O'rxun-enasoy obidalari


Download 5.4 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi5.4 Kb.
#1253416
Bog'liq
O\'rxun enasoy.ppt

O'RXUN-ENASOY OBIDALARI

Qanday topildi?

  • O'rxun-Enasoy yodgorliklari dastlab, O'rxun, Selenga va To'li daryolari atrofidan Shimoliy Mo'g'ulistondan toshga bitilgan obidalar shaklida topildi.

Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan va saqlanayotgan joylar:

  • O'rxun va Enasoy daryolari atroflari;
  • Turfon (Sharqiy Turkiston);
  • Mo'g'uliston;
  • Germaniya (Berlin, Marburg, Mayns);
  • Rossiya (Sankt-Peterburg, Qizil, Minusinsk);
  • Xitoy (Turfon, Urumchi, Miran Suchjoy, Pekin);
  • Buyuk Britaniya (London);
  • Fransiya (Parij);
  • Shvetsiya (Stokgolm);
  • O'zbekiston;
  • Qozog'iston;
  • Qirg'iziston…

«To'nyuquq» bitiktoshi

  • «To'nyuquq» bitiktoshi 2 ta ustunga yozilgan.
  • Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm dan iborat.
  • Bu yodgorlikni Yelizaveta Klemens 1897-yili Shimoliy Mo'g'ulistonda turmush o'rtog'i Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan.
  • Bitiktosh Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqdagi Bain Sokto manzilida bo'lgan va hozir ham shu yerda saqlanadi.

ILK TANISHUV

  • O'rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o'rganilishi XVIII asrdan boshlanadi.
  • Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi.
  • Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmidt yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar.

O`zbek tilida tabdil

  • Yodgorliklar hozirgi o'zbek tiliga bir necha marotaba tabdil qilingan.
  • Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. Ularning qog'ozga, turli buyumlar (kumush ko'zachalar, yog'och, teri, oyna, qayish to'qasi)ga yozilgan namunalari ham bor.
  • Masalan, «Irq bitigi» («Ta'birnoma») qog'ozda yozilgan.

To'nyuquq

  • To'nyuquq - shaxs nomi. U ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonining maslahatchisi va sarkardasi bo'lgan.
  • Bitiktoshdagi voqealar To'nyuquq tilidan hikoya qilinadi: «Men - Dono To'nyuquqman. O'zim Tabg'ach davlatida voyaga yetdim. Turk xalqi Tabg'ach davlatiga bo'ysunar edi...»

Shad To'nyuquq

  • To'nyuquq yetti yuz kishini birlashtirib, «shad» degan unvon oladi. Bu turk xoqonligidagi eng oliy darajadagi harbiy unvonlardan biri edi.
  • To'nyuquq Bo'gu tarxon hamda Eltarish xoqon (Kul tigin va Bilga xoqonning otasi) bilan birga mamlakat mustaqilligi, el-yurt farovonligi, yurt osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib bordi. U bu kurashlarning oldin- gi safida edi. Ammo dushmanlar ham tinch o'tirmadi. Ular kuchlarni birlashtirish payiga tushishdi.

To'nyuquq – buyuk vatanparvar!

  • To'nyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir. Uning o'z vatani, xoqoni, qo'shini, xalqi bilan faxrlanishi, ularning bor- ligidan o'zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan.

«To'nyuquq» bitiktoshi kompozitsiyasi

  • «To'nyuquq» bitiktoshi kompozitsion jihatdan yetuk asar. Unda o'ziga xos:
  • boshlanma;
  • voqealar rivoji;
  • xotima mavjud.

Shu kompozitsiyaning o'zida ham katta badiiylik bor. Bu maqsad to'laligicha amalga oshgan.

Qiziqarli topshiriqlar

“Dono maslahat”. To`nyuquqning xoqonga aytgan 5 dono maslahatini yozing.

E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ!


Download 5.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling