda yaxna taomlar
tortiladi.
Ho‘l mevalar stolga ovqatlanishning boshida tortiladi,
ularni qaysi taom
tortilishidan qat’iy nazar iste’mol qilish mumkin. Baliq butunligicha,
boshini eng
hurmatli mehmonga qaratgan holda stolga tortiladi. Xitoyliklar ovqatlanish
jarayonining o‘zidan lazzatlanadilar. Piyolada tordiladigan
guruchning tepa qismi
sous bilan aralashtirilib yeyiladi.
Ovqatlanish yakunida sho‘rva va undan so‘ng yana choy tortiladi. Shu tartibdagi
ovqatlanish hazm qilish uchun foydali hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: