Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Ochiq havodagi mehmondorchilik 
Taomni tayyorlash uchun yetarli masalliqlarga ega bo‘lgan taqdirda uydan 
tashqarida toza havoda ham mehmonlarni kutsa bo‘ladi. Buning uchun esa 
mehmonlar ko‘z oldida tayyorlangan ishtaha qo‘zg‘atadigan bu taomni qulay 
sharoitda tanovul qilishlari uchun yaxshi joy topishning o‘zi yetarli. Biror bir 
daraxtning soyasiga to‘g‘irlab dasturxon yoziladi. Dasturxonning rangi dilni 
yoritadigan tusdagisi tanlash lozim. Bir necha savatchalar qo‘yiladi (birida jihozlar, 
ikkinchisida ko‘proq salfetka-sochiq) kosa va bokallar qo‘yiladi. Bog‘dagi 
mehmondorchilik yog‘li toamlarni istisno qiladi, odatda sabzavotlar idishda assorti 
hamda sovutilgan meva va ichimliklar beriladi. Mehmonlar o‘zlariga o‘zlari xizmat 
ko‘rsatadilar, likopni qo‘lda tutadilar va qulay joy topib, turib yeydilar. 
Dala hovlida biron qabulni tashkillashtirar ekansiz, shahardagi joylar rangi 
uyg‘unligini tabiat ranglari ta’minlashni ham nazarda tutish kerak. CHinnini bu erda 
rangli sopol, shishani esa – yorqin rangdagi plastmassa qoplaydi. Dala hovlidagi 
o‘choq – bularning hammasi ochiq havoda pishiriladigan tovuq, o‘rdak yoki boshqa 
milliy taomlar tayyorlanadigan asosiy kerakli ashyo sanaladi.
Dala hovlida stolni uydagidek tuzatishmaydi, dasturxon oddiyroq bezatiladi, 
biron narsa yetishmasa mehmonlar sizni kechirishadi, stoldan qo‘llari bilan biror 
narsani olishsa esa, siz ularni kechirasiz. Dasturxon atrofidagi mehmondorchilik va 
suhbat oddiy va yengil bo‘ladi. 
Biz dala hovlida bo‘lsa ham tanatanani yaxshigina qilib o‘tkazgimiz keladi. 
Masalan, agar siz tug‘ilgan kun yoki to‘yingizning yilligini dalahovlida 
nishonlamoqchi bo‘lsangiz, albatta, mehmonlar yaxshiroq narsalar umidida 
bo‘ladilar. Taomlar ro‘yxatini ular xursand bo‘ladigan, uyda o‘tirmasdan keladigan 
darajada qilish ham – san’at. Shunday dasturxon solingki, uning chetidagi kashtalari 
tabiatga monand bo‘lsin – va bog‘dagi yozgi stol yashnaydi. 
Mehmonlarni kutib olishga qurbingiz yetadigan darajada taklif qiling. Taomni 
xushbo‘y isi va toza havo ishtahani ochib yuborishni yodda tutish kerak. Dasturxonga 


181 
oldindan chiroyli salat, pishloq, turli shirin pishiriqlar, mevalarni hamda bokal to‘la 
ichimliklarni qo‘ysa bo‘ladi. Dala hovlidagi mehmondorchilik – murakkab 
taomlardan ko‘ra yaxshi kayfiyat afzal bo‘ladigan, yozgi kechalarning sehri va 
chiroyli musiqaning ovozi sizning tashvishiningizni ko‘taradigan, oliy qoidalardan 
voz kechilgan qabuldir. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling