Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Salfetka – sochiq shakshubhasiz stol servirovkasidir. Axir ularsiz stoldagi
ozodalik hamda batartiblikni ushlab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, yaxshi dazmollangan, chiroylik taxlangan sochiqlar hatto stolga ziynat qo‘shadi. Sochiqlarni o‘rashda turli usullar mavjud, lekin biz qo‘limiz kamroq tegishi mumkin bo‘lgan va yozilganda g‘ijim ko‘rinish kasb etmagan, oddiy hamda qulay usulubni ko‘proq tavsiya etamiz. Stolni nonushtaga yoki tushlikka tayorlashda, odatda salfetkalarni to‘rtga bo‘lib, uchburchak shaklida yarmidan buklab, so‘ng ruletga o‘xshab o‘raladi, bu esa unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi, tantanali kechki ovqat yoki tushlikka esa nisbatan murakkabroq taxlashlar – elkan, qalpoqcha, sham va b. shakllarda o‘raladi. O‘ralgan sochiqlarni har bir mehmonning gazak uchun mo‘ljallangan kosasiga qo‘yib chiqiladi. Sochiqlarni qog‘oz salfetkalar bilan almashtirish mumkin, o‘z-o‘zidan ma’lumki, tejamkorlik maqsadida ularni qismlarga kesmalik lozim. Sochiqlardan to‘g‘ri foydalanish usuli. Stolga o‘tirgandan so‘ng, kosada juda chiroyli qilib o‘ralgan oppoq sochiqni ko‘rgan ba’zi odamlar, uni oldida o‘zini bir oz iymanibroq tutadilar. Ba’zida uni pichoq, sanchqi, qoshiq kabi jihozlardek zarur ekanligini, odamga tanovul paytida yemak uchun yordamchi vazifasini o‘tashga mo‘ljallanganini bilmay, sekingina bir chetga olib qo‘yishga harakat qiladilar. Yuqorida aytilgandek, yaxshi dazmollangan va me’yorida kraxmallangan, chiroyli taxlangan sochiqlar shubhasiz stolni bezaydi, servirovkani boshqa narsalari bilan birga ularni yanada chiroyli ko‘rsatadi. Salfetkani asosi vazifasi kostyumni tasodifiy taom tomchilari, to‘kilishlar, ushoqlarni tushishi kabi noxush holatlardan saqlashdan iborat. U bilan yana barmoqlar va lablar tanovul mobaynida hamda undan keyin artiladi. Bevosita tanovuldan avval sochiqni yoyib, ikkiga buklab, tizzaga yoyiladi. Sochiqni yoqaga yoki bo‘yinboqqa qistirib osib olish noo‘rindir. Tamaddi vaqtida tasodifan kir bo‘lgan barmoqlarni e’tiyotkorlik bilan sochiqni ustidan, tizzadan olmasdan turib artiladi. Lablarni artish uchun esa, ikki qo‘l bilan tizzadan salfetkani olib, uchidan burab, o‘rtasini lablarga tekkaziladi. Lablarni nomigagina salfetka bilan artish xunuk ko‘rinadi. Salfetkani burun artish yoki uni qo‘l kirlanganda qo‘l sochiq qilish umuman to‘g‘ri kelmaydi. Stolga o‘tirgach jihozlarni yaxshilab nazardan o‘tkazib, biron narsa 178 topib olgach, uni salfetka bilan tozalashga tushish yaxshi emas. Bu bilan siz uy egalarini orasta ekanliklariga gumoningiz borligini bildirib, ularni ranjitasiz. Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng sochiqni avvalgi holatga keltiraman deb, uni ishtiyoq bilan taxlashga kirishib ketmang, balki batartiblik bilan kosani o‘ng tomoniga qo‘yib qo‘ying. Stulni suyanchig‘iga yoki o‘rindiqqa sochiqni tashlab qo‘yish ham yaramaydi. Agar tasodifan sochiq tizzadan polga tushib ketsa, tashvishlanmang: tozasini berishini iltimos qiling, zero, poldan olingan salfetka bilan foydalanish mumkin emas. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling