Ortonormal sistemalar. Ortogonallashtirish jarayoni
Download 261 Kb.
|
Ortonormal sistemalar Ortogonallashtirish jarayoni 00dbeea3e7867 (2)
UNITAR FAZOLAR
Unitar fazo - evklid fazosining kompleks ko`rinishi. Ta`rif. Agar V kompleks chiziqli fazoda ikki vektor argumentli (x,y) kompleks qiymatli funktsiya uchun ushbu: xar qanday uchun xar qanday uchun xar qanday uchun xar qanday nol`dan farqli vektor uchun shartlar bajarilsa, u V kompleks chiziqli fazodagi skalyar ko`paytma deb ataladi. Skalyar ko`paytma aniqlangan V kompleks chiziqli fazo esa unitar deb ataladi. Ravshanki, unitar fazoning xar qanday qismfazosi xam unitar fazo. Ikkinchi va uchinchi shartlar skalyar ko`paytma birinchi argumenti bo`yicha chiziqli ekanligini ko`rsatadi. Bundan va birinchi shartdan ikkinchi argumenti bo`yicha 2-turchiziqli ekanligi, ya`ni shartlarning xar qanday uchun bajarilishi kelib chiqadi (isbotlang). Bularga ko`ra, unitar fazodagi skalyar ko`paytma ermit formasi bo`lib, unga mos kvadratik forma musbat. Misol ko`ramiz. Agar fazoda va skalyar ko`paytmani tenglik bilan kiritsak, unitar fazoga aylanadi (tekshiring). Evklid fazosidagi kabi unitar fazoda xam, Gram determinanti tushunchasi kiritiladi va vektorlar tizimi chiziqli erkli bo`lsa, ularning Gram determinanti musbat ekanligi va aks xolda - nol’ga teng ekanligi isbotlanadi. Bu teoremani ikkita vektordan iborat tizimga tatbiq qilib, unitar fazo uchun Koshi-Bunyakovskiy tengsizligini olamiz. Unitar fazoda bu tengsizlikning ko`rinishi quyidagicha: Unitar fazoda vektorning uzunligi xuddi evklid fazodagidek ta`riflanadi: uchun Koshi-Bunyakovskiy tengsizligidan V unitar fazoning xar qanday x,y vektorlari uchun tengsizlikning o`rinli ekanligi kelib chiqadi. Bu evklid fazodagi kabi unitar fazoda ushbu tenglik orqali metrika kiritishga imkon beradi. Unitar fazoda ikkita vevstor orasidagi burchak tushunchasi kiritilmaydi, ammo ortogonallik tushunchasi kiritiladi: agar unitar fazodagi nol’dan farqli ikkita vektorning skalyar ko`paytmasi nol’ga teng bo`lsa, ular ortogonal deb ataladi. Ortogonal va ortonormal tizim tushunchalari xuddi evklid fazosidagidek kiritiladi. Unitar fazoda ortonormal bazislarning mavjudligi ermit formalar xaqidagi teoremalardan bevosita kelib chiqadi. Agar V unitar fazoda ortonormal tizim berilgan va Bu fazodagi vektorlar bo`lsa, evklid fazodagi kabi, ushbu tengliklarni olamiz. Bu paragrafdagi keltirilgan teoremalarning isbotlarini mustaqil bajarish tavsiya qilinadi. Download 261 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling